1.2. Oliy ta’lim tizimiga Universitet 3.0 modelini joriy etishning zaruriyati va ahamiyati
Universitet - bu asoslangan va ko‘pgina amaliy fanlar bo‘yisha mutaxassislar tahsil oladigan oliy ta’lim muassasi. Tartib qoidaga ko‘ra ular ilmiy-tadqiqot ishlarini ham bevosita birga olib boradi. Zamonaviy universitetlar o‘quv-ilmiy-amaliy kompeks sifatida faoliyat yuritishadi. Universitetlar o‘z tarkibiga ilmiy bilimlar bazasini tashkil etuvshi bir nechta fakultetlarni birlashtiradi.
Yangi universitet modeli Germaniyada paydo bo‘ldi – bu, Gumboldt yoki keyinchalik tadqiqot universitetining prototipiga aylangan nemis klassik universitetining modeli hisoblanadi. Sanoat davrining boshlanishidagi islohotlar natijasida o‘rta asrdagi vrachlar, yuristlar, texnologlar universitetlari - olimlar va muhandislarning tabiiy-ilmiy universitetiga aylandi. Vilgelm fon Gumbold(1767-1835 yy.) bugungi kunda klassik universitetning 4 ta funksiyalarito‘g‘risida quyidagilarni keltirib o‘tgan:
Yevropadagi birinchi universitetlardan biri – bu Boloniya universiteti bo‘lib, uning tashkil topgan sanasi 1088 yil deb nomlangan. U o‘z nizomini 1158 yilda qabul qilgan. 1150 va 1170 yillarning orasida Parij universitetiga asos solingan, undan keyin Oksford (1096 y.), Kembrij (1209 y.), Aresso (1215 y.) va boshqa shaharlarda universitetlar ochilgan. XIII asr oxirigakelib, Yevropada 20 ga yaqin universitet mavjud edi, XIVasrda ularning soni 45 ga yaqin edi. XIX asrning oxirida universitetlarning ta’lim modeli birinchi ilmiy inqilob natijasida ilm va ta’limni birlashtiruvchi tadqiqot universitetlariga transformatsiya qilish jarayoni ro‘y berdi.
8-rasm
Boloniya jarayoni, Sorbonna va Boloniya deklaratsiyalari ham ta’lim modeli va universitet tushunchasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.