64
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi. Angliyada ijtimoiy dialekt muhim
bo‘lib, u hududiy dialektdan ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa
aksincha, hududiy dialekt ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o‘ringa ega.
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning geografik jihatdan
bo‘linishini ifodalaydi. Biroq hududiy mahalliylik
mazkur til shaklining faqat
o‘ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy
dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Dialektning ijtimoiy
variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy
dialektologik tadqiqotlarga o‘tish sanaladi.
Rus sotsiolingvistlari V. I. Belikov va L. P. Krisinlar hududiy dialektlarni
milliy til va uning boshqa ko‘rinishlaridan farqlovchi xususiyatlarini quyidagicha
belgilashgan
38
:
1) dialekt egasi (bu asosan qishloq aholisining keksa avlod vakillari)ning
ijtimoiy, yosh va qisman jins jihatdan cheklanganligi;
2) dialekt qo‘llanish doirasining oilaviy va maishiy cheklanganligi;
3) turli shevalarning o‘zaro ta’siri va dialektlar tizimi o‘rtasidagi
aloqalarning qayta qurilishi bog‘liqligi natijasida ayrim dialektlarning
shakllanishi;
4) adabiy til ta’siri ostida o‘ziga xos dialekt nutqining tenglashtirilishi.
Sotsiolingvistikaning tamoyili dialektlar
mavjudligining geografik va
ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishdir. Geografik sabab, bu – tabiiy
masofalar va to‘siqlar, ijtimoiy-psixologik sabablar “obro‘” (ya’ni dialektning
nufuzi, ta’siri) va hamfikrlikni ifodalaydi. Bugungi kunda til egalarining
o‘qimishli qismi orasida shaxsning o‘zligini anglash, uning ma’lum mintaqaviy
jamoatga
tegishlilik belgisi, milliy an’analar bilan munosabatda bo‘lish va h.k.
vositasi sifatida dialektlarga bo‘lgan qiziqish borgan sari kuchaymoqda.
Dialektlar shu dialekt egasi yoki u mansub bo‘lgan biron guruhning obro‘yi va
hamfikrligining ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. Masalan, Rossiyaning
janubidagi kazaklikka mansublik obro‘ sanaladi va bu kishining o‘tmishi o‘ziga
to‘q bo‘lganligini assotsiatsiyalaydi. Yoki Yaponiyada dialekt muayyan ma’noda
mintaqaviy, ba’zan ijtimoiy guruhlarning birlashish vositasi sanaladi. Dialekt –
“o‘zinikilar” bilan tabiiy muloqot qilish shakli; suhbatdoshga “o‘ziniki” deb
qarash qanchalik kuchli bo‘lsa, unga shunchalik keng darajada dialektda murojaat
qilinadi. Biroq notanishga, ayniqsa, chet elliklarga adabiy tilda murojaat
qilinadi
39
. Dialektlarning muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishini ham kuzatish
mumkin: ayrim mamlakatlarda dialektlar nafaqat
kundalik muomala va folklor
38
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 30.
39
Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей»,
65
dastalarida, balki ba’zi radioeshittirishlar hamda teatr sahnalarida ham
qo‘llanilmoqda.
Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan.
U sotsio – jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan
bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining
qisqargan shaklidir. Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra
birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq
amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq, sotsiolektda
ba’zi o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari
sinflar haqida guvohlik beradi. Sotsiolekt verbal
xulq va ijtimoiy ahvolning
muvofiqligini ifodalaydi.
Ko‘pchilik davlatlarda mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun sotsiolektni
bilish zarurdir. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada amaldorlik va mavqe sotsiolektga
bog‘liq bo‘lgan. Bu yerda
Dostları ilə paylaş: