Book · January 022 citations reads 484 author


bilingvizm  (ikki tillilik) deganda, ikki tilda



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

bilingvizm 
(ikki tillilik) deganda, ikki tilda 
bemalol fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi.
Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli o‘laroq, 
diglossiya ikkita mustaqil tilni 
yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi
. Bu tillar va subkodlar 
vazifasiga ko‘ra taqsimlangan bo‘ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida 
borayotgan bo‘lsa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, qonunchilik, 
ish yuritish, davlat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki davlat 
tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida 
esa rasmiy maqomga ega bo‘lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi. 
So‘zlovchilarning ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini 
tanlashi va uni muvaffaqiyatli muloqot uchun qo‘llay olishi diglossiyaning 
muhim sharti hisoblanadi. 
 
Bilingvizmning turlari.
Individual bilingvizmning uch asosiy turi 
farqlanadi: 
Koordinativ (sof) bilingvizmda
ikki til mutlaqo muxtor bo‘lib, har biri 
o‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning grammatik 
kategoriyalari ham mustaqil bo‘ladi:
 
Italyan tilida 
ALBERO (tushuncha) 
daraxt 
Albero (fonema shakl) 
Ingliz tilida 
TREE (tushuncha) 
daraxt 
tri (fonema shakl) 
Masalan, “tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p 
yillik o‘simlik” (daraxt) fizik obyekti uchun ikki tushuncha va ikki xil fonemalar 
shakli qo‘llaniladi: albero “soyabonli italyan qarag‘ayi”, tree “daraxt”.
Aralash bilingvizm
nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini nazarda 
tutadi, birga mavjud bo‘lgan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi. 
Masalan, ALBERO va TREE tushunchalari aralashib, /albero/ va /tri/ akustik 
obrazlari qo‘shib yoziladigan ALBEROTREE ko‘rinishidagi super tushunchani 
hosil qiladi:


82 
ALBERO/ TREE 
daraxt 
/albero/ /tri/ 
Subordinativ bilingvizmda
so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining ta’siri 
vositasida qabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, qolganlar esa 
ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu turdagi bilingvizmda, 
odatda, ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan o‘rganiladi: /tri/ shakli /albero/ni 
ifodalaydi, shuning uchun italyancha ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi, 
ya’ni metabelgi hisoblanadi: 
ALBERO 
daraxt 
/albero/ 
/tri/ 
Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u qo‘llaydigan tillarning 
o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Bu o‘zaro ta’sir nutqda, tilda, shuningdek, har qanday til 
osti tizimlarida: fonetikada, grammatikada, leksikada namoyon bo‘lishi mumkin. 
Interferensiya keng ma’noda ikki tillilik sharoitida til sistemalarining o‘zaro 
ta’sirini; ikki tilli shaxslar nutqida u yoki bu til me’yorining buzilishini 
ifodalaydi. Tor ma’noda ikki tilli shaxsning og‘zaki va yozma nutqida ona tili 
ta’sirida ikkinchi til me’yorlarining buzilishini anglatadi. Umuman, ikki tilni 
biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tilga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu 
ta’sirning natijasi interferensiya deyiladi. Odatda, interferensiya deganda, faqat 
nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar tushuniladi, ongli ravishdagi o‘zlashmalar 
unga taalluqli bo‘lmaydi. Interferensiyaning yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi 
mumkin. Ona tilining ikkinchi tilga interferensiyasi ko‘proq kuzatiladi. Biroq 
ikkinchi til asosiy tilga aylanganida u ham ona tiliga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Masalan, o‘zbek bolasi ruslar yashovchi hududga ko‘chib boradi va rus 
maktabida o‘qiy boshlaydi. Asta-sekin rus tili uning ona tilisiga ta’sir qila 
boshlaydi va u ko‘proq rus tilida gapira boshlaydi. Masalan, uning nutqida “Mam, 
ujin qilamizmi?”, “Ponedelnik kuni fizkultura bor”. Yoki ko‘p yillar davomida 
chet elda muhojir bo‘lib yashagan o‘zbeklarning nutqida ham bu ta’sirni ko‘rish 
mumkin. Masalan, “Hammasi okey bo‘ladi”, “O, yes! Zo‘r bo‘ldi”. Rossiyadagi 
bozorlardan biridagi savdogarlar nutqida “Такой прайс только за лейбл что 
ли?” tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida qurilgan ruscha jumlani 
kuzatish mumkin. Mazkur matnda ruscha цена leksemasining o‘rniga inglizcha 
price so‘zi individual qo‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-molodoy), mavzu 
(tijorat), holat (bozor) va maqom (“chelnok”) singari ijtimoiy omillar ishtirok 
etgan. Interferensiya lisoniy aloqalar nazariyasida markaziy tushunchalardan biri 


83 
hisoblanadi. U til darajasiga muvofiq ravishda quyidagi ko‘rinishlarda namoyon 
bo‘ladi:
1) fonetik interferensiya;
2) grammatik interferensiya;
3) sintaktik interferensiya;
4) leksik-semantik interferensiya.
Fonetik interferensiya ikki tilli shaxs nutqida aloqadagi tillarning fonetik 
tizimidagi o‘zaro ta’sir hodisasi bo‘lib, talaffuzdagi aksentda namoyon bo‘ladi. 
Masalan, koreyslarning o‘zbekcha nutqida va undoshlarining 
farqlanmasligi (karavot → kalavot, marta → malta),  undoshining  (Zuhra 
→ Juhra, zo‘r → jo‘r, zirak → jirak),  undoshining 
 deb talaffuz qilinishi 
(hafta →hapta, fasl → pasl) yoki ruslarning o‘zbekcha nutqida  ning  (qiz 
→ kiz, qara → kara), ning (tog‘ → tog, og‘rimoq → ogrimoq) deb 
talaffuz h.k. Grammatik interferensiya – ikki tilli shaxs nutqida ona tili 
grammatik tuzilishining ta’siri. Bu kelishiklarni qorishtirish (uyga boradi → uyda 
boradi), fe’l zamonlarini nomuvofiq qo‘llash (ertaga keldi), son + ot + -lar 
qolipini qo‘llash (ikki kishilar) va h.k. Sintaktik interferensiya – ikki tilli shaxs 
nutqida ona tili sintaksisi ta’sirida sintaktik qoidalarining buzilishi (Keldi u 
biznikiga kecha). Leksik-semantik interferensiya – aloqadagi tillarning leksik-
semantik darajadagi o‘zaro ta’siri, so‘zdagi ma’nolar farqliligi natijasida ikki tilli 
shaxs nutqida me’yorlarning buzilishi; so‘zlarning bog‘lanishidagi buzilish; 
parafaziya (nutqda biron so‘zni boshqa so‘z o‘rnida noto‘g‘ri qo‘llash) va h.k. 
Masalan, dugonam uylandi; og‘aynim turmushga chiqdi. Xullas, interferensiya 
individlarga xos hodisa. Lekin ommaviy ikki tillilik holatlarida bir turdagi 
interferension jarayonlar ko‘pchilikning nutqini tavsiflashi ham mumkin. 
Masalan, sobiq sho‘rolar davrida rus tili ommaviy ravishda turli til egalarining 
nutqiga ta’sir ko‘rsatgan.


84 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin