Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktyabrdagi PQ–4477-son qarori bilan 2019–2030-yillar davrida 
O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi;
2. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi;
3. Internet nashri: https://zarnews.uz/post/yashil-iqtisodiyot-nima
4. Internet nashri: https://www.uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/9449/file:///C:/Users/TEMA/Downloads/33.pdf
5. Internet nashri: https://aniq.uz/yangiliklar/yashil-iqtisodiyot-uchun-qanday-kadrlar-tayyorlanayapti
6. https://dunyo.info/cyrl/site/inner/stokgolymda_innovatsiya_so%D2%B3asidagi_ozbekiston-shvetsiya_%D2%B3am-
korligi_istiqbollari_mu%D2%B3okama_qilindi-t-_


16
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
TADBIRKORLIK 
FAOLIYATIDA YUZAGA 
KELADIGAN RISKLARNI 
SUG‘URTALASHNING 
MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
Egamov Zoxid Baxtiyarovich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kapital va sug‘urta bozorlarini 
rivojlantirish departamenti, Sug‘urta bozorini rivojlantirish 
boshqarmasi, Sug‘urta va sug‘urta-brokerlar faoliyatini 
litsenziyalash bo‘limi bosh mutaxassisi 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakat ichki bozorida sog‘lom va kuchli raqobat muhitini yaratish ilgari surilgan. Shu 
asosda uning raqobatdoshligini oshirish, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish
asosida aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlik sohasining 
o‘rni, tadbirkorlikdan yetarli darajada samaraga erishishi tahlil qilingan. Dunyo mamlakatlari qatorida teng raqobat qila 
olishning iqtisodiy mohiyatini nazariy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, turli mamlakatlar tajribalarini o‘rganish asosida 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyalashtirishni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomil-
lashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, tadbirkor, innovatsion tovar, xususiy tadbirkorlik, mehnat samaradorligi, iqtisodiy faoliyat, tad-
birkorlik faoliyati, mehnat unumdorligi, innovatsion iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, tovar, innovatsion tovar, ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik, tashkiliy-iqtisodiy samaradorlik.
Аннотация:
Данная статья способствует созданию здоровой и сильной конкурентной среды на внутреннем рынке 
страны. Исходя из этого, роль предпринимательского сектора в обеспечении устойчивого экономического роста 
в стране за счет увеличения доходов населения на основе повышения его конкурентоспособности, наполнения 
его качественной и экспортоспособной продукцией, создания новых рабочих мест, достижения проанализирован 
достаточный уровень эффективности от предпринимательства. Анализируются теоретические аспекты экономи-
ческой сущности способности на равных конкурировать между странами мира. Также на основе изучения опыта 
разных стран разработаны научно-теоретические предложения по совершенствованию организационно-экономи-
ческого механизма финансирования развития малого бизнеса и частного предпринимательства.
Ключевые слова:
малый бизнес, предприниматель, инновационный продукт, частное предпринимательство, эф-
фективность труда, экономическая деятельность, предпринимательская деятельность, производительность тру-
да, инновационная экономика, экономический рост, продукт, инновационный продукт, социально-экономическая 
эффективность, организационно-экономическая эффективность.
Abstract:
This article promotes the creation of a healthy and strong competitive environment in the country's domestic 
market. On this basis, the role of the business sector in ensuring stable economic growth in the country by increasing the 
income of the population on the basis of increasing its competitiveness, filling it with high-quality and exportable products, 
creating new jobs, and achieving sufficient efficiency from entrepreneurship are analyzed. . The theoretical aspects of the 
economic essence of being able to compete equally among the countries of the world are analyzed. Also, on the basis 
of studying the experiences of different countries, scientific-theoretical proposals have been developed to improve the 
organizational and economic mechanism of financing the development of small business and private entrepreneurship.
Key words:
small business, entrepreneur, innovative product, private entrepreneurship, labor efficiency, economic activity, 
entrepreneurial activity, labor productivity, innovative economy, economic growth, product, innovative product, socio-eco-
nomic efficiency, organizational and economic efficiency.
K I R I S H
Mamlakat ichki bozorida sog‘lom va kuchli raqobat muhitini yaratish va shu asosda uning raqobatdoshligini 
oshirish, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda shuning asosida 
aholi daromadlarini ko‘paytirish bilan mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlik soha-
sining o‘rni beqiyosdir. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining 
qay darajada ekanligiga bog‘liq. Bozor segmentiga tez moslashuvchanligi, ayniqsa xizmat ko‘rsatish sohasida 


17
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
uncha katta bo‘lmagan moliyaviy mablag‘lar hisobiga ko‘zlangan natijaga erishish kichik biznesga xos xususi-
yatdir.
Shu sababli O‘zbekistonda so‘nggi yillarda, ham ijtimoiy ham iqtisodiy soha tarmoqlarida amalga oshi-
rilayotgan keng ko‘lamli islohotlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun 
yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali 
xalqning turmush darajasini yaxshilash, aholining real daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash bugungi 
kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. 
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishining uchinchisi-
da “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” belgilangan bo‘lib, unda iqtisodiyotda 
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytir-
ish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 
davom ettirish, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik 
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari 
tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish” 
[1]
bo‘yicha alohida islohotlar amalga oshirilishi belgi-
lab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda bugungi kunda mazkur sohani rivojlantirish uchun 
har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlar olib borilmoqda, tadbirkorlar uchun turli ko‘rin-
ishdagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda va shu jumladan keyingi yillarda mamlakatimizda ham har yili yaratilayotgan 
yangi ish o‘rinlarining asosiy qismi qichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 
Ushbu soha vakillari tomonidan yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari faqatgina sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, 
xizmat ko‘rsatish sohalarida emas, balki iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa juda ko‘plab yo‘nalishlarida va 
shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerak, innovatsion yo‘nalishlarda yaratilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlarning hozirgi zamon bosqichi shaxsiy, jamoaviy va ijtimoiy man-
faatlarni birgalikda va uyg‘un tarzda amalga oshirishni talab etadi. Sovet tuzumi davrida xususiy mulkchilik 
mavjud bo‘lmaganligi tufayli qonunchilik va ijtimoiy-iqtisodiy hujjatlarda mazkur soha xususiyatlari e’tiborga 
olinmas edi.
XXI asrning o‘tgan yillari davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, amalga oshirilgan institutsional o‘zgarishlar-
da davlat yetakchilik vazifasini o‘tash bilan birga iqtisodiyotga aralashuv va uni boshqarishda chegaralarni bel-
gilash hamda ijtimoiy, davlat va xususiy sektorlarning huquqiy ta’minotida o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlashi zarur.
O‘zbekiston endilikda mumkin qadar tez fursatda dunyo mamlakatlari bosib o‘tgan yo‘l, ya’ni tadbirkorlikni 
barcha sohada rivojlantirish va bunda hozirgi zamon nazariyasi va amaliyoti erishgan yutuqlarga tayanishi 
zarur. Albatta buning uchun dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi 
muhim hisoblanadi. Bu yo‘l oxir oqibatda mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi va insonlar hayot farovonligining 
ortishiga olib keladi.
Hech bir mamlakat barcha sohada ilg‘or bo‘la olmaydi. Shuning uchun mamlakat o‘z imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda taraqqiyot yo‘llarini belgilab olishi va shu asosda strategik maqsadlarni amalga oshirishi zarur.
Tadbirkorlikdan yetarli darajada samaraga erishish va dunyo mamlakatlari qatorida teng raqobat qila olish 
uchun avvalam bor tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyatini nazariy jihatdan to‘g‘ri anglab olish muhim hisoblanadi. 
Tadbirkorlik davlat tomonidan amalga oshirilmaydi, davlat faqatgina tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar 
yaratib beradi. Davlat tadbirkorlikka sharoit yaratib berish bilan birga unga erkinlik berishi va davlat aralashuvini 
bekor qilishi zarur. Shundagina iqtisodiyot o‘zi rivojlanadi. Qachonki tadbirkorlik sohasi o‘zi rivojlanib, takror ish-
lab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘xtovsiz ishlab chiqilsa va natijada iste’molchiga umuman no-
ma’lum bo‘lgan yangicha mahsulotlar ishlab chiqilishiga erishilsa yoki mavjud mahsulotning yangicha ko‘rinish-
lari yaratilsa, ishlab chiqarishning yangicha usullari (ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar yoki tovarlardan tijoriy 
foydalanishdagi innovatsiyalar) ishlab chiqilsa, yangi bozorlar yoki bozorlarning yangi segmentlari o‘zlashtirilsa, 
xom-ashyoning yangi manbalari ishlab chiqilsa, mehnatni tashkil qilishning yangi metodlari yaratilsa, bularning 
barchasi tadbirkorlikdir.
Mulkka ega bo‘lish va shart-sharoitlarga ega bo‘lish bu tadbirkorlikning belgisi emas. “Tadbirkor” tushun-
chasi bu shunday o‘quv va funksiyalarga ega bo‘lishki, bunday xususiyatlarga ega shaxs har qanday sharoit va 
ijtimoiy formatsiyada ham o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara oladi. Yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish-
dan to‘xtagan xo‘jalik subyekti tadbirkorlik subyekti emas.
Innovatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslargina tadbirkorlik funksiyasini bajara olishi mumkin. Bu xo‘ja-
lik subyektining o‘ziga xos shaklidir. Tadbirkorlik faoliyati bu yangi faoliyat bo‘lib, u oddiy barcha xo‘jalik sub-
yektlari kabi ma’lum texnologiyalardan va xo‘jalik yuritish usullaridan foydalanishdan farq qiladi. Bu innovatorlik 
mehnatidir.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I


18
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
Tadbirkorlik sohasida mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mehnat samaradorligini os-
hirish, mamlakat ichki bozorida sog‘lom va kuchli raqobat muhitini yaratish va shu asosda uning raqobatdosh-
ligini oshirish, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda shuning 
asosida aholi daromadlarini ko‘paytirish mexanizmini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarning shakllanish 
bosqichlarini tadqiqot qilish jarayonida tizimli tahlil, induksiya-deduksiya, kompleks baholash, guruhlash, man-
tiqiy va taqqoslama tahlil qilish kabi usullardan foydalanilgan.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Yevropalik buyuk iqtisodchi Y. Shumpeterning (1883–1950-yillarda yashab ijod qilgan) ta’kidlashicha, tad-
birkorlikning iqtisodiy jarayoni o‘rtacha daromad olish bilan belgilanmaydi, balki yuqori daromad olish jarayoni 
bilan – takror ishlab chiqarish jarayonida yangi kombinatsiyalarni ishlatish orqali tadbirkorlik daromadini olish 
bilan belgilanadi. Tadbirkorlik to‘g‘risida uning shunday iborasi bor: “Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotidagi hal qiluvchi rolini u bo‘lmagan joyda juda his qilish mumkin” 
[2]
.
Iqtisodiy adabiyotlarda tadbirkorlik nazariyasi rivojlanishining yana bir yo‘nalishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bu 
yo‘nalish ishlab chiqarishni tashkil qilishning tadbirkorlik shakli bilan birga tadbirkorning boshqaruv faoliyatini 
o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlikka oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar XVIII asrning buyuk allomalari R. Kantilon, A. Tyurgo, F. Kene, 
A. Smit, J. B. Sey va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Keyinchalik bu boradagi tadqiqotlar kengayib, 
alohida ilmiy yo‘nalish tusini olgan va ularning natijalarini amaliyotda qo‘llash esa iqtisodiyotga o‘zining samarali 
ta’sirini namoyon qila boshlagan. 
A. Smit, D. Rikardo va K. Marksning asarlarida tadbirkor takror ishlab chiqarish jarayonida kapitalist si-
fatida amal qiluvchidir deya e’tirof etilib, uning roli ishchi kuchlari tomonidan yaratilgan foydani o‘zlashtirishda 
ko‘rinadi deya ta’riflanadi. 
[3]
XX asrda tadbirkorlikni ilmiy-amaliy tahlil qilishda yangi Avstriya maktabining atoqli vakili bo‘lgan U. Shum-
peter katta rol o‘ynadi. U tadbirkorlikning harakatchan iqtisodiy jarayondagi rolini, uning yaratuvchanlik funk-
siyasini aniqladi, tadbirkorning psixologik qiyofasini chizdi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, tadbirkor iqtisodiyotni 
harakatlantiruvchi asosiy kuchdir. Tadbirkorlikka o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan narsa deb, e’tiborsizlik bilan qa-
rashlarni tanqid qilib, tadbirkorlik bo‘lmagan iqtisodiyotni tasavvur qilib ko‘rishni tavsiya etadi. U tadbirkorning 
energiyasi, irodasi, intilishi investitsiya jarayonini harakatga keltiradi, texnik taraqqiyotning yuqori cho‘qqisiga 
ko‘tarilishiga imkon yaratadi, inqirozga uchragan iqtisodiyotni qayta jonlantiradi va tiklaydi deb e’tirof etadi.
Shumpeter tadbirkorlik faoliyatining maqsadlari, tadbirkorning intilish sabablarini o‘rganib, uning psixologik 
qiyofasini quyidagicha ifodalaydi:

haqiqiy tadbirkorda hukmronlik qilish, egalik qilishga intilish moddiy farorvonlikka erishishdan ham kuch-
liroq rivojlangan bo‘ladi;

iroda tadbirkorni g‘alabaga yetaklaydi, foyda esa uning uchun muvaffaqiyat barometri bo‘lib xizmat qiladi;

haqiqiy tadbirkor ijod va yaratishga intiladi va uning quvonchini his qiladi.
Yangi Avstriya maktabining yana bir atoqli vakili F. Fon Xaek ham Shumpeterga hamohang ravishda tadbir-
korlik – bu yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, o‘rganish va ishga solish deb hisoblaydi va faoliyati izlash 
tarzida kechadigan har qanday shaxsga bo‘lg‘usi tadbirkor deb qaraydi. 
Tadbirkorlik sohasini tadqiq qilgan va xususiyatlarini ochib bergan Rossiyalik birinchi iqtisodchi I. T. Posos-
hkov bo‘lib, u tomonidan imperator uchun tayyorlangan va e’tiborga sazovor bo‘lgan ishi – “Kniga o skudosti 
i bogatstve” deb nomlangan kitobi hisoblanadi. Mazkur kitobda I. Pososhkov tadbirkorlikni “Rossiyaning ijti-
moiy-iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi rolni bajaradigan, davlat va uning fuqarolarining boyishi, Rossiyaning 
fuqarolik tiklanishining asosiy elementi va kuchli davlatga aylanish manbai” 
[4]
deb baholagan. 
Shunday ekan, tadbirkorlik sohasining rivojlanishi har qanday mamlakat iqtisodiyotining yuqori daraja-
da rivojlanishini, xalqining farovonligini, ish bilan ta’minlanish darajasi yuqori bo‘lishining kafolati hisoblanadi. 
Shuning uchun davlat mazkur sohaning rivojlanishi uchun har tomonilama shart-sharoitlarni yaratib berishi va 
shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatining erkinligini ta’minlashi zarur.
Ma’lumki, iqtisodiy faoliyat tushunchasi va tadbirkorlik faoliyati tushunchalari mavjud. Ko‘pgina adabiyot-
larda foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan holda amalga oshirilgan har qanday faoliyat iqtisodiy faoliyat ekanligi 
e’tirof etilgan. Tadbirkorlikning ham tub ma’nosi aslida shunday. Bunday holatda iqtisodiy faoliyat bilan tadbirkor-
lik faoliyatini bir-biridan qanday farqlash mumkin. Bizningcha iqtisodiy faoliyat yetarli darajada keng tushuncha. 
Iqtisodiy faoliyatni bir qancha tarmoqlar va tarmoq ichidagi tarmoqchalarga bo‘lish mumkin. Tadbirkorlik esa 
iqtisodiy faoliyatning bir ko‘rinishi. Tadbirkorlikni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirish mumkin.
Rossiyalik iqtisodchi S. E. Jilinskiyning ta’biriga ko‘ra “Iqtisodiyot – insonlarning shunday faoliyatiki, unda 
insonlarning turli ko‘rinishdagi talablarini qondirish uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yaratiladi. 
[5]
T. P. Emelyanova va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Osnovы rыnochnoy ekonomiki” nomli o‘quv 


19
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
qo‘llanmada “Insonlar hayoti uchun moddiy shart-sharoitlar yaratadigan barcha faoliyat turlari” iqtisodiy faoli-
yatdir deya ta’rif berilgan. 
[6]
“Tadbirkorlik” tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo‘lsada, uning evolyutsiyasi bizning zamonda ham 
davom etmoqda. Ushbu tushuncha qariib uch asr davomida nazariya va amaliyotda qo‘llanilib kelinayotganiga 
qaramay uning universal ta’rifi shakllanmagan va ko‘p ma’noligi saqlanib kelmoqda. Buning asosiy sababi tad-
birkorlikning ko‘p qirrali, ko‘p sohali, ko‘p tarmoqli va ko‘p shaklli murakkab faoliyat ekanligidir.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati, belgisi noaniq sharoitda harakat qilish his-
oblangan. Chunki bozorda talab va taklif, bozor vaziyati doimo o‘zgarib turadigan sharoitda tadbirkorlik faoliya-
tining foydalilik darajasi aniq bo‘lmaydi va tadbirkorga tavakkal qilib ishlashga to‘g‘ri keladi. Keyingi bosqichda 
“tadbirkor” va “sarmoyador” tushunchalari farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning doimiy harakatda bo‘lishi 
va ko‘payib borishini ta’minlaydigan shaxs sifatida namoyon bo‘ldi. Bunday holda tadbirkor jalb qilingan mab-
lag‘lardan ustalik bilan foydalanib, biror ishni boshlash va amalga oshirishga o‘z faoliyatini, bilimi va tajribasini 
qo‘llab, foyda olish maqsadida mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.
Tadbirkorlikning tavakkalchilik xarakterini innovatsiyaga doir vazifasi bilan birlashtirish g‘oyasi L. Fon Tyu-
nenga tegishli bo‘lib, uningcha, tadbirkorning daromadi tavakkalchilik faoliyatidan keladigan daromaddan va 
yangilikni qo‘llash tufayli iqtisodiy samaraga erishish natijasida olinadigan daromaddan tashkil topadi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim H. R. Hamroyev tomonidan tayyorlangan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv 
qo‘llanmada tadbirkorlik to‘g‘risida quyidagi fikrlar keltirilgan: tadbirkorlikning aniq darajasida uni ikki yo‘nalish-
ga ajratish mumkin, ya’ni tijoratga asoslangan tadbirkorlik va notijorat asosidagi tadbirkorlik. Tijoratga asoslan-
gan tadbirkorlikning asosiy maqsadi moddiy daromad ko‘rish, foyda olish hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlarning asosiy qismi tijorat tadbirkorligi subyektlari: korxona, firma, kompaniya, tashkilot, fermer va dehqon 
xo‘jaliklari, agrofirma va boshqa shu kabilardir. Tadbirkorlikning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lgan notijorat tadbirkorlikni 
amalga oshirish uchun notijorat tashkiloti tuziladi. Ularga diniy, xayriya, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalari, 
siyosiy partiyalar kiradi 
[7]
.
Bizningcha H. Hamroyev tomonidan tadbirkorlikning ikkinchi yo‘nalishi sifatida notijorat tashkilotlarini 
ko‘rsatilishi tadbirkorlikning asosiy xususiyati bo‘lgan foyda olishga asoslanganlik xususiyatini bir tomonlama 
xususiyatga aylantirib qo‘yadi. Ushbu tushuncha mamlakatimizda amal qilayotgan notijorat tashkilotlari to‘g‘risi-
dagi qonun hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchiliklarga zid tushunchani keltirib chiqaradi. 
O‘zbekistonlik olimlar U. Umurzakov va A. Toshboyevlar tomonidan tayyorlangan “Kichik biznes va tad-
birkorlik” nomli o‘quv qo‘llanmada tadbirkorlikka shunday ta’rif berilgan: tadbirkorlik – ijtimoiy-iqtisodiy natijaga 
erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarn-
ing yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 
[8]
TA H L I L VA N A T I J A L A R
O‘zbekiston Respublikasida 2012-yil 2-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolat-
lari to‘g‘risida” gi qonunning 3-moddasida tadbirkorlik faoliyatiga shunday ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati 
(tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi 
tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir” 
[9]
Ushbu qonunning tadbirkorlik faoliyati subyektlari to‘g‘risidagi 4-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati subyekt-
lari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshi-
rayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir”. Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlar-
ida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik subyektlari bo‘lishi mumkin emas deb belgilab qo‘yilgan
Tadbirkorlikning mohiyati shundan iboratki, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 
[10]
va 
“O‘zbekiston Respublikasida Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga 
[11]
muvofiq, balog‘at yoshiga yetgan har bir 
fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan qonunga zid bo‘lmagan faoliyat 
turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish 
erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi bo‘lib, unga mos ravishda tadbirkorlikning uch guruhini alohida ko‘rsatish 
mumkin.
1. Yangi tovar ishlab chiqarish yoki mavjud tovar turiga yangicha ko‘rinish va qo‘shimcha qulayliklar 
kiritgan holda ishlab chiqarish, yangi xizmat turini ko‘rsatishni tashkil etish yoki mavjud xizmat turiga 
qo‘shimcha qulayliklar kiritgan holda mijozlarga taqdim etish (innovatsion faoliyat). 
2. Bozorda mavjud tovarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki boshqalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xi-
zmat turini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.
3. Innovatsion tadbirkorlik evaziga ishlab chiqarilgan tovarlarni yoki bozorda oldindan mavjud tovarlarni 
mamlakatda yoki mamlakat tashqarisida ulgurji yoki chakana usulda sotishni tashkil etuvchi tadbirkorlik.
Maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turi bo‘lib, birinchisida tadbirkor foyda olish, samaraga erishishni 


20
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
maq sad qiladi. Bunday tadbirkorlik sifatida tovar yoki innovatsion tovar ishlab chiqarish yoki ushbu tovarlarni 
sotishni tashkil etuvchi tadbirkorlar va xizmat yoki innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni keltirish mum-
kin. Ikkinchisida tadbirkor foydaga erishish bilan birga ijtimoiy samaraga (masalan tabiat muhofazasi, yosh 
avlod tarbiyasi, tibbiyot sohasi) erishishni ham maqsad qilib qo‘yadi. Ikkinchi holatda foyda birinchisidagi kabi 
yuqori bo‘lmasligi mumkin, ammo ushbu faoliyat jamiyat uchun katta ijtimoiy samara keltiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik biznes yo‘li bilan amalga oshirila-
di. Biz nes so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati yoki kishilarning foyda olishga qaratilgan faoliyat-
idir. Lug‘atlarda biznesmen so‘zi go‘yoki tadbirkor, ishchan deb yuritilsa, biznes bu faoliyat, foyda keltiruvchi 
mashg‘ulot deb tushuniladi. Tadbirkor va biznesmen kabi tushunchalarda ishlab chiqarish, dallolchilik, savdo, 
moliyaviy va innovatsiya faoliyatlari bilan shug‘ullanuvchi va daromad olish niyatidagi inson ifodalanadi.
Tadbirkor va biznesmen tushunchalari iqtisodiy faoliyat sohalarida ko‘rilayotganda ma’nodosh deb his-
oblanmaydi. Biznes – bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyati 
biznesning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi va turli sohalarda amalga oshiriladi. Tadbirkor tomonidan tashkil 
etilgan firma (tashkilot, fermer xo‘jaligi, korxona) kichik biznesning bir qismiga aylanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy o‘ziga xos va iqtisodiy faoliyatdan farqli xususiyati shundaki, tadbirkor-
lik biror bir shaxs yoki biror bir guruh tomonidan va mazkur shaxs yoki guruhning o‘z mulki bilan tavakkalchilik 
qilishi hisobiga amalga oshiriladi. Iqtisodiy faoliyatni esa davlat ham amalga oshiradi.
Demak, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning boshqa yo‘nalishlaridan shu bilan farqlanadiki, ya’ni bun-
da tadbirkor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z mulki va o‘z javobgarligi bilan daromad olish maqsadida 
qonun doirasida amalga oshiradigan biror bir faoliyati tadbirkorlik faoliyati deb e’tirof etiladi va bu faoliyat davlat 
organlari va ularning mansabdor shaxslari hamda qonun man etgan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshi-
rilishi mumkin emas.
Ammo shuni ta’kidlab o‘tish kerak, tadbirkor yoki tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikas-
ining fuqarolik kodeksiga alohida modda kiritilmagan. Rossiya davlat fuqarolik kodeksida esa bunday modda 
mavjud ekanligining guvohi bo‘ldik.
Tadbirkorlikni amalga oshirishdan asosiy maqsad foyda olishdir. Tadbirkorlik faoliyati davomida iqtisodi-
yotning mikrodarajasida ishlab chiqarish faktorlarining birlashuvi yuz beradi va shu asosda tadbirkorlik foydasi 
hosil bo‘ladi. Tadbirkor ushbu jarayonning tezlik bilan takrorlanishini istaydi va avans sifatida yo‘naltirilgan kap-
italning qaytishi va eng muhimi foyda bilan qaytishi uni yana qayta-qayta yangi tovarlar ishlab chiqarish uchun 
yo‘naltirishga va yanada ko‘proq foyda olishga undaydi.
Tadbirkorlik foydasining yuzaga kelishi va uning hajmi umumiy tushumdan tashqi xarajatlar va ichki xara-
jatlarni ayirib tashlaganda ko‘rinadi va ushbu foydaning hosil bo‘lishi hamda uning hajmi bir qancha faktorlarga 
bog‘liq. Bunday faktorlar sifatida tadbirkor tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil qilinishi, hamkorlarning to‘g‘ri tanlani-
shi, bozorning holati, talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarga bo‘lgan bahoning shakllanishi, raqobatning 
holati va boshqa shu kabi bir qancha faktorlarni sanab o‘tish mumkin. 
Tadbirkor tomonidan doimiy ravishda foyda olishga erishish uchun ushbu faoliyatni doimiy ravishda o‘rgan-
ish, tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini olib borish zarur.
Tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tadbirkor tomonidan o‘z faoliyatini o‘zining mulki 
va o‘z tavakkalchiligiga asosan amalga oshirishidadir. Ya’ni tadbirkor o‘zi rejalashtirgan faoliyatni amalga oshi-
rar ekan, o‘z mulki va mablag‘iga nisbatan katta tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi. Bu tavakkalchilik ostida tadbir-
kor mulkining yo‘qotilishi va boshqa moliyaviy zararlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar yotadi. Bu 
xavf-xatarlarning yuz berishi tadbirkorni katta hajmdagi moliyaviy yo‘qotishlarga va oxir-oqibatda bankrotlik 
holatiga olib kelishi ham mumkin.
Shunday qilib, har qanday tadbirkorlik yo‘nalishida, ya’ni u ishlab chiqarish bo‘ladimi, ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish, savdo, moliyaviy xizmatlar, ijtimoiy-iqtisodiy yoki ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish bo‘ladimi 
xavf-xatar mavjud va u kutilmagan holatda yuz berishi natijasida tadbirkorning hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga 
zarar yetishi yoki kutilgan foydani ololmasligi mumkin. 
Bunday holatlarning oldini olish, ular yuz berganda esa ko‘rilgan zararni qoplashning birdan-bir yo‘li sug‘ur-
ta xizmatlaridan samarali foydalanishdir.
Tavakkal qilish – bu biror ishning natijasi aniq bo‘lmagan vaziyatda ehtimol, taxmin qilib uni amalga oshi-
rishdir. Tadbirkorlikda tavakkalchilik faoliyatga safarbar qilingan resurslar va mo‘ljallangan daromadni qisman 
yoki to‘liq yo‘qotish xavfidir. Xavf – bu ko‘ngilsiz voqea yoki falokatning yuz berish ehtimolidir. Tavakkallik dara-
jasi ehtimol qilinayotgan xavf darajasiga bog‘liq. Tavakkalchilik uch elementni o‘z ichiga oladi:

istalgan natijaga erishish ehtimoli;

ko‘ngilsiz natijaning (omadsizlikning) ro‘y berish ehtimoli;

tanlangan (mo‘ljallangan) maqsaddan chetlanish ehtimoli.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, tavakkal (risk) uni aniqlash yoki aniqlamaslik, hisobga olish yoki olmas-
likdan qat’iy nazar mavjud bo‘ladi. Tavakkalni aniqlash va hisobga olish maqsadida olib borilgan harakatlar 
tavakkalni ma’lum darajada kamaytirish imkonini berishi mumkin. Tavakkallik darajasini aniqlashning bir necha 


21
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
usullari mavjud. Bunday usullar sifatida tavakkalni aniqlashning analitik usuli, iqtisodiy usuli va statistik usulla-
rini ko‘rsatish mumkin. Bizning nazarimizda ushbu usullar ichida statistik usul ko‘proq ishonchli va shu tufayli 
amaliyotda keng qo‘llanilayotgan usul hisoblanadi.
Tadbirkorlik va biznesda tavakkalchilik biror ish bilan shug‘ullanganda omadsizlikka uchrash ehtimolidir. 
Bunday omadsizlikka turli xil xavf-xatarlar sabab bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar mavjud va yangi paydo bo‘ladi-
gan xavf-xatarlarni yaxshi bilishlari va ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini pasaytirish choralarini ko‘rib 
qo‘yishlari lozim. Bunday choralardan eng maqbuli, yuz berishi mumkin bo‘lgan xatarlarni sug‘urtalashdir. 
Sug‘urtatalanishi mumkin bo‘lgan bunday xatarlar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: tabiiy hodisalar-
ning yuz berishi natijasida yuzaga keladigan xatarlar, ya’ni zilzila, tsunami, qattiq shamol, qurg‘oqchilik, garm-
sel, qattiq sovuq, do‘l, sel kelishi, yer cho‘kishi va hokazolar. Stixiyali hodisalar natijasida yuz beradigan xatar-
lar, ya’ni yong‘in, transport halokatlari, yuklarni tashishda yo‘qotishlar va buzilishlar, korxona xodimlarining 
e’tiborsizligi natijasida yuzaga keladigan xatarlar, o‘g‘rilik, talonchilik, loyihadagi xatoliklar, siyosiy xatarlar, kor-
xonadagi muhim shaxsning kasallanishi yoki vafot etishi, baxtsiz hodisalar, tijorat xatarlari, bozor konyunktur-
asining o‘zgarishi, ishchilar noroziligi, hamkorlar tomonidan shartnoma shartlarining bajarilmasligi, ko‘zlangan 
foydani ololmaslik, menejerlar xatolari, narx-navoning oshib ketishi yoki pasayishi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar 
va hokazolar.
Tadbirkorlik sohasi bugungi kunda O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib 
bormoqda, iqtisodiyotda tobora muhim o‘rin tutib, uning yetakchi kuchiga aylanib bormoqda. Ammo shunday 
bo‘lsada, tadbirkorlikning imkoniyatlari yanada yuqori. Bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun tadbirkorlik 
iqtisodiy asoslangan, ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga to‘liq kirgan bo‘lishi, moddiy va moliyaviy mab-
lag‘lardan yuqori darajada samarali foydalanadigan, buning uchun ishlab chiqarishning eng ilg‘or texnologi-
yalaridan va innovatsiyalardan keng foydalanadigan bo‘lishi zarur.
Tadbirkorlik sohasining rivojlanishi ijtimoiy soha bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. Tadbirkorlik sohasining 
rivojlanishi insonlar turmush farovonligining oshishiga olib kelishi va ushbu sohada topilgan daromadlar alohida 
guruhlarning daromadiga aylanib qolmasligi kerak. Bu borada ushbu sohani tartibga solishda davlatning roli 
muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik sohasining risoladagidek rivojlanishi uchun mazkur soha bilan siyosiy soha o‘rtasida uzviy 
munosabat yo‘lga qo‘yilishi zarur. Ya’ni davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda tadbirkorlik 
sohasiga tayanishi va o‘z o‘rnida tadbirkorlar davlatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatida davlat bilan ham-
korlikda ish yuritishi zarur. Shunday holatdagina tadbirkor uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 
Tadbirkorlik faoliyati bir qancha tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillar 
umumiy tusga ega bo‘lib, har bir mamlakatda ularning ro‘yobga chiqarilishi turli darajada bo‘lishi mumkin. Mam-
lakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demokratiya asoslari qanchalik yuqori bo‘lsa, tadbirkorlik tamoyillari 
ham shunchalik to‘liq ro‘yobga chiqariladi. Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish 
mumkin: erkinlik, mustaqillik, teng huquqlilik, ixtiyoriylik, moddiy javobgarlik va qonuniylik. Mamlakatda maz-
kur tamoyillar qanchalik darajada to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, tadbirkorlik shunchalik darajada yaxshi rivojlanishi 
mumkin.
Shuni ham aytib o‘tish kerak, ayrim tadbirkorlar yuqorida aytilgan umumiy tamoyillardan tashqari, o‘zlari 
uchun muhim hisoblangan alohida tamoyillarni ham shakllantirib, ularga ham rioya etib keladilar. Masalan 
amerikalik supermarket qiroli Sem Uolton o‘zining quyidagi tamoyillariga amal qilgan:

barqaror daromad yuqori daromaddan yaxshiroq;

firmani kengaytirish uni boshqa firmalar bilan qo‘shishdan yaxshiroq;

axborot bebahodir;

hamma narsada yoppasiga tejamkorlik;

ishlab chiqarish korxona ostonasida emas, balki savdo peshtaxtasida tugaydi.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida tadbirkorlar uchun bir qator ko‘rsatmalar, 
maslahatlar, ishlab chiqilgan. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

Tijoratga asoslangan g‘oyani topish.

Raqobatdan qo‘rqmaslik.

Sifatga e’tibor berish.

Biznes reja asosida ishni tashkil qilish.

Narxni pasaytirishdan qo‘rqmay, uni ko‘tarishdan qo‘rqish.

Mahsulotni reklama qilish.

Kredit olish mumkin bo‘lsa, uni olishdan qo‘rqmaslik.

Odamlarga xayrixoxlik bilan muomala qilish.

Faqat birgina ish bilan shug‘ullanib qolmaslik.

Asosiy kapital tadbirkorning o‘zi hisoblanadi.
Tadbirkorlik sohasi yangiliklarga intiluvchan, resurslarni tejash va samarali foydalanish imkoniyatini beruv-


22
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
chi usullarni qidirib topishga harakat qiluvchi, tavakkalchilikka asoslangan soha hisoblanadi.
Mazkur ishda tadbirkorlik sohasi borasida kengroq mushohada qilishimizning sabablaridan biri ushbu so-
haning barqarorligini ta’minlashda muhim unsur hisoblangan sug‘urta sohasining o‘zi ham aslida tadbirkorlik 
faoliyatining bir ko‘rinishi ekanligidir. 
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklar turli ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati 
davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa kutilmagan hodisalardan ko‘riladigan zararlarni o‘z 
ichiga oladi. Turli sabablar (xom ashyoning yetishmay qolishi, elektr,gaz va yoqilg‘i-moylash materiallarining ye-
tishmay qolishi, ish joyida yong‘in chiqishi va hokazolar) oqibatida yuz beradigan ishlab chiqarishdagi uzilishlar 
natijasida ko‘riladigan zararlar, bankrotlik holatlari, tayyor mahsulotning sotilmay qolishi yoki sotilgan mahsulot 
uchun to‘lovning amalga oshmay qolishi kabi holatlar ham tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklardir.
Tadbirkorlik faoliyatidagi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘luvchi bir qancha xatarlar, ma-
salan, xom ashyoni yetkazib berishning to‘xtab qolishi, ishchi kuchining yetishmay qolishi, elektr energiyasi va 
boshqa energiya vositalarini yetkazib berishning to‘xtab qolishi va boshqa holatlar ishlab chiqarishdagi uzilish-
larga sabab bo‘lishi va natijada ko‘zlangan foydaga erisha olmaslik holatlari yuz berishi mumkin.
Tijorat faoliyatida tovar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xatarlar yuz berishi mumkin, ya’ni yetkazib berilgan 
tovar uchun xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi yuz berishi va natijada to‘lovni amalga oshira olmasligi mumkin. 
Ma’lum mamlakat miqyosidagi siyosiy holatlar natijasida sotuvchi yoki xaridorga mahsulotni sota olmaslik yoki 
sotib ololmaslik holatlari yuz berishi mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida tijorat risklari keskin ortib bormoqda, chunki ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayot-
gan subyektlar soni oshib ketdi va o‘z o‘rnida mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ham or-
tib bormoqda. Ushbu faoliyatda mavjud tavakkalchiliklarning yuz berishi natijasida ko‘riladigan zararlar ushbu 
sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmi bilan belgilanishi hamda shu bilan birga olinadigan foyda ham hisobga 
olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy hodisalar natijasida yuz berishi mumkin, ya’ni 
turli tabiiy hodisalar tufayli hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot yetishishi 
va hokazolar natijasida qilingan xarajatni chiqara olmaslik yoki kutilgan foydani ololmaslik mumkin. Bundan 
tashqari ishlab chiqarish va mahsulot sotish bilan bog‘liq boshqa xatarlar ham yuz berishi mumkin.
Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p hollarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, 
to‘lovga qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin.
Kredit risklari bilan bog‘liq xatarlar xaridorga beriladigan tijorat kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladi-
gan bank ssudasi, kredit bo‘yicha majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisobla-
nadi. Ushbu risklarning yuz berishi natijasida sotuvchi yoki sotib oluvchining to‘lovga qobiliyatsizlik holatlari 
yuzaga kelishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi foyda olish. Shuning uchun ushbu foydani ololmaslik riski muhim his-
oblanadi. Foydani ololmaslikning sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) stixiyali hodisalar tufayli ishlab chiqarish jarayonining buzilishi natijasida rejadagi foydani ololmaslik 
yoki umuman zarar bilan chiqish;
2) bozor konyunkturasining o‘zgarishi natijasida tovarning sotilmay qolishi.
Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy etishda texnik va texnologik risklar ham yuzaga kelishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarida risk darajasi ortib bormoqda. Respublikam-
izdagi 40 dan ortiq shaharlar suv toshqini yuz berganda suv ostida qolish xavfi bor. Mamlakatning barcha 
hududlari 7 balldan ortiq zilzila bo‘lish xavfi ostida. Shaharlarda 50 ga yaqin yirik kimyoviy, yong‘inga xavfli, port-
lovchi obyektlar mavjud. Kimyo sanoati korxonalari, neft ximiyasi va neftni qayta ishlash korxonalarning asosiy 
qismi yirik shaharlarda yoki ularning yaqinida joylashgan. Ushbu xavflarning yuz berishi har qanday tadbirkorlik 
subyektining faoliyatiga katta hajmdagi zarar keltirishi mumkin.
Shu yilning (2020-yil)-aprel oyida mamlakatimizning Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol ko‘p 
sondagi aholi uylari, ularning transport vositalari hamda hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazdi, shu bilan birga 
bunday zararlar tadbirkorlik subyektlarini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Aprel oyining oxiri va-may oyining boshida 
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv omborining ochilib ketishi mingdan ortiq aholi uy-joylariga, trans-
port vositalariga, qishloq xo‘jalik ekinlariga va chorva mollariga va shunday zararlar tadbirkorlik subyektlariga 
ham yetkazilganligi yuqorida keltirilgan xavflar shunchaki gap emasligini asoslaydi. 
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun tadbirkorlarga byudjetdan tashqari fondlar va 
tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hamda chet el kredit liniyalari va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari 
ajratilmoqda. Albatta ajratilayotgan bu mablag‘larning qaytmaslik riski ham mavjud.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar turli-tuman bo‘lib, ularning 
yuz berish ehtimolligi va keltirishi mumkin bo‘lgan zarar hajmi ham turlicha, shu tufayli ularning xususiyatlarini 
o‘rganish, tahlil qilish, tasniflash va shu asosda qaror qabul qilish zarur. 
Kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish masalasi ham murakkab va turli risklar bilan bog‘liq 


23
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
bo‘lib, shu tufayli bu boradagi ilg‘or chet mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish zarur deb hisoblaymiz. Ilg‘or 
chet mamlakatlarda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirila-
di:
Imtiyozli kreditlash dasturlari. Bunday dasturlar turli banklar tomonidan amalga oshirilishi mumkin (dav-
lat, maxsus, tijorat banklari). Bunday dasturlar foiz stavkalarini subsidiyalash, qayta moliyalashning imtiyozli 
stavkalarini qo‘llash orqali mablag‘ ajratish, ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyatlarni kapitallashtirishni oxiriga yetka-
zish maqsadida amalga oshiriladigan davlat dasturlari, kredit risklarini sug‘urtalash kabi usullarda amalga os-
hiriladi.
Ba’zi mamlakatlarda bozor prinsiplarini saqlagan holda, kichik va o‘rta biznes korxonalariga banklar to-
monidan ajratiladigan kreditlarning foiz stavkalariga kompensatsiyalar ajratish yo‘li bilan mazkur korxonalar 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadi (Xitoy, Koreya va boshqa mamlakatlar). Singapurda kichik va o‘rta 
biznes korxonalariga ularning ishchi va xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish uchun beriladigan kreditlarga 
davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
Germaniyada imtiyozli dasturlarni “KFWMittelstandsbank” davlat banki orqali amalga oshiriladi va bunda 
tijorat risklarining yarmini davlat o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, “KFWMittelstandsbank” kichik biznes-
ga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni moliyalashtirishda kreditning qaytmaslik riskining 80 foizini o‘z zimmasiga 
oladi, qolgan 20 foizini xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘z zimmasiga oladi. Alohida hududlarda ishlab chiqarish so-
hasida yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish yoki mavjudlarini saqlab turish uchun alohida dasturlar ishlab chiqiladi 
va subsidiyalanadi (yangi ish o‘rni yaratish uchun ko‘pi bilan 200 ming yevro va mavjud ish o‘rnini saqlab turish 
uchun 70 ming yevro subsidiyalanadi). Ishsizlar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda tadbirkorlar korxona tashkil qilish 
uchun iqtisodiyot vazirligidan gender prinsipi bo‘yicha 10 mingdan 20 ming yevrogacha yer subsidiyasi olishi 
mumkin. Subsidiya olish uchun davlat tomonidan qo‘yilgan talab yangi ish o‘rinlarini yaratish va 25 ming yev-
rodan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritishdan iborat.
Yaponiyada kichik biznes Moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya, “Soko-Chukin” banki yan-
gi turdagi mahsulotlar va texnologiyalar ishlab chiqish, alohida hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ushbu 
hududlarda kichik va mikro korxonalar tashkil etish, kichik biznes korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish va texnik 
kooperatsiyani tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratadi.
Kichik biznesning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirishni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil 
etish. Rossiyada kichik va o‘rta korxonalar davlat korporatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu korporatsiya davlat 
byudjetidan maxsus MSP-bank orqali 6 foizli fond olishi va uni 10,5 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz bilan kichik 
biznes korxonalariga berishi mumkin. Ispaniyada rasmiy kreditlash instituti tashkil etilgan. Fransiyada OSEO 
davlat tashkiloti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tashkilotning asosiy funksiyasi innovatsiyalarni moliyalashtirish, 
texnologiyalar transferti va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, kafolatlash kabilardan iborat. Hamkor banklar 
bilan birgalikda moliyalashtirish amalga oshiriladi hamda hamkor banklar kreditlariga kafolatlar taqdim etiladi 
(kafolat kreditning 40 foizini qoplaydi, startaplar uchun ushbu kafolat 70 foizgacha oshirilishi mumkin). Ya-
poniyada kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash kichik va o‘rta biznesni sug‘urtalash davlat korporatsiyasi 
tomonidan amalga oshirilib (buning o‘xshashi Xitoy va AQShda amal qiluvchi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash 
va rivojlantirish davlat fondi), ushbu korporatsiya ilmiy va yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarni 
kreditlaydi, kreditlar kafillarning kafolatlari va boshqa kafolatlar asosida beriladi, informatsion va ta’lim bo‘yicha 
xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari Yaponiyada Milliy moliyaviy korporatsiya kichik biznesni kreditlovchi yirik 
tashkilot hisoblanadi. Xitoyda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish davlat fondi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu 
fond davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Tijorat kreditlari bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish tizimini tashkil etish (maxsus kafolat fondlarini tashkil etish 
yoki kichik biznesni kreditlash bozoriga boshqa tijorat banklarini jalb etish uchun kafolatlarni taqdim etish orqali 
maxsus banklar faoliyatini kengaytirish). Masalan, Rossiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni 
rivojlantirishda so‘nggi yillarda MSP korporatsiyasining kafolat dasturlari muhim rol o‘ynamoqda. 2015-yilning 
oxirida Rossiya hududlarida 58 ta hududiy kafolat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatdi. Maxsus MSP-bank 2013-yildan 
boshlab investitsion maqsadlarda ajratilgan kreditlarga kafolatlar taqdim etib kelmoqda. Yaponiyada kreditlarni 
kafolatlash Assotsiatsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xitoyda ham kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
va rivojlantirish bo‘yicha davlat fondlari amal qilayotgan bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi kichik biznesga kafo-
latlar taqdim etishdan iborat. AQShda kichik biznes federal ma’muriyati tomonidan tijorat banklari ajratadigan 
kreditlarni kafolatlash amalga oshiriladi. Bu tadbir kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng tarqalgan 
tadbir bo‘lib, ushbu kafolatlar ajratilayotgan kreditlarning 90 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda turli davlat das-
turlarining ishlab chiqilishi va amalga kiritilishi muhim ro o‘ynamoqda. Bunday dastur sifatida Yevropa Ittifoqi 
tomonidan ishlab chiqilgan COSME dasturini aytib o‘tish mumkin. Ushbu dasturning qiymati 2,3 mlrd. yevro 
miqdorida bo‘lib, uning amal qilish davri 2014–2020-yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturning maqsadi kichik 
va o‘rta korxonalarga ularni tashkil etish, kengaytirish va transformatsiya jarayonlarini o‘tkazishda moliyalashtir-


24
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
ish bo‘yicha qulayliklar yaratishdan iborat. Ushbu dastur asosida korxonalar kafolatga, kreditga va boshlang‘ich 
kapitalga ega bo‘ladigar. Bundan tashqari COSME Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlari va undan tashqari 
hududlarga chiqishda korxonalarga imkoniyatlar yaratib beradi. Mazkur dastur yevropa korxonalarining ham-
korlik munosabatlarini rivojlantirish hamda ishchi va texnologik hamkorlarni qidirib topishda yordam beradi.
Bundan tashqari ushbu dastur tadbirkorlarga tadbirkorlik sohaksidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda 
ko‘maklashadi. Tadbirkorlarning alohida guruhlarini (yoshlar, ayollar va qariyalar) qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
ham ishlar olib boradi. Bundan tashqari dastur orqali tadbirkorlar zamonaviy raqamli texnologiyalarga ega 
bo‘lishda ham ko‘makka ega bo‘ladilar. Biznes uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu dastur ma’muriy 
va tartibga solish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish borasida ham ishlar olib boradi. Yangi biznes-modellarga va 
innovatsion amaliyotlarga o‘tish borasida ishlar olib boradi.
Buyuk Britaniyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi. Angliyada mavjud barcha korxonalarning 
99 foizi kichik va o‘rta korxonalardan iborat. Ushbu korxonalarda yalpi qo‘shilgan qiymatning 49,8 foizi yarati-
ladi.
2011-yilda hududlarni rivojlantirishga ixtisoslashgan maxsus fond tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning byud-
jeti 2,6 mlrd. funt sterlingni tashkil etadi va ushbu fond butun mamlakat bo‘ylab faoliyat ko‘rsatadi. Fond mab-
lag‘lari kichik va o‘rta biznes korxonalarining investitsion faoliyatini faollashtirish va shu asosda iqtisodiy rivojla-
nish hamda bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan loyiha va dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Fondning 
2,4 mlrd. fund.st. mablag‘ini joylashtirish xususiy sektorning 13 mlrd. funt.st.dan ortiq mablag‘ini iqtisodiyotga 
jalb qilishga olib keladi va natijada 500 ming ishchi o‘rinlarini tashkil qilish yoki saqlash imkonini beradi. Misol 
tariqasida fondning ko‘magi bilan moliyalashtirilayotgan quyidagi dasturlarni aytish mumkin: biznes-angellarni 
birgalikda moliyalashtirish fondi, Shotlandiya qirollik bankini (RBS) va Milliy Vestminster bankini (NatWest) 
hududiy rivojlantirish dasturi, HSBC aktivlarini sotib olishga ko‘maklashish dasturi.
Bundan tashqari, Angliyada kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi 
dasturlaridan samarali foydalanilmoqda, bular grantlar, kreditlar va kafolatlardir. 
Yaponiyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi. Kichik va o‘rta biznes Yaponiya iqtisodiyotining 
asosini tashkil etadi. Yaponiyadagi barcha kompaniyalarning 99,7 foizi, ish bilan band aholining 70 foizi va 
sanoat industriyasida qo‘shilgan qiymatning 50 foizdan ortig‘i ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keladi (1-rasm). 
Avstraliya (55,7)
Xitoy (60,0)
Hindiston (62,0)
Indoneziya (23,2)
Yaponiya (53,0)
Malayziya (32,7)
O‘zbekiston (56,5)
Filippin (35,7)
Singapur (50,0)
Janubiy Koreya (50,0)
Tayvan (30,2)
Taylan (36,6)
Vetnam (36,6)
1-rasm:
O‘zbekiston va ba’zi chet mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kichik va o‘rta biznesning ulushi 
[12]
Misol uchun bugungi kunda gigant korxonalar hisoblangan Toyota Honda va Sony kabi korxonalar tash-
kil etilgan paytda kichik korxona sifatida tashkil etilgan. Yirik kompaniyalar mahsulotlari qismlarining asosiy 
qismi kichik va o‘rta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu mazkur sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash-
ning kuchli tizimini ta’minlash imkoniyatini beradi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerak, mazkur mamlakatda 
innova tsiyani rivojlantirish maqsadida ilmiy-texnik dasturlarni qaytarmaslik sharti bilag moliyalashtirish yo‘lga 
qo‘yilgan. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlar ishlab chiqish, alohida hududlarda yangi 
ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish ishlari uchun davlat va mahalliy organlar tomonidan imtiyozli kreditlar ajra-


25
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
tiladi. Kichik va o‘rta biznes bilan bog‘liq barcha tadbirlar kichik va o‘rta korxonalar Agentligi boshchiligida turli 
tashkilotlar tomonidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladdi. Mamlakatda kichik va o‘rta biznes sohasini past 
foiz stavkalarida moliyalashtiradigan moliyaviy institutlar tashkil etilgan bo‘lib, ular davlat bilan hamkorlikda 
mazkur soha vakillarini uzoq muddatli imtiyozli mablag‘lar bilan ta’minlaydi. Bunday institutlar sifatida savdo va 
sanoat uchun ishlovchi Markaziy kooperativ bankni, kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashga ixtisoslashgan 
Milliy korporatsiyani aytib o‘tish mumkin.
X U L O S A VA TA V S I YA L A R
Turli mamlakatlar tajribalarini o‘rganish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyalashti-
rishni rivojlantirish, faoliyatidagi risklarni sug‘urtalash, eksport potensialini oshirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish zarur deb hisoblaymiz:
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi, davlat 
va mahalliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda ish yurituvchi, turli ko‘rinishdagi nobank kredit tashkilotlarini 
tashkil qilish.
2. Xo‘jalik subyektlari va aholi mablag‘larini jamlash evaziga o‘z faoliyatini qishloq joylarda amalga oshiruv-
chi va mazkur hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda aholini kreditlash faoliyatini amalga 
oshiruvchi kredit tashkilotlarini hamda o‘zaro sherikchilik va javobgarlikka asoslangan, kreditlashga ixtisoslash-
gan guruhlar tashkil etish evaziga kichik biznes va aholini qulay va past foizli kredit mahsulotlari bilan ta’min-
lashni yo‘lga qo‘yish. Bunda aholi omonatlarini jalb qilishni alohida e’tiborga olish.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni yuqori bo‘lib, bu o‘z-o‘zidan mazkur soha 
bilan bog‘liq sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklarning ko‘payishiga olib keladi. Bu esa bu boradagi sug‘urta 
xizmatlarini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin