Bosh ilmiy metodik markazi


Boloniya jarayonining asosiy maqsadi



Yüklə 435,96 Kb.
səhifə13/25
tarix07.01.2024
ölçüsü435,96 Kb.
#201261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Boloniya jarayonining asosiy maqsadi - oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish orqali Yevropada raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish ushun yuqori darajadagi malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Boloniya deklaratsiyasini 1999 yilda Yevropa davlatlarining 29 vaziri imzolagan, 2004 yilda kelishuvda ishtirok etgan davlatlar soni 40 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda Boloniya jarayonida 48 ta davlat qatnashmoqda.

Boloniya jarayonining asosiy maqsadlari va vazifalari:
- Yevropa oliy ta’limining sifati va jozibadorligini oshirish;
- bakalavr, magistratura va aspiranturada bitiruvchilar uchun yagona malaka tizimini joriy etish va o‘zaro tan olish;
- Yevropa oliy ta’lim hududini yaratish;
- talabalar va o‘qituvchilarning harakatchanligini oshirish;
- Kredit punktlari (YeSS) kredit tizimini yaratish va boshqalar.
Universitetlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi institutsional omillarga avvalambor quyidagilar ta’lluqli:



  • texnologiyalar transferi innovatsion tadbirkorlik va venchurli moliyalashtirish sohasidagi qonunchilik;

  • intellektual mulk huquqini himoyalash va saqlash sohasidagi qonunchilik;

- boshqaruv tizimiga (motivatsiya tizimi bilan), moliyalashtirishga, rivojlanish strategiyasini va uni amalga oshirish dastaklarini shakllantirishdagi universitetlarning sezilarli darajada qonuniy jihatdan mustahkamlangan avtonomligi.
(texnologiyalar transferi — yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qo‘llash sohasiga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar majmui) Butunjahon iqtisodiy forumi klassifikatsiyasi bo‘yicha universitetlar tomonidan innovatsiyalarni yaratish va joriy etish - tadbirkorlik funksiyasini amalga oshirish natijasi sifatida innovatsiyalar hisobiga o‘sish bosqichiga erishgan mamlakatlardagi iqtisodiy bosqichga erishishni belgilovchi muhim determinat(aniqlovchi) hisoblanadi.
Bir mamlakat doirasida universitet 3.0 larning paydo bo‘lishi innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi uchun innovatsion mahsulotlar va sharoitlarga talab bo‘lgan bir muncha rivojlangan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shishadi. Ushbu kontekstda universitetlar hududiy innovatsion tizimda bilimlar va innovatsiyalar markazi sifatida ishtirok etishi lozim bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘tish iqtisodiyotidagi aksariyat mamlakatlarda universitetlarning transformatsiyalashuvi yo‘lidagi prinsipial institutsional to‘siqlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- universitetlarning innovatsion faoliyati uchun davlat-xususiy sherikchilik va venchurli moliyalashtirish tizimining rivojlanmaganligi;
- texnologiyalar transferi tizimining samarasizligi;
- intellektual mulkni himoyalash tizimining zaifligi;
- universitetlar rahbariyatini rag‘batlantirish tizimining takomillashmaganligi;

  • universitetlarda tadbirkorlik faoliyatiga salbiy munosabatlar.


  • Yüklə 435,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin