T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
76
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
2023-yil 11-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb
qilishni yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbari yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalaga oʻtar ekan, yer yuzining turli mintaqalarida davom
etayotgan nizo va toʻqnashuvlar, shafqatsiz raqobat davrida savdo va investitsiya oqimlari, Tovar va xizmatlar
aylanishida transport-logistika tizimi tobora murakkablashib borayotganini qayd etdi. Shunday ogʻir va tahlikali
vaziyatda, odamlarimizga munosib sharoit yaratishi uchun yuz minglab yuqori daromadli ish oʻrinlarini tashkil
etish, dunyo bozorida raqobat qila oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarur.
Buning uchun
esa yangi-yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, malakali mutaxassis-
lar kerak. “Bular nimaning hisobidan boʻladi? Albatta, faqat va faqat investitsiyalar hisobidan”, – deb ta’kidladi
Prezident.
“Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tash-
kil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–111-son, 21.07.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga
muvofiq yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladigan
vazirlik va idoralar roʻyxati shakllantirildi
[2]
.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
M. Xalmurzayev va M. Xomirzayeva maqolasida keltirilishicha qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb etish-
da eng avvalo yangi yerlarni oʻzlashtirish, hosildorlikni oshirish hisobiga oʻsimlikchilik tarmogʻini rivojlantirishga,
chorvachilikda esa chorva
mollarining zotini yaxshilash, chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuning-
dek, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilikni rivojlantirishga qaratilmoqda
[3]
.
O. Qahhorov, A. Naimov va O. Sayfulloyev ma’lumotlarida qayd etilishicha investitsiyalarni jalb
qilinishi
mamlakat uchun davlat miqyosida, hududlar miqyosida, korxona miqyosida qator afzalliklarga olib kelishi mum-
kin ularning asosiylari quyidagicha keltirilgan:
1. Import oʻrnini bosish va valyutani tejash
2. Mamlakat toʻlov balansining yaxshilanishi
3. Iqtisodiy oʻsish sur’atlarining oshishi
4. Ishlab chiqarish
quvvatlarining oshirilishi
5. Aholi turmush farovonligi oshishi
6. Ilgʻor xorij tajribasi va texnologiyasining kelishi
7. Soliq tushumlarning oshishi
8. Eksportni kengaytirish va valyuta tushumlarini oshirish
9. Mehnat bandligi, ish unumdorligi
va malakaning oshishi
[4]
R. Mustafayeva fikriga koʻra Davlat investitsiyalari fermerlarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar
va qulay muhit yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Davlat investitsiyalariga ehtiyoj borligining bir qancha sabablari
bor. Birinchidan, xususiy sarmoyadorlar erishib bo‘lmaydigan investitsiya ko‘lami, ikkinchidan, xususiy inves-
torlar uchun noqulay bo‘lgan davrda foydaning amalga oshishi ularni qo‘rqitayotgani, uchinchidan, xususiy
investorlarning davlat infratuzilmasiga (qishloq yo‘llari, irrigatsiya tizimlari va boshqalar) sarmoya kiritishdan
manfaatdor emasligi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, qambagʻallikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha o‘zining muhim vazifasini bajarish uchun xususiy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, xususiy investorlarni qishloq infratuzilmasi,
jumladan, irrigatsiya tizimi, transport va saqlash tizim-
lari, shuningdek, energetika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ishonchli foydalanish imkoniyatlari
ham jalb etayotganini alohida ta’kidlash lozim. Investitsiyalarni jalb qilish siyosati nafaqat xususiy sektorni ko‘pay-
tirishga qaratilgan bo‘lishi kerak balki barqarorlik va mas’uliyat. Fermerlar, ayniqsa
rivojlanayotgan mamlakat-
lardagi kichik fermerlar ko‘pincha qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi
[5]
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot metodologiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarni, mahalliy va xorijiy mualliflarning ushbu sohada olib borgan tadqiqotlari, shuningdek ushbu masalalar
boʻyicha ilmiy-amaliy anjumanlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek maqolada ma’lumotlarni tahlil qilish va axborot
sintezi usullaridan foydalanilgan.