Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Katta iqtisodiy lug‘at”. A. N. Azriliyana tahriri ostida. M. : Yangi iqtisodiyot instituti, 2007-yil;
2. “Katta iqtisodiy lug‘at”. A. B. Borisov. M. : Kitob dunyosi, 2007-yil. 418-sahifa;
3. “Xo‘jalik yurituvchi subyektning soliq yukini hisoblash metodologiyasini amaliy amalga oshirish”. A. I. Drojina.: Boshqa-
ruv hisobi. 2009-yil. 11-son. 69–75-b;
4. “Soliqlar va soliqqa tortish”. I. A. Mayburov.: O‘quv qo‘llanma. M. : Unity-Dana, 2011 Yil. 558-b;
5. “Korxonaga soliq yuki: tizimning umumlashtiruvchi va xususiy ko‘rsatkichlari”. T. K. Ostrovenko.: Auditorlik nazorati. 
2001-yil, 9 son;
6. “Rossiya Federatsiyasining soliqlari va soliq tizimi”. V. G. Panskov. M. : MSFER, 2006-yil. 92-b;
7. “Rossiya iqtisodiyotining soliq salohiyati”. A. B. Paskachev. M. : MELAP, 2001-yil. 400-b;
8. “Soliq yukini normallashtirish”. A. N. Sigichko. M. : ITRK, 2002-yil. 108 sahifa.
9. “Mikroiqtisodiyot”. B. T. Salimov, M. S. Yusupov, B. B. Salimov.Darslik. Toshkent–2019. 77-b;
10. S. K. Xudoyqulov, A. A. Abdurasulov, B. A. Xonbo‘tayev. Soliq nazariyasi: Darslik./ T. :2020; 40-b;
11. S. S. Jo‘rayev, G‘. A. Safarov, O. R. Meyliyev. Soliqlar va Soliqqa tortish: Darslik.: Toshkent 2019, 16-b.


195
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
MUAMMOLI KREDITLAR VA 
ULARNI BARTARAF ETISH 
YO‘LLARI
Tojiyev Sardor Dilmurod o‘g‘li
AT Xalq banki Kredit administratsiyasi markazi bosh mutaxassisi 
Annotatsiya:
Maqolada muammoli kreditlarni bartaraf etish masalasi qarz oluvchilarning oylik kredit to‘lovlarini to‘lamagan 
holati sifatida tadqiq etilib, banklar bunday muammoli kreditlarni ishlamaydigan aktivlar (IA) sifatida belgilaydi. Mazkur 
maqolada muammoli holatlarni tijorat krediti yoki iste’mol kreditini puxta rejalashtirmay, kredit oluvchining ijtimoiy tarixini 
o‘rganmay turib kredit ajratish holatida sodir bo‘lishi mumkinligi ilmiy isbotlangan. Tadqiqotda muammoli kreditlarning 
shunday sodir bo‘lish holatlari tahlil qilinib, uning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
muammoli kreditlar, ishlamaydigan aktivlar, risklar, kreditlash, ichki nazorat, qarz oluvchi.
Аннотация:
В статье рассматривается устранение проблемных кредитов, которые определяются как ситуации, 
когда заемщики не выполняют свои ежемесячные платежи по кредиту. Банк определяет такие проблемные креди-
ты как проблемные активы (НД). Эти проблемные ситуации могут возникнуть в случае выдачи кредита без тща-
тельного планирования коммерческого кредита или потребительского кредита, без изучения социальной истории 
заемщика. В нашем исследовании анализируется возникновение проблемных кредитов и вносятся инновацион-
ные предложения и рекомендации по их предотвращению.
Ключевые слова:
проблемные кредиты, проблемные активы, риски, кредитование, внутренний контроль, заем-
щик.
Abstract:
The article discusses the elimination of problem loans, which are defined as situations where borrowers have 
defaulted on their monthly loan paymens. The bank defines such problem loans as non-performing assets (IA). These 
problematic situations can occur in the case of granting a loan without carefully planning a commercial loan or a consumer 
loan, without studying the borrower’s social history. In our research, the cases of problem loans are analyzed and inno-
vative proposals and recommendations are made for their prevention.
Key words:
problem loans, non-performing assets, risks, lending, internal control, borrower.
K I R I S H
So‘nggi yilarda tijorat banklarida aktivlar hajmining o‘sish tendensiyasi hukm surayotgan bir vaqtda, ular-
ning sifati (shu jumladan kreditlar) hamda banklarning kredit risklarini boshqarish qobiliyatini doimiy takomil-
lashtirish taqoza etilmoqda va bu o‘z navbatida eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoni-
yatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, 
hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligi lozim”. 
Hozirgi davrda mamlakatimizda ilmiy-nazariy hamda amaliyotchi olimlar tomonidan “muammoli kredit” tus-
hunchasi avvalgiga nisbatan ancha ko‘proq bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu albatta, bejizga 
emas, chunki bugungi kunda respublikamiz tijorat banklarining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi, 
uni kamaytirish choralari ko‘rilishiga qaramasdan anchagina yuqori foizni tashkil etmoqda. Xozirda jahon iqti-
sodiyotining globallashuvi oqibatida ko‘pgina davlatlar bank tizimida umidsiz qarzlarning ko‘payishi muammosi-
ga duch kelayotganligi tufayli banklarning muammoli kreditlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari 
hozirgacha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun kreditorlar bilan bir qatorda mijozlar tomonidan 
kreditni qaytarish bo‘yicha o‘z yechimini topmagan muammolar mavjud.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
196
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Mazkur maqolada tijorat banklaridagi mavjud muammoli kreditlarni undirish amaliyotini amalga oshirish-
ning joriy holati tahlil qilinib, bank kredit portfelining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Tahlil ja-
rayonida ilmiy abstraksiyalash, ekspert baholash, induksiya va deduksiya, taqqoslash, tizimli tahlil usullaridan 
foydalanilgan.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R N I N G TA H L I L I
Ushbu masalada rus iqtisodchi-olimlari Zaichenko S. E., Platonova Y. Y. va Rubleva Y. N. larning fikrlariga 
ko‘ra qarz oluvchi tomonidan qarzni to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik ehtimolini keltirib chiqaradi. 
Bu borada muammolarini tadqiq qilishda xorijlik olimlar Gordon J. Alexander, Chzis J. Barltop, William 
F. Shorpe va rus olimlari O. I. Lavrushin, G. S. Panova, N. Y. Sokolinskaya, V. M. Usoskin, Z. G. Shirinska-
ya qator ilmiy ishlar olib borgan. Mazkur tadqiqotlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining o‘ziga 
xos xususiyatlari, ular faoliyatida mavjud muammolar, nazariy asoslari kiritilgan.
Yevropalik olimlar rus olimlari tomonidan ilgari surilgan kredit to‘lovlaridagi muammolai holatlarni tadqiq 
qilishda mahalliy iqtisodining xususiyatlarini inobatga olgan holda, rus olimlarining fikrini inkor etmagan. 
Mahalliy iqtisodchilardan Sh. Z. Abdullayeva, T. S. Malikov, S. X. Norqobilov, T. M. Qoraliyev, Z. A. Xolmax-
madov, M. B. Nurmurodov, A. K. Qodirov, N. F. Karimov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida kreditlash riski, 
uning oldini olish va muammoli vaziyatlarni samarali boshqarish tadqiq qilingan.
Mahalliy olimlarning tadqiqotlari ko‘proq bank faoliyatining u yoki bu turi risk bilan bog‘liq ekanligiga, unga 
ta’sir qiluvchi omillarga bag‘ishlangan xolos. Ularda bank risklarining makro darajadagi umumiy risklardan farqli 
xususiyatlari, ularni o‘z vaqtida anglamaslik tufayli muammoli kreditlarning yuzaga kelishi, kredit risklari, umu-
man bank risklarini hisoblash uslublari, tijorat banklari kredit portfeli tahlili va uni diversifikatsiya qilish, risklarni 
kamaytirgan holda bank xavfsizligini ta’minlash masalalari to‘la kiritilmagan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Bizga ma’lumki, muammoli kreditlarning yuzaga kelishi kredit riskining ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, natijada 
bank qarz oluvchining kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq qaytara olmasligi va 
bank bunday qarz oluvchilarga kredit berish bilan bog‘liq zararlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda 
bo‘ladi. Shuning uchun bank amaliyotida muammoli kreditlar ko‘pincha past sifatli kreditlar deb yuritiladi. Mua-
mmoli kreditlarning bu talqini muammolarni yuzaga kelishi natijasidagi yo‘qotishlarga qaratiladi. Biroq, har bir 
muammoli kredit ham yo‘qotishlar bilan yakun topmaydi. Bankning vazifasi esa ehtimoliy yo‘qotishlarning oldini 
olish, yoki minimallashtirishdan iboratdir. Xususan, banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi, aholi 
va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga, birinchi navbatda, muddatli va jamg‘arib boriladi-
gan depozitlarga jalb qilish ishlari yetarli emasligi, tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga 
oshirilib, xususiy sektor mablag‘lari deyarli yo‘naltirilmagani asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, tashkil etilgan kuzatuv kengashlari banklarning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash 
va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha yetarli ish olib bormayapdi. Davlat tasarrufidagi banklarning kuzatuv ken-
gashlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish va moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori 
malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishilar olib borilmoqda.
Hukumat tomonidan pul-kredit siyosatining samarali qo‘llaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytir-
ish, tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirish, shu jumladan, kreditlar bo‘yicha bozor mexanizm-
larini keng joriy etishda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish zarur.
Natijada aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbir-
korlik subyektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni ta’minlash borasida mavjud to‘siqlarni 
bartaraf etishga qaratilgan huquqiy hujjatlarni ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari xulosalarini inobatga 
olgan holda qayta ishlab chiqish lozim.
Mamlakatimizda pul-kredit siyosatining samarali qo‘llaniladigan turlarini kengaytirish, banklar bilan aho-
li va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida samarali, o‘zaro manfaatli munosabatlarni ta’minlash borasida mavjud 
to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bankdan qarz oluvchilar kechiktirilgan muddatlardan tashqari ketma-ket to‘lovlarni o‘tkazib yuborsa, bu 
holat bank tilida “kredit defolti” deb hisoblanadi. Kechiktirilgan to‘lov yoki qarzni to‘lash qarz oluvchilarning kredit 
ballarini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu qarz oluvchining kredit tarixida doimiy ko‘rsatkichga aylanadi. Kredit 
tarixining yomonligi esa, qarz oluvchiga kelajakdagi ishlarini rivojlantirish uchun olmoqchi bo‘lgan kreditlarni 
kafolatlashni qiyinlashtiradi.
Agar qarz oluvchilar ketma-ket oylar davomida kredit to‘lovlarini to‘la olmasa, ularning kredit hisobi ishla-
maydigan aktiv (IA) deb nazoratga olinishi lozim bo‘ladi. Bunday holat sodir bo‘lganda, qarz oluvchining kredit 
ballari yomonlashadi.


197
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Odatda tijorat kreditlari 90 kunlik muddat bilan beriladi, iste’mol kreditlari qarz oluvchilarga to‘lovlarni to‘lash 
uchun 180 kun vaqt beradi. Belgilangan muddatdan tashqari, qarz muammoli kredit sifatida tasniflanadi.
Muammoli kreditlar hajmi qancha ko‘paysa, bank tizimi uchun jiddiy to‘siqlarni hosil qiladi. Bu muammoli 
kreditlar pul oqimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har bir bank o‘zining kreditlash tarixida muammoli kreditlar bilan 
shug‘ullanishga majburdir.
Bugungi kunda bank ko‘plab kredit turlarini mijozlarga taklif qiladi, xususan, tijorat kreditlari va iste’mol 
kreditlari eng keng tarqalgan. Tijorat kreditlari korxona va kompaniyalarga, iste’mol kreditlari esa jismoniy shax-
slarga maishiy texnika va xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan predmetlarni xarid qilish uchun beriladi.
Kredit olish oson, berish ham oson, lekin kreditlarni belgilangan tartibga qaytarish grafigi mavjud, o‘z 
vaq tida qaytarilmagan taqdirda ma’lum bir kechiktirish muddati mavjud. Bu muddatdan keyin qarz muammoli 
kreditga aylanadi. 
Har bir bankda muammoli kreditlar nisbati mavjud. Banklar bu nisbatni past darajada ushlab turishga 
harakat qilishadi. Shunga qaramay, doimiy muammo kreditlarning kichik bir qismi to‘lanmasligida bo‘lib turadi. 
Maslan, shartnomada ko‘rsatilgan kunda qarz oluvchi foizini to‘lay olmasa, bu har qanday qonuniy sabablarga 
ko‘ra o‘rganilishi mumkin – moliyaviy qiyinchiliklar, biznesdagi yo‘qotishlar, tabiiy ofatlar, pandemiyalar yoki 
to‘satdan shaxsiy xarajatlar kabi vajlar bo‘lishi mumkin. Biroq, muammoli to‘lov tarixi qarz oluvchining kredit 
qobiliyatiga – past kredit ballariga keskin ta’sir qiladi.
To‘lov muddatini o‘tkazib yuborgan qarz oluvchilar darhol defolt hisoblanadi, degan noto‘g‘ri tushuncha 
mavjud. Aslida, qarz oluvchi oylik to‘lovlarni ketma-ket o‘tkazib yuborsa, bank ular bilan bog‘lanib, bo‘lib-bo‘lib 
to‘lashni so‘raydi. Bank kreditni qayta tashkil qiladi – bu yordam qarz oluvchi moliyaviy barqaror bo‘lgunga qa-
dar ijobiy imkoniyat hisoblanishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qarz oluvchi yangi kredit olish uchun murojaat qilganda, oldingi to‘lovlarni ke-
chiktirish qiyinchiliklarga olib keladi – kreditorlar sanksiya berishdan oldin ikkilanishadi. Bundan tashqari, kredit 
ballarini muntazam ravishda to‘lash orqali yaxshilash uchun ko‘p vaqt talab etiladi.
Muammoli kredit hisobotlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, to‘liq kredit to‘lash kamdan-kam hollarda sodir bo‘la-
di. Bunday vaziyatlarda bank kredit turiga qarab katta zarar ko‘radi. Masalan, agar kredit garov ta’minotidan 
foydalangan holda ruxsat etilgan bo‘lsa, bank mulkni hibsga olishi yoki asosiy aktivni sotishi mumkin. Ammo 
garovsiz kreditlar (garovsiz) kreditor uchun katta xavf hisoblanadi. Natijada garovsiz kreditlar bo‘yicha foiz 
stavkalari nisbatan yuqori ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Olib borilgan tahlillarimizga ko‘ra, 2022-yil davomida O‘zbekiston tijorat banklaridagi muammoli kreditlar 
jami 2 trln. 353,8 mlrd. so‘mga kamaygan va yil yakunida 13 trln. 992,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bunda kredit 
portfeli yil avvaliga nisbatan qariyb 20 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, tizim bo‘yicha muammoli kreditlar ulushi yil 
boshidagi 5,02 foizdan yil yakuniga kelib 3,59
1
foizga tushgan.
Davlat banklaridan deyarli barchasida muammoli kreditlar ulushi kamaygan (jami davlat banklari bo‘yicha 
5,38 foizdan 3,89 foizgacha kamaygan). NPL ulushini yil avvaliga nisbatan sezilarli kamaytirgan Xalq banki 
(–7,75 foiz) va Aloqabankni (–2,03 foiz)ni alohida qayd etish mumkin. Shuningdek miqdor jihatdan O‘zmilliy-
bankda (–667,2 mlrd. so‘m) va O‘zsanoatqurilishbankda (–270,8 mlrd. so‘m) muammoli kreditlar sezilarli ka-
maygan.
O‘zagroeksportbankda muammoli kreditlar yil boshidagi 55,48 foizdan yil yakuniga kelib 96,29 foizga 
chiqqan (bank kredit portfeli 30,1 mlrd. so‘mdan 6,2 mlrd. so‘mga kamayib ketganini e’tiborga olish lozim).
Boshqa banklarda muammoli kreditlar ulushi 2,81 foizdan 2,06 foiz darajasigacha tushgan. Muammoli 
kreditlar Ravnaqbankda (+112,4 mlrd. so‘m, +48,41 foiz), Trastbankda (+81,3 mlrd. so‘m, +1,93 foiz), Tenge 
bank (+59,9 mlrd. so‘m, +0,30 foiz), Anorbank (+47 mlrd. so‘m, +1,55 foiz), Madad Invest bank (+14,5 mlrd. 
so‘m, +8,07 foiz) hamda Davr bank (+26,6 mlrd. so‘m, +0,56 foiz)larda muammoli kreditlar ulushi sezilarli 
ortgan.
Boshqa banklar orasida Aziya Alyans bank (–113,2 mlrd. so‘m), Invest Finans bank (–30,2 mlrd. so‘m), 
Ipak Yo‘li bank (–72,2 mlrd. so‘m), Hamkorbank (–37,7 mlrd. so‘m) hamda Kapital bank (–53,6 mlrd. so‘m) biroz 
faol bo‘lishgan.
Muammoli kreditlarning miqdoran kamayishi ularning to‘liq so‘ndirilganini anglatmasligi mumkin.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning-iyun oyi davomida O‘zbekistondagi tijorat banklarining 
muammoli kreditlari qoldig‘i qariyb 336 mlrd.so‘mga kamaygan va yarim yillik yakuni (1-iyul holatiga) NPL 
qoldig‘i 14 trln 303 mlrd so‘mni tashkil etgan. Muammoli kreditlar ulushi 3,38 foiz (iyud oyiga nisbatan 0,11 foiz-
ga kam) darajasida qayd etilgan.
Muammoli kreditlar qoldig‘ining miqdoriy kamayishi asosan davlat banklari, xususan O‘zmilliybank (–140,6 
mlrd so‘m), Agrobank (–52,6 mlrd so‘m), Turonbank (–53 mlrd so‘m), Asakabank (46,1 mlrd so‘m) va O‘zsa-
noatqurilishbank (–37 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Cbu.uz rasmiy sayti ma’lumotlari asosida hisoblandi


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
198
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Davlat ulushi sotilgan Ipoteka bankda muammoli kreditlar-iyun oyi davomida 64,5 mlrd so‘mga ortgan. 
Shuningdek, Ipak yo‘li bankda (+21,3 mlrd so‘m) va TBC bankda (+9,3 mlrd so‘m) muammoli kreditlar qoldig‘i 
nisbatan ko‘paygan.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni muammoli kreditlarga aylanmasligini samarali ta’minlash 
uchun quyidagi xulosa va takliflarni tavsiya etamiz: 

Kredit uchun kelib tushgan ariza bo‘yicha atroflicha yondashuv, ya’ni daslabki monitoringni to‘g‘ri va mu-
kammal amalga oshirish. Jumladan, mijozning dunyoqarashi, uning ijtimoiy sharoitiga, biznes hamkorlari 
o‘rtasidagi mavqeiga hamda ushbu sohadagi tajribasiga e’tiborni qaratish va bu davrda uning bankka 
takdim etayotgan hujjatlar to‘plamining to‘liqliligini ta’minlash, ularning to‘g‘riligini tekshirish talab etiladi.

Kredit bo‘limi hodimi tomonidan uning moliyaviy ahvoli chuqur tahlil etilishi va holisona baho berilishi 
kerak;

Kredit ajratilgan davrdan boshlab mijozning biznes-reja bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarini, hiso-
brakamidagi mablaglar aylanmasini doimiy ravishda nazorat qilib borish, mol yetkazib beruvchilar bilan 
hisoblashishlar o‘z muddatida amalga oshirilishi, muddati o‘tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo‘l 
qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

Kredit ta’minoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni saqlash va ekspluatatsiya sharoitini doimiy ravishda 
nazorat qilib borish;

Kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxsning kafillik shartnomasi taqdim etilgan bo‘lsa, kafilning moliyaviy 
hisobotlarini chorakda bir marotaba tahlil qilib, uning to‘lov qobiliyatini mijoz bilan birgalikda o‘rganib 
borish lozim. Bu jarayonda kredit bo‘limi ma’suliyati muhim ahamiyatga ega. 
Tadqiqotimizda ko‘rsatib o‘tilgan risklarga befarq bo‘lmaslik, kreditlarning “muammoli kreditlar”ga aylan-
ishining oldini oladi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin