Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Terminologik leksika. 
Professional va ilmiy terminlar (atamalar) 
terminologik leksikani tashkil etadi. 
Ilm-fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning 
aniq atamasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi termin (atama) deyiladi. Har bir 
fan, kasb-hunar o‘z terminlariga, shu terminlar jamidan iborat leksikasiga ega. 
Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham ataladi: fizik terminologiya, 
lingvistik terminologiya kabi. 
Terminlar yoki atamalar muayyan bir sohaga oid tushunchalarni aniq ifoda 
etuvchi so‘zlar bo‘lsa-da, lekin bu so‘zlarning qo‘llanishi shu soha kishilari 
doirasi bilan chegaralangan bo‘lishi shart emas. Bunda ikki holatni ko‘rish 
mumkin: 
1. Terminlarning ma’nosi sohaga aloqasi bo‘lmagan kishilar uchun ham 
tushunarli bo‘ladi va ular tomonidan ham qo‘llanaveradi.
2. Terminlarning ma’lum qismi shu termin oid bo‘lgan soha kishilari uchun 
tushunarli bo‘ladi va shular nutqida qo‘llaniladi. Tilshunoslikka oid: fonema, 
morfema, fon, valentlik; 
Jargonlar qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi (frans. 
jargon
). 
Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida ijtimoiy guruhni tashkil 
etgan kishilarning, asosan, o‘g‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar 
ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Misol uchun 
jargonlarning ba’zi turlarini ko‘rib chiqaylik: 
1) talabalar jargoni: [yopmoq] (sessiyani tugatmoq), [vozdux] (stipendiya), 
[yaxlamoq] (imtihondan qaytmoq), [quloq] (chaqimchi), [chizmoq] (qochmoq); 
2) yoshlar jargoni: [g‘isht] (xunuk), [sindirmoq] (lol qolmoq), [krutoy] 
(ketvorgan), [risovka] (ko‘z-k’z qilmoq), [uxlatmoq] (aldamoq), [strelka] 
(uchrashuv), 
[tashlashmoq] 
(tortishmoq), 
[baks] 
(dollar), 
[muzlatmoq] 
(harakatdan to‘xtatmoq); 
3) harbiy hizmatchilar jargoni: [dux] (yangi kelgan askar), [salyaga] (1-2 oy 
xizmat qilgan askar), [fazan] (xizmatning yarmini o‘tagan askar), [ded] 
(xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), [diskoteka] (oshxona naryadi); 
Nutqning ayrim uslublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy 
xoslangan so‘zlar deyiladi. 


71 
Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi. Og‘zaki nutq uchun 
xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga 
tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda 
uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, ularda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan 
esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga:

dialektal so‘zlar; 

oddiy muomalaga oid so‘zlar;

dag‘al so‘zlar (varvarizmlar);

haqorat so‘zlar (vulgarizmlar);

jargonlar kiradi.
Sotsiolingvistikada “argo”, “jargon”, “sleng” atamalari o‘rnida “sotsiolekt” 
atamasini ishlatishni taklif qilish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bunday 
tushunchani kiritishga qaratilgan fikrlarda ham asos bor. Ijtimoiy dialekt 
kategoriyasida birlashtiriladigan barcha til tuzilmalari uchun umumiy bo‘lgan 
xususiyat – bu ularning ijtimoiy asosining chegaralanganligi, ya’ni ularning 
muayyan ijtimoiy, ishlab chiqarish guruhlari va yoshlar jamoalari uchun muloqot 
vositasi sifatida namoyon bo‘lishadi. Tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganish 
an’analariga asos solgan mashhur tilshunoslar ijtimoiy dialekt haqida o‘z 
fikrlarini ilgari surganlar. Ularning fikricha, ijtimoiy dialekt ma’lum jamoa va 
kasbiy guruhlar o‘z maishiy hayotida ishlatiladigan til subtizimidir. Bu atama bir 
tomondan adabiy tilga, ikkinchi tomondan mintaqaviy dialektlarga qarama-qarshi 
qo‘yilgan.
Umuman, argo, jargon va sleng – sotsiolektning turlari hisoblanadi. Mazkur 
til shakllarining har biridagi o‘ziga xos xususiyat u yoki bu guruhlarning kasbiy 
alohidaligi yoki ularning boshqa jamoalardan ijtimoiy cheklanganligiga 
bog‘liqdir. Kompyuter jargoni (sleng) kasbiy cheklangan subkodga, o‘g‘rilar 
argosi, talabalar slengi ijtimoiy cheklangan subkodlarga misol bo‘ladi. Ba’zan 
guruh ham kasbiy, ham ijtimoiy alohidalik kasb etadi. Bunday guruhning nutqi 
ham kasbiy, ham ijtimoiy jargonning xususiyatlariga ega. Masalan, askarlar 
jargonini olsak, binobarin, 
harbiylik kasb sanaladi, bu kasb bilan 
shug‘ullanuvchilar esa boshqa jamoalardan alohida, o‘z holicha yashaydi. 
Koyne termini (yunoncha “umumiy til”) birinchi marta eramizdan avval
IV-III asrlarda shakllangan umumyunon tiliga nisbatan qo‘llanilgan. Zamonaviy 
sotsiolingvistikada koyne aholi turli guruhlarining ijtimoiy va lisoniy aloqalari 
jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi hisoblanadi.
Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne 
rolini bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy 


72 
aloqalar maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida 
shakllangan dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.
Koynelarni shahar va qishloq koynesiga ajratish mumkin. “Koyne” 
tushunchasi ayniqsa, ko‘pchilikning turli nutqiy malakalari aralashgan katta 
shaharlarning lisoniy hayoti uchun dolzarb hisoblanadi. Shahar sharoitidagi 
guruhlararo muloqot hamma uchun tushunarli bo‘lgan kommunikatsiya 
vositalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shahar aholisi turli guruhlarining 
kundalik muloqot ehtiyojiga xizmat qiluvchi shahar koynelari ana shunday paydo 
bo‘ladi.
Shuningdek, koynelar mintaqalarga, ya’ni muayyan til (yoki tillar) tarqalgan 
ma’lum hududlarga ko‘ra ham ajratiladi. Masalan, ko‘p tillilik mavjud bo‘lgan 
Mali Respublikasida (Afrikada) qurama dialektlar shakliga ega bo‘lgan baman tili 
koyne sifatida qo‘llaniladi.
“Koyne” tushunchasi, odatda, og‘zaki muloqot vositasini ifodalasa-da, 
ba’zan bu tushuncha tilning yozuv shakllariga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
Masalan, London koynesi ham kundalik so‘zlashuvda, ham shahar boshqaruvi, 
mahkama tizimida ishlatilgan. Yoki “koine” termini o‘rta asrlarda G‘arbiy 
Yevropa davlatlarida ilm, din, huquqshunoslik, san‘at sohalarida millatlararo 
muloqot vositasi vazifasini o‘tagan lotin yozuviga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Shuni ham ta’kidlash joizki, muayyan koynelar ayrim adabiy tillarning 
shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, London koynesi ingliz adabiy 
tiliga, Pekin koynesi xitoy adabiy tiliga, Edo koynesi esa yapon adabiy tiliga asos 
bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, butun boshli adabiy tillar ham koyne rolini 
bajarishi mumkin. Masalan, “Ispan tili o‘qituvchilari Yevropa Assotsiasiyasi” 
(АЕРЕ)ning ma’lumotlariga ko‘ra, ispan tili hozir dunyoda o‘rganilayotgan 
xorijiy tillar orasida birinchi o‘rinni egallaydi, ingliz tili chet tili sifatida emas, 
balki bir “koine” sifatida qabul qilinadi.
So‘zlashuv tili – adabiy til me’yorlariga ega bo‘lmagan, ma’lumotsiz va 
o‘rta ma’lumotli shahar aholisining nutqi. So‘zlashuv tiliga koynening bir turi 
sifatida qarash mumkin. Sotsiolingvistikada so‘zlashuv tili terminini izohlash 
o‘ziga xos murakkablik kasb etadi. So‘zlashuv tili rus tilidagi “просторечие” 
termining tarjimasidir. Просторечие rus milliy tiliga xos bo‘lgan til tarmog‘i 
bo‘lib, rus sotsiolingvistikasida keng qo‘llaniladi. Fransuz tilining tarmoqlaridan 
biri bo‘lgan “langue populaire”, rus tilidagi “просторечие” terminini ifodalay 
olmaydi. Ingliz tilining amerikacha variantidagi umumiy “sleng”ni rus tilidagi 
“просторечие” termini bilan qiyoslanishi mumkin. Biroq umumiy slengning 
tashuvchisi, egasi bo‘lmaydi, u ingliz tilini funksional-stilistik turi hisoblanadi 
(umumiy sleng unsurlari ommaviy axborot vositalarida keng qo‘llaniladi; keyingi 
yillarda rus tilshunoslari ham rus tilida so‘zlashuv tili va ijtimoiy jargon o‘rtasida 


73 
oraliq o‘rinni egallagan umumiy jargonni ajratish lozim deb hisoblashmoqda 
(Qarang: Yermakova va b. 1999).
Til mavjudligining xalq so‘zlashuv shakli ko‘pincha kundalik so‘zlashuv tili 
deb ham yuritiladi. Til shaklining bunday nomlanishi undan ko‘proq kundalik 
hayot va turmushda, so‘zlashuv jarayonida foydalanishligini ifodalaydi. Qoidaga 
binoan tilning xalq so‘zlashuv shakli bir tomondan adabiy til shakliga, ikkinchi 
tomondan til mavjudligining boshqa shakllariga, jumladan dialekt shakllariga 
qiyoslab o‘rganiladi. 
V. I. Belikov til mavjudligining bu shaklini mustaqil shakl deya e’tirof 
qilgani holda uning beqaror shakllarga egaligini, foydalanish doirasining 
chegaralanmaganligini ta’kidlaydi: “Til mavjudligining xalq so‘zlashuv tili shakli 
yoki kundalik so‘zlashuv tili deyilganda adabiy tilga alternativ bo‘ladigan har 
qanday shakli tushuniladi, albatta bunga turli vaziyatlarda ishlatiladigan yashirin 
til shakllari mustasno bo‘lishi mumkin”.
Sodda so‘zlashuv tili bir tomondan adabiy so‘zlashuv tiliga, ikkinchi 
tomondan territorial dialektlarga qiyoslab o‘rganiladigan tilning lisoniy 
komponentidir. Bu tilning o‘z so‘zlashuvchilar tarkibi, Y. D. Polivanov ta’biri 
bilan aytganda o‘z “ijtimoiy substrat”i bor. “Hozirgi zamon og‘zaki nutqining 
uchta sferasi mavjud, bular dialektlar, sodda so‘zlashuv tili, adabiy so‘zlashuv tili. 
Ular orasidagi farqlar eng avvalo bu tilda gapiruvchilar bilan belgilanadi”. 
Boshqa til hodisalari singari sodda so‘zlashuv tili ham tarixiy 
kategoriyadir.U o‘zining struktur-lingvistik va funksional aspektlari bilan o‘z 
taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo‘lishligi bilan ko‘zga tashlanadi. Bu 
tilda gaplashuvchilarning ijtimoiy tarkibi ham barqaror emas. Uning “lisoniy 
materiya” sining manbalari ham tarixiy xilma-xildir. Agar XIX asr va XX asr 
boshida rus tilining shahar sodda so‘zlashuv tili shahar koynesining dialekt 
shaklini vujudga keltirgan bo‘lsa, XX asrning 60 yillarida jargonlar va turli 
xildagi “meshchanizm”lar lisoniy dominantlarga aylandi. Bu ikki xil sodda 
so‘zlashuv tili o‘rtasidagi farqlar stixiyali ravishda xilma-xildir”.
Sodda so‘zlashuv tilining belgilari quyidagilardan iborat: 
1) nutqning bir normaga keltirilmaganligi; 
2) stilistik jihatdan differensiyalashtiril-maganligi (“immanent neytrallik”);
3) qo‘llanilishining fakultativligi, ya’ni “muayyan sotsium uchun 
qo‘llanilishi majburiy emasligi”;
4) yozma shaklga ega emasligi;
5) 
birliklarning 
funksional 
“monotonligi”, to‘liq sinonimlarning 
(dubletlarning) keng tarqalganligi .
So‘zlashuv tili og‘zaki nutq shaklida amalga oshiriladi. So‘zlashuv tili oila 
(oila ichida va qarindosh-urug‘lar bilan muloqot qilish)da, navbatda turganda, 


74 
mahallada, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muloqot qilganda, shuningdek, sud (guvohlik 
berish)da, shifokor huzuri (bemorning shikoyati)da va h.k. vaziyatlarda 
qo‘llaniladi. So‘zlashuv tili shahar sharoitida turli dialektlar va jargonlar 
oqimining aralashuvi oqibatida yuzaga keladi.
Nemis 
sotsiolingvistlarining 
fikricha, 
standartlashgan 
adabiy 
til 
sotsiolingvistika uchun alohida qiziqish uyg‘otmaydi, chunonchi, ushbu fan, 
avvalo, til variantliligini tahlil etishni maqsad qiladi. Shu ma’noda, so‘zlashuv 
tilini o‘rganish ko‘proq samarali bo‘ladi. GFR sotsiolingvistlarining fikricha, 
tilning ushbu turini tashuvchilar shahar aholisining o‘rta va oliy qatlamini tashkil 
qiladi. (Bichel U. Problem und Begriff der Umgangsprache in der 
germanistischen Forschung. -Tübingen, 1973. – P. 209; Nahrings K. Sprachliche 
Varietäten. -Tübingen, 1981. – P. 73.).
Demak, so‘zlashuv tili – bu ijtimoiy qoliplashgan variant. U kundalik 
muomala tili bo‘lib, qo‘llanish vaziyatlari jihatidan cheklangandir. (Löffler H. 
Germanistische Soziolinguistik. – Berlin, 1985. –P. 111) Til tizimi nuqtayi 
nazaridan so‘zlashuv tili – nutqiy muomala jarayonida adabiy tilning ba’zi 
o‘zgarishlarga uchragan ko‘rinishi. So‘zlashuv tilidan foydalanuvchilarning 
doirasi nihoyatda keng bo‘lgani uchun, u jiddiy ichki differensiatsiyaga uchragan. 
Bundan tashqari, u mamlakatning turli mintaqalarida tarqalgan dialektlarning 
ta’sirida anchayin variantlashadi (Eichhoff I. Wortatlas der deutschen 
Umgangssprache. 2 Bde. – Bern: München, 1977-1978.)

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin