Bosh miyaning tuzilishi Reja


Vegetativ nerv sistemaning tuzilishi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə17/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#43983
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
12-mavzu

Vegetativ nerv sistemaning tuzilishi

Vegetetiv nerv sistema ikki neyronli bo’lishi bilan somatik nerv sistemasidan farq qiladi. Vegetativ nerv sistemasining tolalari nerv markazlaridan chiqqach, organga uzilib, gangliy hosil qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga Yetib boradi. Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko’krak-bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa miya oldidan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog’onasi oldi simpatik tugunlar hosil qiladi. har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo’yin, 10-12 ko’krak, 5 bel, 4 ta dumg’aza va 1 ta dum tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan chiqqan nerv tolalari yurak, qizilo’ngach, bronxlar, o’pka, va boshqa ichki organlarni nervlar bilan taminlaydi.

Nerv sistemasi parasimpatik qismining markazlari orqa miyaning yuqorigi dumg’aza qismida, uzunchoq o’rta miyada joylashagan. Uzunchoq miyadan chiqqan adashgan nerv tolalari qalqonsimon bez, yurak, bronxlar, o’pka, qizilungach, oshqozon, ichaklar, me`da osti bezi, jigar va buyraklarni ta`minlaydi. Yorta miyadan chiqqan parasimpatik nerv tolalari ko’z qorachig’ini toraytiruvchi muskullarni va ko’zning kipriksimon muskullarini ta`minlaydi. Vegetetiv nerv sistemasining funktsiyalari.

Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi turli xil funktsional xossalarga ega. Ular turli organ funktsiyalariga nisbatan qarama-qarshi ta`sir etadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta`sirlanganda yurak qisqarish soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, oshqozon-ichak traktining harakat funktsiyalari susayadi, ko’z qorachig’i kengayadi, moddalar almashinuvi ortadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta`sirlanganda yurak faoliyati tormozlanadi, ba`zi qon tomirlari kengayadi, oshqozon ichak traktining harakat funktsiyalari ortadi va ko’z qorachig’i torayadi.

Vegetativ nerv sistemasining’ funkiiyalari bosh miyaning turli qismlari va bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i bilan boshqarilib turiladi. Vegetetiv nerv sistemasi ham o’z navbatida bosh miya faoliyatiga ta`sir etadi. Turli yoshdagi bolalarda vegetativ norv sistemasining rivojlaniish xususiyatliri yaxshi o’rganilmagan. Yangi tug’ilgan chaqaloqda yurak minutiga 120-140 marta qisqaradi va bolaning yoshi ortishi bilan qisqarishning soni kamayib boradi. Bu protsess bolada yurakka parasimpatik nerv sistemasi ta`siri ortib borishi bilan boqliq.

Vogetativ nerv sistemasi funktsiyalari rivojlanishi bolaning harakat funktsiyalari rivojlanishi bilan bogliq, chunki skelet muskullarinnng qisqarishi reflektor ravishda yurak faoliyatiga ovqat hazm qilishga, nafas olishga, siydik ayirishga, qon bosimi va boshqa funktsiyalarni ortishiga sabab bo’ladi, veg’etativ nerv sistemasi funktsiyalarini I.P.Pavlov, L.A.Orbeli, A.G. Genetsinskiy, I.M.Bikov va A.A. Arshavskiy va boshqa ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan.



Ekstrimal (favqulodda) sharoitlarda vegetativ nerv sistemasi tashqi ta`sirlarga javob berib, ayniqsa, turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanish, nafas, hazm, ayiruv, ichki sekretsiya organlarining funktsional holatini o’zgartirib yuborish xususiyatiga eg’a. Bunda yurak ritmi, nafas tezlashadi, ter ajralib chiqishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.

Sog’liq tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientlar shu faktni ko’rsatadiki, sogliq tizimidagi tengsizlik muammosi nafaqat ushbu muammodan aziyat chekib jabr korganlar, balki jamiyatga tegishli bolgan har bir shahsning vazifasidir. Sogliqni saqlash borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientning sistematik xarakteri yana shuni ko’rsatadiki, sogliq borasidagi tengsizlik adolatsizlikning nishonasidir. Bu esa, ayniqsa hayot davomida ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning rivojiga hissa qoshuvchi yoshlar va bolalarga nisbat sogliq borasidagi tengsizlik haqida gap ketganda yaqqol togridir.

Shu boisdan, bolalar va yoshlar borasidagi sogliqqa qaratilgan etiborni hisobga olgan holda yuqori qatlamlar va davlat hukumati ushbu sohada adolatsizlikning oldini olish uchun bir qancha muhim chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Hukumat shuni hisobga olishi kerakki, bolalar va yoshlarga nisbatan yomon holdagi salomatlik chora tadbirlariga ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy va iqtisodiy orqa ketishni taminlashi mumkin. Bolalar va yoshlarga qaratilgan etiborsizlik, hususan ota-onalarning bolalar salomatligini takomillashtitish uchun emas, aksincha bu borasida loqaydliklarga yol qoyishi aksincha natijani olib keladi va uzoq kozlangan rejadagi ijtimoiy ca iqtisodiy muammo va chekinishlarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin