T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
82
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
2021-yilda sabzavot yetishtirish hajmi 10850,2 ming tonnani tashkil qildi (2020-yilga nisbatan o‘sish sur’ati
101,04 foizni tashkil yetdi). 2017–2021-yillarda moyli ekinlardan kunjut ishlab chiqarish hajmi 12,8 ming ton-
nadan 15,7 ming tonnagacha oshdi, masxar yetishtirish 8,9 tonnadan 5.6 ming tonnaga kamaydi.
Meva va sabzavotlarni yetishtirish 1991 yildan 1997 yilgacha kamayganligini, 1998-yildan keyin yetishtirish
hajmi ortganligini kuzatish mumkin. Meva-sabzavotchilikni tubdan takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha
2019-yil 14-martdagi qabul qilingan qaror natijasida meva va rezavorlar 2020-yilda 2018-yilga nisbatan 2753
ming tonnadan 2852,6 ming tonnaga oshdi (2-rasm).
2-rasm:
1991–2021-yillarda meva
va sabzavotlar hosildorligi
Pilla yetishtirish 1991 yildan 2002-yilgacha davrda kamaygan, 2003-yildan 2015-yilgacha yetishtirish haj-
mi ortganligini 2017-yil 2016-yilga nisbatan 13,87528 ming tonna kamayganligini kuzatishimiz mumkin. Shu-
ningdek, 2017-yildan boshlab yana pilla yetishtirish ortib borgan, jumladan, 2021-yilda 2017-yilga nisbatan
11,74987 ming tonnaga oshgan.
Asalchilik sohasida ham hosildorlik ipakchilik bilan bir xil darajada o‘zgarganligini va bu sohalarga e’tibor
qaratilgan so‘ng oshganligini ko‘rish mumkin(3-rasm). 2017–2019-yillarda qishloq xo‘jaligi chorvachilik ulushi
43,8 foizdan 49,8 foizga oshdi. Chorvachilik tarmog‘i salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlarining izchil
amalga oshirilayotgani ichki iste’mol bozorini go‘sht va sut mahsulotlari bilan to‘ldirishga xizmat qildi.
Qoramol-
lar soni 2017-yildagi 12414,7 ming boshdan 2019-yilda 12968,3 ming boshga, qo‘y va yechkilar 20680,5 ming
boshdan 21986,0 ming boshga, qushlar 71343,4 ming boshdan 93132.3.e. barobarga ko‘paydi. Shu munosa-
bat bilan shu davrda tirik vaznda go‘sht yetishtirish hajmi 2017-yildagi 2281,1 ming tonnadan 2019-yilda 2465,0
ming tonnaga, sut 10083,2 ming tonnadan 10710,8 ming tonnaga, tuxum 6605,5 mln. gacha 7757,4 mln.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida klaster ishlab chiqarish usuli keng joriy yetildi, bu qishloq xo‘jaligi xom ashyosini
qayta ishlash va bozorga tayyor mahsulotlar yetkazib berishni ta’minlaydi
1
.
3-rasm:
1991–2021-yillarda meva va sabzavotlar hosildorligi
1
O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
asosida
83
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Respublika hududlari sharoitlarini hisobga olgan holda ekinlarni yetishtirish nisbiy samaradorligi bo‘yicha
quyidagilarni ko‘rib o‘taylik. Nisbiy samaradorlik orqali barcha ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik yoki savdodan foy-
da olishlari mumkin. Rikardo nazariyasiga ko‘ra, mamlakatimiz hududlari o‘rtasida iqlim va yer zonalari bo‘yicha
tafovutlar
bor ekan, har bir hudud nisbiy samaradorlikka ega bo‘ladi. Ya’ni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishida
har bir hududda ishlab chiqarilishi boshqa mahsulot ishlab chiqarishdan ko‘ra kamroq xarajatlar bilan yetishtiri-
luvchi qishloq xo‘jalik mahsuloti mavjud bo‘ladi.
A va B hududlarda 1 tonna bug‘doy va paxta ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar sarfini ko‘raylik.
2-jadval:
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi qiyosiy ustunliklar(ishlab chiqarish xarajatlari so‘mda)
Dostları ilə paylaş: