287
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
I L M I Y YA N G I L I G I
Ekspansionistik monetar siyosat tijorat banklarining kredit ekspansiyasini rag‘batlantiradi va kreditlarning
nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasini oshirish imkonini beradi. Bu esa, pul massasining multiplika-
tiv kengayishini ta’minlash imkonini bergan holda, iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini
oshirishga xizmat qiladi. Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirish uchun birinchidan, Markaziy bank
majburiy zaxira talabnomasi summasini tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobrarqamlarida qoldirish yo‘li bi-
lan banklarning kreditlash imkoniyatini va likvidliligini oshirish lozim; ikkinchidan, Markaziy bankning diskont va
lombard kreditlari berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bilan tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash kreditlari
hajmini oshirish zarur; uchinchidan, to‘lovga qobillik darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklari va kompaniyalarning
depozit sertifkatlari va obligatsiyalarini Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarining obyektlariga aylantirgan
holda, to‘g‘ri REPO va teskari REPO operatsiyalarining hajmini oshirish kerak; to‘rtinchidan, milliy ssuda kapi-
tallari bozorini shakllantirish asnosida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlari bozor bahosining past
va barqaror darajasini ta’minlashga erishish.
X U L O S A VA N A T I J A
Mamlakatda tijorat banklarining faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish uchun quyidagi tadbirlarni oshi-
rish lozim:
Banklar faoliyatini tartibga solish tizimining tijorat banklarining kreditlash faoliyatini rag‘batlantirishdagi
rolini oshirish uchun, birinchidan, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati bilan majburiy zaxira siyosati
o‘rtasidagi monandlikni ta’minlash lozim; ikkinchidan, ekspansionistik mazmundagi pul-kredit siyosatini amalga
oshirish kerak.
Respublika Markaziy bankining diskont kreditlari berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish va ochiq bozor operatsi-
yalari hajmini oshirish lozim.Taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning diskont kreditlari, ya’ni tijorat
banklariga Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan berilgan
kreditlar banklar faoliyatida yuzaga kelgan balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda muhim rol
o‘ynaydi.
TA V S I YA L A R
Tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida xorijdan jalb qilingan kreditlarning salmog‘ini pasaytirish
maqsadida, birinchidan, ichki manbalar hisobidan shakllantiriladigan xorijiy valyutadagi depozitlarga to‘lanadi-
gan foizlarning stavkalarini barqarorligini ta’minlash lozim; ikkinchidan, aksiyalarning investitsion jozibador-
ligini ta’minlash hisobiga emission daromad hajmini oshirish va ikkinchi darajali kapital miqdorini ko‘paytirish
imkoniyatlarini kengaytirish (subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining emissiya hajmini oshirish, konsoli-
datsiyalashgan sho‘’ba kompaniyalarga qilinadigan investitsiyalar miqdorini ko‘paytirish) yo‘li bilan regulyativ
kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish kerak.
Dostları ilə paylaş: