Hududlar 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2017-yilga nisbatan 2021-yildagi oʻsish, foizda Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga
kiritilgan investitsiyalar, mlrd.soʻm
72155,2 124231,3 195927,3 210195,1 239552,6
332,0
Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligiga kiritilgan
investitsiyalar, mlrd.soʻm
5271,4
7991,9
12199,1
14776,8
17727,9
336,3
Respublika iqtisodiyoti asosiy kapitaliga jami
kiritilgan investitsiyalarda qishloq, oʻrmon
va baliqchilik tarmogʻiga kiritilgan investitsi-
yalarning ulushi, foizda
7,31
6,43
6,23
7,03
7,4
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika agentligi ma’lumotlari.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Qishloq xo‘jaligi uchun sifatli investitsiyalar” mavzusida
davra suhbati zarur ko‘rsatmalar, takliflar va fikr-mulohazalarga boy boʻlgan. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ish-
lab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishni taqozo etmoqda. Shu bois mamlakat-
lar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va kadrlar tayyorlashga
katta miqdorda investitsiya jalb etmoqda. Mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar qishloq aholisining
turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloqda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi yerlaridan imkon qadar samarali foydalanish uchun qanday choralar ko‘rishi ker-
ak? Mazkur davrada mana shu masalalar muhokama qilingan.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi, – deydi Aziz Voi-
tov. – Xususan, 2 yilda 4000 dan ortiq tadbirkorlarga 200 ming gektar yerlar bo‘lib berildi, kichik fermerlarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 turdan ortiq subsidiyalar ajratildi. Ilgari yerni taqsimlash jarayoni mahalliy
hokimiyatlar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda bu ish ochiq portal orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoq-
da. Mamlakatimiz iqlim sharoitini hisobga olsak, bizga bugun suv tejovchi texnologiyalar juda ham zarur. Aynan
mana shunday texnologiyalarni olib kelish uchun ham tadbirkorlarga subsidiya mablag‘lari ajratilmoqda. So‘ng-
gi yillarda paxta to‘qimachilik klassterlari borasida ham manfaatga erishdik, ilgari bu borada ham muammolar
ko‘p bo‘lgan. Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan ozod etilgani ham jahon hamjamiyatida imidjimizni yax-
shilashga hissa qo‘shdi. Fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klassterlari bilan dehqonchilikda xosildorlik
oshirilmoqda. Shu maqsadlarda 5 yilda 5 milliard dollar investitsiya kiritildi.
Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishda xalqaro ham-
korlarimiz va XMIlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz. Paxta va g‘allada to‘liq bozor mexanizmiga o‘tildi,
narxlar erkinlashib, jahon va mintaqaviy bozorlarga moslashdi. Fermer va dehqonlarga yer ajratishda mahalliy
hokimliklar ishtiroki bekor qilinib, shaffof onlayn tizimga o‘tildi. Tadbirkorlar loyihalari uchun XMIlardan 2,5 mlrd
dollar investitsiya jalb qilinib, jami 1,3 mlrd dollarli, shundan meva-sabzavotchilikda 1,1 mlrd dollar, chorvachilik-
da 270 mln dollar va boshqa yo‘nalishlarda 11,9 mln dollar qiymatidagi 4 mingta loyiha ishga tushdi.
2026-yilgacha Agrar va oziq-ovqat sohasiga har yili 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi deb ta’kidlab
oʻtgan Qishloq xoʻjaligi vaziri A. Voitov “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti”
xalqaro konferensiyasida
[6]
.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Xulosa oʻrnida ma’lumki qishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ekinlari suv bilan ta’minlash muhim vazi-
fa sanaladi. Davlatimiz tomonidan qarorlar qabul qilinib suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ishlari
amalga oshirilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida mua-
mmolarni oʻrganib chiqish hamda Investorlar markazida roʻyxatini tuzish yoki investitsiya menejerlari tomonidan
muammolarni tahlil qilgan holda roʻyxatni shakllantirish.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
78
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.