Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Чэн Вэй. Современный Китай: проблема занятости. // Вестник РУДН, серия Международные отношения, 2009, 
№ 3. стр.61–75.
2. Бусоедов И. А. Рол Всемирной торговой организации в современном мире // Молодой ученый. – 2017. – № 10 
(144). – С. 202–204. https://moluch.ru/archive/144/40286/
3. Vahobov A., Malikov T. Moliya: darslik. – T. : Noshir, 2011. – 712 b.
4. Финансы: учебник для бакалавров / Под ред. М. В. Романовского, О. В. Врублевской. – 3-е изд., перераб. и доп. 
– М.: Издателство Юрайт, 2012. – 590 с.
5. Malikov T., Tilabov N. Moliya: test (savol-javoblar). –T. : Akademnasr, 2013. – 448 b.


12
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
“YASHIL IQTISODIYOT”DAN 
“YASHIL TARAQQIYOT” SARI
Shoyqulov Baxtiyor Bakirovich
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 
huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti t.f.n., dotsent
Annotatsiya:
Maqolada insoniyat oldida turgan global ekologik muammolar, “Yashil iqtisodiyot”ning mazmun-mohiyati va 
bu borada O‘zbekistonda qabul qilingan hujjatlar, xorijiy tajribalar hamda ta’lim tizimida olib borilayotgan istiqbolli innovat-
sion ishlar yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar:
“Yashil iqtisodiyot”, “yashil texnologiyalar”, “Yashil taraqqiyot”, “Yashil makon”, Koronavirus pandemiyasi, 
tabiiy resurslar, muqobil energetika, atrof-muhit iqtisodiyoti, ekologiya.
Аннотация:
В статье описаны глобальные экологические проблемы, стоящие перед человечеством, сущность 
«Зеленой экономики» и документы, принятые в Узбекистане, зарубежный опыт и перспективные инновационные 
работы, проводимые в системе образования.
Ключевые слова:
“Зеленая экономика”, “Зеленые технологии”, “Зеленое развитие”, “Зеленое пространство”, пан-
демия коронавируса, природные ресурсы, алтернативная энергетика, природоохранная экономика, экология.
Abstract:
The article describes the global environmental problems facing humanity, the essence of the "Green Economy" 
and the documents adopted in Uzbekistan, foreign experiences and promising innovative work being carried out in the 
education system.
Key words:
“Green economy”, “green technologies”, “Green development”, “Green space”, coronavirus pandemic, natural 
resources, alternative energy, environmental economy, ecology.
K I R I S H
Bugun insoniyat yangi tahdidlar oldida turibdi. Yer shari aholisi ko‘payishda davom etyapti, tabiiy resurslar 
zaxirasi esa muttasil ravishda qisqarmoqda. Bunday disproportsiya dunyo mamlakatlarini tang ahvolga solib 
qo‘yayotgani bor gap. Avvalo, global ekologik muammolarning keskinlashuvini kuzatyapmiz. Ekspertlar vazi-
yatni o‘nglash uchun jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy etish zarurligini ta’kidlamoqda. 
“Yashil iqtisodiyot” tushunchasi iqtisodiy fanlar va falsafaning ko‘plab boshqa sohalaridagi g‘oyalarni o‘z 
ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog‘liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, resurslarga asoslan-
gan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog‘liq iqtisodiyotni o‘z ichi-
ga oladi.
“Yashil iqtisodiyot” bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab 
qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, “yashil iqtisodiyot” 
deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda 
saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amal-
ga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammoli masalalar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samara-
dorligiga, xususan, iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash-
ga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
Uzoq muddatli istiqbolli “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish modelini tuzishda yo‘nalishlar bo‘yicha (xalqaro 
talablarga muvofiq) statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Xususan, iqtisodiyotning 
energetika (energosamaradorlik, qayta tiklanuvchi energiyaga qisman o‘tish), chiqindilarni utilizatsiyalash (an-
tropogen ta’sirni kamaytirish), “yashil texnologiyalar” (bio-, nano-, axborot-kommunikatsion texnologiyalar), 


13
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
ekologik sof oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish (organik dehqonchilik), “yashil transport”, “yashil quri-
lish”, toza suv (resurslardan oqilona foydalanish), o‘rmon va uni muhofaza qilish sektorlari joriy etilgan taqdirda
natijalarga erishish darajasi bilan baholanadi. 
Ta’kidlash joizki, “Yashil iqtisodiyot”dan farqli ravishda XX asr iqtisodiyotining an’anaviy modeli bo‘lgan “ji-
gar rang” iqtisodiyot ishlab chiqarishning ko‘p energiya ishlatuvchi va resurs sarflovchi modellariga asoslangan.
Ekologik muammolar, tabiiy kapitalning tugab bitishi, chuchuk suvning, oziqovqatning, energiyaning yetish-
masligi, qashshoqlikning keng quloch yozishi “jigar rang” iqtisodiyotning asosiy salbiy oqibatlari hisoblanadi.
Xususan, xorijiy olim Y. Lyaskovskaya va K. Grigoreva “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni texnologik rivoj-
lanishdan voz kechishni anglatadimi degan savolga javob berishga qaratilgan bo‘lib “barqaror rivojlanish”, in-
klyuziv rivojlanish”, “yashil” va “jigar” rang iqtisodiyot modellari ko‘rib chiqishgan
1
.
Zamonaviy iqtisodiyotning “jigar” rang rivojlanish modeli XX asrga hos bo‘lgan va energoresurs sig‘imi 
yuqori bo‘lgan an’anaviy ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Uning asosiy salbiy oqibatlari ekologik muammolar-
ni keskinlashishi, tabiiy boyliklarni samarasiz ishlatilishi, suv resurslar, oziq-ovqat va energiya tanqisligi bilan 
bog‘liq deb hisoblanmoqda.
“Yashil iqtisodiyot” bo‘yicha bir qator rivojlangan Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Yaponiya va 
Xitoy kabi davlatlarning xalqaro tajribalar tahliliga ko‘ra, ushbu rivojlangan davlatlarda ham uzoq yillarga mo‘ljal-
langan aylanma iqtisodiyotga to‘liq o‘tish bo‘yicha ulkan loyihalar, chora-tadbirlar, “Yashil iqtisodiyot”ni yaratish 
bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish, davlat 
investitsiya fondlarining tashkil etilishi, atrof-muhitni boshqarish va bu borada bir qator ishlarning jadal bilan olib 
borilayotganligini ko‘rish mumkin. 
M A V Z U N I N G M E T O D O L O G I YA S I
“Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va uni rivojlantirish lozim. Shundan kelib 
chiqib, bugungi kunda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi ta’sirini kamaytirish va unga moslashish, “yashil iqtisodi-
yot”ga o‘tish choralarini jadallashtirish, “yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sish modelini targ‘ib qilishga katta e’tibor 
qaratilmoqda.
Xususan, respublikada “yashil iqtisodiyot”ga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, 
“Yashil makon” umummilliy loyiha va platformalari hamda “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish maxsus jamg‘arma-
larining tashkil etilishi, Prezident farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish 
va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlanishi, joriy yilning 2-iyun kuni Stokholmda O‘zbekiston va Shvetsi-
ya “yashil iqtisodiyot” bo‘yicha innovatsiya, raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikning 
yo‘lga qo‘yilishi buning yaqqol misolidir.
TA H L I L VA N A T I J A D O R L I K
Respublikada “yashil” iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil” 
investitsiyalarni jalb qilish, ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 5-oktyabrdagi PQ–4477-son qarori bilan 2019–2030-yillar davrida O‘zbekiston Respub-
likasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi.
2020-yilda koronavirus (COVID–19) pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli dun-
yo mamlakatlari qatori O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu Strategiyani jadal amalga oshirish imkoniyati 
cheklandi.
Koronavirus pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning saboqlari iqti-
sodiy o‘sishni ta’minlashda yanada barqaror manbalar va yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, xususan, mam-
lakatda “yashil” iqtisodiyot va “yashil” iqtisodiy o‘sish bo‘yicha strategik maqsadlar va chora-tadbirlarni samarali 
tashkil etish, 2019–2030-yillar davrida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ishlab chiqish va bu borada davlat hokimiyati va boshqaruv organla-
rining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini ta’minlash Dasturini 
ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keldi.
Shunga ko‘ra, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilan-
gan vazifalarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi doirasida 
“yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini 
oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida re-
surslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi
“2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorli-

Лясковская, Е.А., Григорева К.А. Формирование “зеленой” экономики и устойчивост развития страны и регионов. // Вестник 
ЮУрГУ. Серия “Экономика и менеджмент”. – 2018. –Т. 12, № 1. – С. 15–22. БО!: 10.14529/ет180102.


14
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
gini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–436-son qarori va unga asosan 2030-yilgacha O‘zbekis-
ton Respublikasida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va “yashil o‘sish”ni ta’minlash dasturi qabul qilindi.
Mazkur dastur bilan, tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotning tabiiy ofat-
lar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini mustahkamlash, sanoatning “yashil” va kam uglerodli rivojla-
nishini ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etish va samarali “yashil” investitsiyalarni jalb qilish, “yashil” o‘sish 
bo‘yicha salohiyatni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish, tashqi va ichki “yashil” moliyalashtirish oqimlarini 
ko‘paytirish kabi ustuvor vazifa va yo‘nalishlar belgilab berildi.
Xususan, dasturda O‘zbekistonda issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solish-
tirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarin-
ing ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga, sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshi-
rish, yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish, iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, shaharlardagi yashil may-
donlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish, respublika o‘rmon fondi zaxiralari ko‘rsatkichini 90 million 
kub metrdan ortiqroqqa yetkazish, hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini
65 foizdan oshirish vazifalari belgilab berilgan.
Yuqoridagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun atrof-muhit siyosatini amalga oshirish vositalarini to‘g‘ri ishlab 
chiqish muhimdir, shu o‘rinda shunday tahdidlarni oldini olishda nafaqat birgina davlatning balki bu jamiyatdagi 
har bir tizimning va yashayotgan har bir insonning o‘rni beqiyos. 
Biror narsani qilaman deb, ikkinchi narsa yo‘qotilmaydi. Masalan, uy quraman, deb daraxtlar ayovsiz kesib 
tashlanmaydi, texnologiyalarni ko‘paytirish havo atmosferasini zaharli gazlar bilan to‘ldirish evaziga amalga 
oshirilmaydi va h.k. Shu yo‘l bilan barqaror taraqqiyotga erishish bugungi global masalalardan biridir.
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun barcha sohalarda “yashil 
iqtisodiyot” texnologiyalarini faol joriy etish 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiy-
ot strategiyasi vazifalari doirasidagi maqsadlardan biri. Ushbu maqsadga erishish bir vaqtning o‘zida “yashil” 
iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash zaruratini ham ko‘ndalang qo‘yadi. OECD (2011), Cedefop (2009) kabi 
xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlarida inson resurslarini rivojlantirish iqtisodiyotni “yashillashtirish” uchun asos 
ekanligi ta’kidlanadi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish bu – tabiiy resurslar (shu jumladan suv)dan nooqilona foydalanish, havoning 
ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi va iqlim o‘zgarishi kabi ekologik mua-


15
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
mmolarni hal etishda yordam beradi, yuqori darajadagi IT ko‘nikmalariga ega bo‘lgan aholi ulushining oshishi 
“yashil” bandlikning o‘sishiga boshqa omillarga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari tahliliga ko‘ra 2019/2020-o‘quv 
yilida tayyorlanadigan kadrlarning 5% dan ortig‘i “yashil iqtisodiyot”ga mos kelgan bo‘lsa, 2022/2023-o‘quv yili-
da bu ko‘rsatkich 30% dan ortiqni tashkil etgan.
Respublika oliy o‘quv yurtlarida (shu jumladan, hududiy filiallarda) “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun eng 
zarur mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, jumladan biotexnologlar, muqobil (quyosh va shamol) ener-
getika, shuningdek, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhandislar, iqlim xavfini baholash, 
bioiqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, shu bilan birga energiya tejamkor inshootlar va texnologi-
yalarni, jumladan sun’iy intellektni loyihalash, foydalanish va ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlash ham 
yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, bu borada professional ta’lim tizimida ham 2023–2024-o‘quv yilidan boshlab, 30 ta kasb va 
mutaxassisliklarning ta’lim dasturlariga “yashil iqtisodiyot” ko‘nikmalari, dual ta’lim shaklining o‘quv dasturlariga 
atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyadan oqilona foydalanish, chiqindilarni utilizattsiya qilish va atrof-muhit-
ga zarar yetkazmaslik kompetensiyalarining kiritilishi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlariga 
6 soatlik “Professional ta’limda yashil iqtisodiyot” modulining joriy etilishi O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”dan 
“yashil taraqqiyot” sari yo‘llaydi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Shuni aytish mumkinki, “yashil iqtisodiyot” mintaqaviy rivojlanishni, ijtimoiy barqarorlikka erishishni, soha 
tarmoqlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali iqtisodiy salohiyatni oshirishni rag‘batlantiradi. “Yashil iqtisodiy-
ot”, asosan, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki mahsulotning o‘sishini, mamlakat daromadlarini 
oshirishni, aholini ish bilan ta’minlash, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, 
“yashil iqtisodiyotga” o‘tish iqlim o‘zgarishi, foydali qazilma minerallarning yo‘qolishi va suv resurslarining tanq-
isligi kabi global tahdidlar xavfini kamaytiradi.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin