2. Tijorat banklarida berilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan kreditlar miqdorining katta ekan- ligi. 2-rasm:
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarining umumiy hajmida muammoli kreditlarning
salmog‘i, foizda (har bir moliyaviy yilning 31-dekabr sanasiga)
2
2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, muammoli kreditlarning respublikamiz tijorat banklari tomonidan beril-
gan kreditlarning umumiy hajmidagi salmog‘i 2019–2021-yillarda oshish tendensiyasiga ega bo‘lgan, ammo,
2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,6 foizli punktga pasaygan.
Banklar tomonidan muddati uzaytirilgan kreditlar qoldig‘i 2022-yil 1-yanvar sanasiga 88,4 trln. so‘mni tash-
kil etib, shundan 73,9 trln. so‘mi (84 foiz) yuridik shaxslar va 14,5 trln. so‘mi (16 foiz) jismoniy shaxslar hissasiga
to‘g‘ri keladi. Ushbu kreditlar qoldig‘ining 12,8 foizi yoki 11 trln. so‘mi muammoli kreditlarga aylangan bo‘lsa,
13,1 foizi yoki 12 trln. so‘mi 30 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan potensial muammoli (substandart) kredit-
larga aylangan. 2021-yil yakunlari bo‘yicha jami to‘lov muddati uzaytirilgan kreditlar qoldig‘i bank tizimi kredit
portfelining 27 foizini (88 trln. so‘mni) tashkil etib, ayrim banklarda bu ko‘rsatkich o‘rtachadan sezilarli yuqori
shakllandi. Xususan, Xalq bankida 42 foiz, Turonbank va O‘zsanoatqurilishbankda 41 foiz, Qishloq qurilish
bankda va Asakabankda 38 foizni tashkil etmoqda
3
.
2
Rasm muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy statistik ma’lumotlari (www.cbu.uz) asosida tuzilgan.
3
Rasm muallif tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy statistik ma’lumotlari (www.cbu.uz) asosida tuzilgan.
291
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№ 7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS