191
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Ayrim tarmoqlar juda xilma-xil ishlab chiqarish va iqtisodiy xususiyatlarga ega, shuning uchun faoliyat so-
hasi, monopollashtirish darajasi va ishlab chiqarishning kapital intensivligini hisobga olgan holda iqtisodiyotning
har qanday sektorini mustaqil tahlil qilishga imkon beradigan yanada universal metodologiyani ishlab chiqishni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Amaldagi usullarning xilma-xilligi bilan ularning aksariyati mukammal emasdir. Biz xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning soliq yuki ko‘rsatkichini aniqlashga o‘z yondashuvimizni taklif qilamiz. Zamonaviy adabiyotlarni tah-
lil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq yukini hisoblash uchun kiritilishi ker-
ak bo‘lgan soliq va yig‘imlar ro‘yxatini aniqlashda yagona yondashuv mavjud emas. Kompaniya faqat soliq
agenti hisoblanadigan (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i)
soliqlarni hisob-kitobga kiritish masalalari esa alohida muhokama qilinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (shaxsiy daromad solig‘i) xo‘jalik yurituvchi
subyektlar
tomonidan byudjetga o‘tkazib beriladi, ushbu soliq turi uchun soliq to‘lovchilar korxona ishchilari hisoblanadi.
Shuni hisobga olgan holda, ko‘plab iqtisodchilar soliq yukini hisoblashda shaxsiy daromad solig‘ini hisobga
olmaydilar. Boshqa olimlar esa shaxsiy daromad solig‘ini soliq yuki koeffitsiyentlarining hisoblagichlariga kirita-
dilar, chunki mazkur soliq qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘xshash tarzda aylanmadan pul mablag‘larini tortib oladi.
Boshqacha qilib aytganda, agar soliq yukini hisoblash korxonaning pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosi-
da amalga oshirilsa, u holda shaxsiy daromad solig‘ini hisob-kitobga kiritish to‘gri bo‘ladi.
Soliq yukini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqishda eng munozarali masalalardan biri bu bilvosita
soliqqa tortishni hisob-kitobga kiritish masalasidir. Bilvosita soliqlar mahsulot narxiga kiritilib,
ushbu soliqlar
mahsulotning oxirgi iste’molchisi tomonidan to‘lanadi va uni ishlab chiqaruvchilar soliqlarni byudjetga o‘tkazish-
da soliq agentlari sifatida ishtirok etishadi. Bizningcha, bilvosita soliqlar iste’molchilarga to‘liq o‘tkaziladi, deyish
noto‘g‘ri. Shu munosabat bilan bilvosita soliqlar hisoblash jarayonida qisman hisobga olinishi va mahsulotga
talab va taklif egiluvchanligiga asoslangan maxsus koeffitsiyent yordamida tuzatilishi kerak. Sxematik ravishda
mahsulot narxining o‘zgarishi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm:
Mahsulot narxi o‘zgarishining grafik tasviri.
Aytaylik, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot bozorda C nuqta muvozanat
holatida (rasmga qarang). Keyinchalik, BS miqdorda bilvosita soliq joriy etiladi,
shuning uchun ishlab chiqa-
ruvchilar yangi paydo bo‘lgan soliq xarajatlarini qoplash uchun mahsulot narxini oshirishlari kerak bo‘ladi. Bu
ta’minot egri chizig‘ining siljishiga olib keladi. Bunday holda, bozor muvozanati A nuqtaga o‘zgaradi. Teskari
ta’sir amaliyotda qo‘llanilmaydi, ya’ni bilvosita soliqning tushirilishi (bekor qilinishi) bilan mahsulot narxi ham
pasaymaydi yoki narx sezilmas darajada pasayadi.
Bu holatda, P
1
P
2
to‘rtburchakning-maydoni davlat byudjetiga tushadigan soliq miqdorini ko‘rsatadi. P
1
P
0
DB
to‘rtburchakning-maydoni sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)lar soliq yukining bir qismini, P
0
P
2
AD to‘rtburchakning
maydoni esa xaridorlar soliq yukining bir qismini ifodalaydi. Yangi joriy qilingan qoida bozor ishtirokchilarining
joriy faoliyatiga ta’sir o‘tkazib, ularni moslashuv jarayonini amalga oshirishga undaydi.
Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar soliq yukining nisbati quyidagi shaklda taqdim etilishi mumkin:
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
192
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Shunday qilib, BS kichik qiymatlarda xaridor va sotuvchilar soliq yukining nisbati quyidagicha ifodalanishi
mumkin:
Bu yerda,
SS
sot
– sotuvchi tomonidan haqiqatda to‘lanadigan soliq summasi
SS
xar
– xaridor tomonidan haqiqatda to‘lanadigan soliq summasi
E
tal
– A nuqtada mahsulot
narxiga talab egiluvchanligi
E
tak
– A nuqtada mahsulot narxiga taklif egiluvchanligi
Elastiklik – bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta′siri ostida o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov.
Aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining bir foizga o‘zgarishi natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma′lum
foiz miqdoriga o‘zgarishini ko‘rsatadigan ko‘rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog‘liq talab
elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga talabni necha foizga o‘zgar-
tirishini ko‘rsatadi.
Bilvosita soliqlar miqdori mahsulotga narx bo‘yicha talab egiluvchanligiga to‘g‘ri proporsional, taklif egi-
luvchanligiga teskari proporsional ekanligini baholash mumkin. Shunday qilib, agar L
1
– sotuvchi tomonidan
to‘langan soliq ulushi bo‘lsa, u holda (1 – L
1
) – xaridorto‘laydigan soliqning ulushi hisoblanadi. Xaridor va sotuv-
chining soliq yuki quyidagi nisbatga ega:
Shunday qilib,
Shuning uchun, soliq yukini hisoblashda mahsulotga narx bo‘yicha talabning xususiy egiluvchanligi talab
va taklifning egiluvchanligi miqdori sifatida belgilanadigan koeffitsiyentga moslashtirilgan
bilvosita soliqlarni
hisobga olishni nazardatutadi. Bu holda soliq yukini hisoblashda hisobga olingan bilvosita soliq miqdori
teng bo‘ladi. Bu yerda BS – bilvosita soliqlar miqdori.
Bilvosita soliqlarni kiritish koeffitsiyenti mahsulotga narx bo‘yicha taklif egiluvchanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Elastiklik ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, koeffitsiyent shunchalik past bo‘ladi va yoki aksincha.
Talab egiluvchanligi yuqori bo‘lgan bozorlarda bilvosita soliqlar koeffitsiyenti bir birlikka intiladi, ya’ni ushbu
soliqlar soliq yukini hisoblashda deyarli to‘liq hisobga olinadi.
Soliq yukini hisoblash texnikasidagi yana bir farq – bu soliq summalari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich
bazasidir. Ko‘rib chiqilgan usullarda hisob-kitob bazasi sifatida qo‘shilgan qiymat, sotishdan tushgan tushum,
korxona foydasi, shuningdek foyda va soliq to‘lovlari summasidan foydalaniladi.
Soliq yuki ko‘rsatkichini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini chegirgan holda to‘lanadigan
(byudjetga o‘tkaziladigan, hisoblangan) barcha soliqlarning yangi yaratilgan qiymatga nisbati sifatida aniqlash
maqsadga muvofiq. Shu nuqtayi nazardan, soliq yuki ko‘rsatkichi sifatida quyidagi koeffitsiyent taklif etiladi:
Bu yerda:
HS – hisoblangan soliq to‘lovlari summasi (to‘langan to‘lovlar bo‘yicha soliq yukini hisoblash uning haqiqat-
dagi o‘lchovini, miqdorini pasaytiradi);
SS
jshds
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi;
SS
bs
– bilvosita soliqlar summasi;
T – mahsulot realizatsiyasidan
tushgan tushum;
MX – moddiy xarajatlar;
A – amortizatsiya.
Iqtisodiy subyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotga talab va taklif egiluvchanligi 4-jadvalda keltiril-
gan.
193
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
4-Jadval:
Mahsulotga talab va taklif egiluvchanligi
Dostları ilə paylaş: