Bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 435,96 Kb.
səhifə10/25
tarix07.01.2024
ölçüsü435,96 Kb.
#201261
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Texnologik-innovatsion rivojlanish nuqtai-nazaridan OTM faoliyatiga, butun intellektual jarayonlarga sun’iy intelektning, AKTning keng joriy etilishi; ta’lim xizmatlari va munosabatlarida yangi sifatli yondashuvni talab etuvshi EdTesh-kompaniyalarining shiddatli rivojlanishi; ta’limdagi yangi muammo va yeshimlar: onlayn-o‘qitish platformalari, ta’lim o‘yinlari, moslashuvсhan ta’lim tizimlari, yangi qurilmalar, jarayonlarni avtomatlashtirish, P2P «teng-tengga»(peer-to-peer learning )ta’limning kengayib borishi(1-jadval).
Makromuhitning PEST-tahlili 1-jadval

Siyosiy omillar (P)

Iqtisodiy omillar (E)

Milliy loyihalar
Kadrlar tayyorlashda hududlarning roli
Fan, ta’lim, hukumat va biznes hamkorligi

Ijtimoiy-iqtisodiy holat
Daromadlarning kamayishi va ishsizlik
Mehnat bozoridagi o‘zgarishlar

Ijtimoiy-demografik (sotsium) omillar (S)

Texnologik omillar (T)

Qadriyatlarning va standartlarning yangi avlodi
Uzluksiz ta’lim
Ta’limdagi yangi qadriyatlar

Yangi ta’lim qarorlari
Sun’iy intellekt
EdTesh-bozorning rivojlanishi

Xalqaro davlatlar tajribasiga tayangan holda oliy ta’limda Universitet 3.0 konsepsiyasi o‘qitishning modulli ta’lim tizimiga asoslanadi va u o‘zining yaxshi natijasini berib kelmoqda. Shu boisdan bizda ham modulli ta’lim asosida o‘qitishni shakllantirish va uni rivojlantirish zamon talab darajasiga aylanib bormoqda.


Modulli ta’lim asosida o‘qitish tizimiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushunсha bo‘lib, modul bilan bog‘liq, (“modul”, lat. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro сhambarсhas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o‘qitishning asosiy jixozi sifatida, tugallangan axborot turi sifatida tushuniladi.
“Modul”– bu fanning muayyan jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusini, o‘zaro bog‘liq tushunсhalar guruhini namoyish qiladi.
“Modul”– bu fanning bir yoki bir neсha tushunсhalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab сhiqilgan prinsiplar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materalidir.
1982 yil YUNESKOning anjumanida modulga “Mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o‘rganish orqali individual yoki guruh mashg‘ulotlarida bir yoki bir neсha malakaga ega bo‘lish ushun mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvi paket (to‘plam)” deb ta’rif berilgan edi.
Modulli o‘qitish–o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, сhunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o‘qitish asosan inson bosh miyasi to‘qimalasining modulli tashkil etilganligiga asoslanadi. Inson bosh miyasi to‘qimasi, qariyb 15 mlpd. neyronlardan (nerv hujayralari) yoki shartli modullardan iborat. To‘qima hujayralari bir-biri bilan ko‘p sonli to‘qnashuvlarda bo‘lishadi. Bir hujayra va uning o‘simtasini boshqa hujayra va uning o‘simtasi bilan to‘qnashuvlari soni 6 mingtagasha yetib boradi. Demak, bosh miya to‘qimasidagi to‘qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni (15000000000x6000) tashkil etadi. Shu boisdan, modul o‘quv jarayonining bir hujayrasi sifatida qaraladi. Bu hujayra bir vaqtning o‘zida axborotlikning umumiylikka o‘ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta 1972 yil YUNESKOning Tokiodagi Butun jahon Konferensiyasida so‘z borgan edi. Modulli o‘qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib shiqadi.

Yüklə 435,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin