Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning daromadlilik darajasini barqaror emasligi



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

5. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning daromadlilik darajasini barqaror emasligi.
Dissertatsion tadqiqotning ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillar ko‘rsatdiki, TIF Milliy banki va Asak-
abank tomonidan sanoat korxonalariga berilgan kreditlarning darajasi 2017–2021-yillarda baqaror bo‘lmagan. 
Bu esa, fikrimizcha, quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

tijorat banklarining sanoat korxonalariga berilgan kreditlarining o‘sish sur’ati bilan ushbu kreditlardan 
olingan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikning ta’minlanmaganligi;

kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalari darajasining nisbatan 
yuqori ekanligi;

davlat dasturlari doirasida berilgan imtiyozli kreditlar miqdorining katta ekanligi.
Kredit mexanizmining zamonaviy holatini tavsiflovchi muhim jihatlardan biri bo‘lib, kreditlardan olingan 
foizli daromadlarning tijorat banki foizli daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘i bilan kreditlarning tijorat 
banki brutto aktivlari hajmidagi salmog‘i o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich-
ning muhimligi shundaki, birinchidan, kreditlar tijorat banklarining asosiy aktivlaridan biri hisoblanadi va shuning 
uchun kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i yuqoridir. Ikkinchidan, kreditlash tijorat bankining asosiy 
faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi vp shu sababli, bank foizli daromadlarining umumiy hajmida kreditlar-
dan olingan foizli daromadlar sezilarli darajada yuqori salmoqni egallashi kerak.
E’tirof etish joizki, xalqaro bank amaliyotida kreditlardan oligan foizli daromadlarning bank foizli daromadla-
rining umumiy hajmidagi salmog‘i ko‘rsatkichi va kreditlarning tijorat banki brutto aktivlarining umumiy hajmidagi 
salmog‘i ko‘rsatkichlarining umume’tirof etilgan me’yoriy darajasi mavjud emas.
Iqtisodiy konyunkturaning yomonlashishini muammoli kreditlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ishlab 
chiqarilgan tovarlarni sotilmay qolishida namoyon bo‘ladi. Tovarlarni sotilmasligi natijasida tovarlarni ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalar banklardan olgan kreditlarini qayta olmaydi. Bundan tashqari, tovarlarni ommaviy 
sotilmasligi natijasida kompaniyalar o‘rtasida debitor qarzdorlik miqdori ko‘payadi. Buning natijasida kompani-
yalarda pul oqimi zaiflashib, pirovard natijada, bank tizimida muddati o‘tgan kreditlar hajmi oshadi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin