T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
288
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
KREDIT MEXANIZMINI
METODOLOGIK
ASOSLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
Gadoyev So‘hrob Jumakulovich
Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Bank kreditlari bozor iqtisodiyotinng ajralmas qismi bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarishni rivojlantirishga, balki
mamlakat pul aylanmasini oshirish va tezlashtirishga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda iqtisodiyotning
real sektorlarini banklar tomonidan kredit resurlari bilan ta’minlash va ehtiyojlarini doimiy qondirishda ma’lum muammolar
mavjud.
Ushbu maqola kredit mexanizmini metodologik asoslarini takomillashtirish orqali yuqorida bayon etilgan muammolarni
bartaraf etish bo‘yicha mualliflik xulosa va takliflari berilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banki, kredit,
kreditlarning daromadliligi, kreditlardan foydalanish samaradorligi, kredit mexanizmi,
kredit resurslari, resurs bazasi, kredit ta’minoti, kredit riski, sanoat korxonalarini kreditlash.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОЛОГИЧЕСКИХ ОСНОВ КРЕДИТНОГО МЕХАНИЗМА
Аннотация:
Банковские кредиты являются составной частью рыночной экономики, служащей не только развитию
производства, но и увеличению и ускорению денежного обращения страны. Следует отметить, что на сегодняш-
ний день существуют определенные проблемы в обеспечении банками реальных секторов экономики кредитны-
ми ресурсами и постоянном удовлетворении их потребностей.
В данной статье представлены авторские выводы и предложения по устранению вышеперечисленных проблем
путем совершенствования методологических основ кредитного механизма.
Ключевые слова:
коммерческий банк, кредит, рентабельность кредитов, эффективность использования кредитов,
кредитный механизм, кредитные ресурсы, ресурсная база, кредитное предложение, кредитный риск, кредитова-
ние промышленных предприятий.
IMPROVING THE METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE CREDIT MECHANISM
Abstract:
Bank loans are an integral
part of the market economy, serving not only the development of production, but also
to increase and accelerate the monetary circulation of the country. It should be noted that today there are certain problems
in providing banks with real sectors of the economy with credit resources and constant satisfaction of their needs.
This article presens the author’s conclusions and suggestions for eliminating the above problems by improving the meth-
odological foundations of the credit mechanism.
Key words:
commercial bank, credit, profitability of loans, efficiency of use of loans, credit mechanism, credit resources,
resource base,
credit supply, credit risk, lending to industrial enterprises.
K I R I S H
Tijorat banklarining iqtisodiyotni real sektorini rivojlantirishdagi rolini oshirish, kredit riskini baholash, kredit-
lardan foydalanish samaradorligini oshirish, tijorat banklari kreditlarining resurs ta’minotini yaxshilash, bankla-
rning kreditlash faoliyatini innovatsiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizmini isloh qilishning 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida
“kreditlashni faqat bozor shartlari
asosida amalga oshirish, kredit portfelini va bank risklarini boshqarish sifatini
yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘’tadil o‘sishiga amal qilish, moliyaviy risklarni baholash uchun texnologik
yechimlarni tatbiq etish” bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan
[1]
. Bu esa, o‘z
navbatida, kredit mexanizmining metodologik asoslarini takomillashtirishni taqozo etadi.
289
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
S. Vayn o‘z tadqiqotlari natijalariga asoslangan holda, kreditlarning samaradorligini ta’minlashda kreditlar
bo‘yicha tashqil etiladigan zaxiralarning darajasini muhim o‘rin tutishini e’tirof etgan
[2]
.
V. M. Usoskinning fikriga ko‘ra, talab qilib olinadigan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanish tijorat
banklarining likvidliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
[3]
.
J. Sinkining xulosasiga ko‘ra, banklar mijozning pul oqimini tahlil qilish quyidagi dolzarb savollarga javob
topish imkonini berishi kerak:
●
mijozning sof foydasi uning uzoq muddatli qarzlarining joriy qismini to‘lash uchun yetarlimi?
●
kompaniya aynan qancha miqdorda pul mablag‘lari oladi?
●
kompaniya o‘z operatsiyalarini qanday moliyalashtiradi?
●
kompaniyaning joriy holatini rahbariyatning qaysi hatti-harakatlari yoki qaysi tashqi ta’sirlar
belgilaydi
[4]
.
A. Omonov tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan. Uning
xulosasiga ko‘ra, tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozit mablaglari salmogini oshirish va bankdan
tashkari aylanmalarni zarur darajada kamaytirish maksadida muddatli va jamg‘arma depozitlarga nisbatan Marka-
ziy bankning majburiy zaxira talabini 0 foiz mikdorida joriy etish lozim
[5]
.
Sh. Abdullayevaning xulosasiga ko‘ra, kredit portfelini resurslarning manbalari bo‘yicha deversifikatsi-
yalash natijalariga ko‘ra, ba’zi tijorat banklarining kredit portfelida markazlashgan kreditlar salmog‘ining yuqo-
riligini hisobga olish lozim va shu kreditlar bo‘yicha banklarga
yengilliklar berish, ba’zi hollarda ulardan olingan
daromadni soliqdan ozod qilish kabi choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘lar edi
[5]
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot ishini amalga oshirishda kredit mexanizmini metodologik asoslarini takomillashtirishda iqtisod-
chi-olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish, statistik tahlil usullaridan hamda muallif tajribalari bilan qiyosiy
tahlil o‘tkazish orqali tegishli yo‘nalishlarda xulosa qilindi va takliflar berildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Amalga oshirilgan tahlillar ko‘rsatdiki, respublikamizda kredit mexanizmining metodologik va
amaliy asos-
larini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ulardan asosiy-
lari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: