321
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, 2022-yilda pensionerlarga tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya
miqdori Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 19,4
foizga
oshgan.
Undan keying o‘rinlarda Navoiy viloyatida mos ravishda 27,1 foizga, Toshkent viloyatida 19,4 foizga pensi-
ya miqdori oshganini guvohi bo‘lish mumkin.
Namangan va Andijon viloyatlarida esa nisbatan past darajada o‘sganini ko‘rish mukin.
Umuman olganda,
yillar kesimida pensiya miqdori o‘rtacha 848,4 ming so‘mga oshgan. Bu esa mamlakatimizda ijtimoiy sohaga
berilayotgan keng imkoniyatlarning samarasi sifatida e’tirof etish mumkin.
Respublika bo‘yicha jami pensiyalardan olingan daromadlarning uchdan bir qismi yoki (34,1 % i) Toshkent
shahri (12,7 %), Toshkent (10,8 %) va Farg‘ona (10,6 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Toshkent shahrida
ushbu daromad manbaining o‘sish sur’ati 111,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida 114,1 % va
Farg‘ona viloyatida esa 116,7 % ni tashkil etdi. Ijtimoiy transfertlarning tarkibida ijtimoiy nafaqalarning ulushi
20,4 % bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,9 % ga o‘sdi. Nafaqalarning eng yuqori o‘sish sur’ati
Toshkent (167,5 %), Surxondaryo (164,7 %), Xorazm (160,8 %) va Sirdaryo (157,0 %) viloyatlarida kuzatildi.
Shuningdek, Andijon (155,6 %), Farg‘ona (153,7 %) viloyatlarida va Toshkent shahri (153,0 %) respublika da-
rajasidan yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi.
Ijtimoiy transfertlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hududlar bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
2021- yilning-yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, barcha hududlarda ushbu daromad turi o‘sish tendensiyasiga ega
bo‘lgan, Surxondaryo (128,0 %), Jizzax (125,6 %), Andijon (124,5 %), Namangan (124,0 %), Sirdaryo (123,3
%), Xorazm (122,8 %), Farg‘ona (122,4 %) va Qashqadaryo (122,2 %) viloyatlarida respublika darajasidan
yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
X U L O S A VA TA V S I YA L A R
O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilishning bugungi holatini iqtisodiy
va statistik tahlil
qilish natijasida erishilgan yutuqlar ham, yanada e’tibor talab qiladigan sohalar ham ochib berilgan. O‘tgan
yillar davomida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini kengaytirish, ijtimoiy xarajatlarni
ko‘paytirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi muhim xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash borasi-
da sezilarli yutuqlarga erishildi. Bu sa’y-harakatlar kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga
xizmat qildi.
Asosiy ko‘rsatkichlar,
jumladan, ijtimoiy xarajatlar, qashshoqlik darajasi, ishsizlik darajasi, sog‘liqni saqlash
bilan ta’minlash va ta’lim olish imkoniyati tahlili O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza
qilish borasidagi ijobiy
tendensiyalarni ko‘rsatadi. Biroq, ijtimoiy himoya tarmoqlarini mustahkamlash, mintaqaviy nomutanosibliklar-
ni bartaraf etish va ijtimoiy himoya dasturlari samaradorligini oshirish zarurati kabi muammolar saqlanib qol-
moqda.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
322
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
TA V S I YA L A R
Aniq va tahlillar asosida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish holatini yanada yaxshilash bo‘yicha
quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Dostları ilə paylaş: