Book · January 022 citations reads 484 author


Nutqiy muloqot chog‘ida so‘zlovchining kommunikatsiya sharoitidan



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Nutqiy muloqot chog‘ida so‘zlovchining kommunikatsiya sharoitidan 
kelib chiqqan holda bir tildan (dialektdan, uslubdan) boshqa bir til 
ko‘rinishiga o‘tishi 
kodlar o‘zgarishi, 
ya’ni
bir kod tasarrufidan ikkinchi kod 
tasarrufiga o‘tish
 deyiladi.
Kommunikatsiya sharoitidagi qanday o‘zgarishlar so‘zlovchining bir kod 
tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishga majbur qiladi? Masalan, 
adresatning almashinishi
, ya’ni so‘zlovchi murojaat qilgan kishining o‘zgarishi 
kodlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar adresat so‘zlashuvchi 
bilgan ikki tildan faqat birini bilsa, shu paytgacha muloqotda zullisonayn-
suhbatdoshlar boshqa til yoki har ikkala tilni qo‘llagan bo‘lishlariga qaramay, 
muloqot oxirida tabiiyki, adresatga tanish bo‘lgan tilni qo‘llashga o‘tiladi. 
Muloqotga kirishuvchilar sonining o‘zgarishi ham kodlarning ko‘chishini keltirib 
chiqaradi. Bunday holat ikki zullisonaynning suhbatiga faqat bir tilni biladigan 
uchinchi kishi kelib qo‘shilganda yuz beradi.
So‘zlovchi
rolining o‘zgarishi
ham kodlar o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi 
omillardan biri bo‘lishi mumkin. Masalan, Toshkentda tahsil oluvchi xorazmlik 
talaba hamyurtlari bilan muloqot chog‘ida xorazm shevasida gapiradi, lekin u 
o‘qish joyida, hatto kundalik hayotda adabiy tilning me’yoriy shakllaridan birini 
qo‘llashga majbur bo‘ladi. Agar bunday kod o‘zgarishi yuz bermasa, uni o‘qish 
joyidagi kursdoshlari tushunishmaydi va u o‘zining maqsadiga erisha olmaydi, 
ya’ni kommunikativ muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar.
Muloqot mavzusi
ham kodlarning tanlanishiga ta’sir qiladi. Masalan, bir 
tilshunos lingvistik fanlar doirasida ma’ruza o‘tganda yoki tilshunoslar bilan 
munozara qilganda lingvistik terminlardan tashkil topgan ilmiy uslubdan 
foydalanadi. Lekin mavzu kundalik maishiy hayotga o‘tganda, boshqa subkod 
o‘zgarishi yuz beradi.
Insonning kodlarni o‘zgartish qobiliyati uning tilni (yoki til subkodlarni) 
yuqori darajada bilishini, uning muayyan kommunikativlik va madaniyat 
darajasini ko‘rsatadi. Kodlarning o‘zgarish mexanizmi kishilar orasidagi o‘zaro 
tushunish va nutqiy muloqot jarayonining qulayligini ta’minlaydi. Aksincha, 
individning muloqot sharoitiga ko‘ra o‘z nutqini taqsimlay olmasligi anomaliya 
sifatida qabul qilinishga va kommunikativ to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin.


80 
Kodlar aralashuvining ikki turi mavjud:
1. Kodlarning vaziyatli aralashuvi. Bunda til yoki tilning mavjud shakllarini 
tanlash rasmiy va norasmiy vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
2. Kodlarlarning metaforik aralashuvi. Ijtimoiy vaziyatning to‘liq 
o‘zgarishini emas, balki uning unsurlaridan birining o‘zgarishi (mavzu o‘zgarishi, 
muloqotchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-kommunikativ to‘siqlarni bartaraf qilish 
yo‘nalishining o‘zgarishi)ni taqozo qiladi.
Xullas, bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish deganda, 
so‘zlashuvchining bir tildan (yoki til subkodlaridan) boshqa bir tilga to‘liq o‘tishi 
tushuniladi. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishning badiiy 
adabiyotdagi namunasi sifatida L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanidagi 
rus zodagonlari nutqida rus tilining fransuz tiliga (yoki aksincha) almashtirilishini 
ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin