Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash metodikasi


Tajriba va natijalar tahlili



Yüklə 432 Kb.
səhifə14/16
tarix19.05.2023
ölçüsü432 Kb.
#117892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
BO\'SH O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI

2.3 Tajriba va natijalar tahlili

O’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillarni aniqlash bo’yicha o’tkazgan so’rovnomamizda respendentlarimizning 37% psixik jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligi o’zlashtirmaslikka sabab bo’ladi deb hisoblashgan . SHu sababli biz tajriba predmetimiz ob’ekti hisoblangan 13 – o’rta umum ta’lim maktabining 4 – sinflarida bilish jarayonlarining rivojlanishini o’rganmoqchi bo’ldik. Biz dastlab 4 – sinf o’qituvchilari bilan suhbatlashdik. O’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’qituvchilar yodamida aniqlab oldik. Barcha 4 – sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilardan bitta sinfga jamlab, ularning har birlarining o’zlashtirmaslik sabablari bilan qiziqib ko’rdik. SHuningdek tadqiqotlarimizga taqqoslash maqsadida 4 “a” sinf o’quvchilari ham jalb etdik. Dastlab o’zlashtiruvchi o’quvchilarda “ortiqchasini o’chirish” va “muhim belgini ajratish” metodikalaridan foydalanib tajribalar olib bordik. So’zlar qatori yozilgan blankalarni sinaluvchilarga tarqatdik. Ularga ko’rsatmalar berdik. “Har bir qatorga beshta so’z bor, to’rtta so’zni bir guruhga birlashtirib, bu guruhga nom bering, bir so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak. O’quvchilar topshiriqlarni qiziqib bajarishdilar. Natijalarni olayotganimizda har bir sinaluvchi bilan qo’llanmani qanday tushunganligini, qayd etdik. Sinaluvchilarimiz to’g’ri javoblarini aksariyati izohlab bera olishdi. Metodikadagi o’chirilmagan so’zlarni bir guruhga birlashtirib, ularni nomlay olishdi. Ushbu sinfdagi o’quvchilar tafakkur jarayonlari darajasini o’rganib chiqdik. Quyida natijalar tahlilini keltiramiz. O’zlashtiruvchi sinf o’quvchilari topshiriqlarni bajarishda qiynalishmadi. Lekin bu sinfda ham topshiriqlarni bajarishga qiynalgan o’quvchilar bo’ldi.


Ushbu metodikani 4 – sinf o’quvchilari orasida o’zlashtirmovchi o’quvchilardan tashkil etilgan 20 – nafarlik guruhda ham ushbu metodikani o’tkazdik.Olingan natijalarni baholashdan oldin har bir o’quvchi yo’l qo’ygan xato-kamchiliklarni o’rganib ko’rdik. Ular javoblarni qay tarzda nimaga asoslanib baholashganligiga qiziqib ko’rdik. Ushbu suhbat chog’ida ular tafakkur jarayonlaridagi kamchiliklar yuzaga chiqib qoldi. O’zlashtirmovchi o’quvchilarning aksariyati ortiqcha so’z nima sababdan bu guruhga kirmasligini izohlab berisha olmadi. Natijalar tahlili shuni ko’rsatdiki, o’zlashtirmovchi o’quvchilar tafakkur jarayonlari quyi rivojlangan, muloqotga kirishishda qiyinchilik sezadilar.
Sinaluvchilarnig ortiqchasini o’chirish metodikasi bo’yicha olgan natijalari.





O’zlashtirmovchi o’quvchilar.

O’zlashtiruvchi o’quvchilar




X= 28,2


X= 70,4


Jadvaldan ko’rinib turibdiki , o’zlashtiruvchi o’quvchilar natijalarning o’rtacha arifmetigi qiymati 70,2 , o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida o’rtacha arifmetik qiymat 28,4 ga teng.


Biz ushbu guruhlarda “Muhim belgini ajratish” metodikasidan ham taqqoslar olib bordik. Biz bunda o’zlashtirmovchi o’quvchilarnig tafakkur uslubi, ya’ni aniq va mavhum tafakkurning ustunligini aniqlamoqchi bo’ldik. Dastlab o’zlashtiruvchi o’quvchilar guruhida ushbu metodikani ham o’tkazdik.
Muhim belgini ajratish bo’yicha 51,9% sinaluvchilar yuqori ko’rsatgich, 40,7% sinaluvchilarimiz o’rta, 7,4% sinaluvchilarimiz past ko’rsatgichga ega bo’ldilar. Ushbu metodikani o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida ham o’tkazib ko’rdik. Sinaluvchilarga tayyor blankalarni tarqatib, ko’rsatmalar berildi. O’zlashtirmovchi o’quvchilar orasida berilgan topshiriqning mohiyatini tushunmaslik, topshiriqlarning bajarilish tartibini qayta - qayta so’rash hollari kuzatildi. Ayrim o’quvchilar esa topshiriq mohiyatini tushunmasalarda, hatto so’ramadilar ham.
Sinaluvchilarimizning natijalarini tahlil qilishda har birlarining xatolarini tahlil qildik va ulardagi munosabatni kuzatdik. Ba’zi o’quvchilar xatolarini anglab yetdilar, ba’zilarida bu holat kuzatilmadi.
Metodika 4 ta savoldan iborat bo’lganligi uchun sinaluvchilarimiz topshiriqlarni bajarish uchun kam vaqt sarflashdi. Ushbu metodikani bajarishda o’quvchilar ko’pi xatoliklarga yo’l qo’yishdi. Ulardan topshiriqlarni qay tarzda bajarishganligini, muhim belgini qanday ajratishganligini suhbat orqali aniqlab qoldik. Sinaluvchilarning aksariyati ushbu savollarimizga qiynalmasdan, fikrlarini izohlab berishdi. Ulardan olingan natijalarni quyidagi diagramma shaklida tasvirladik.
Tajribalarimiz natijalarida shu xulosaga keldiki, o’zlashtirmovchi o’quvchilarning aksariyatida muhim belgini ajratish qobiliyati sust rivojlangan. Lekin sinaluvchilarning bir qismi topshiriqlar mohiyatini to’g’ri anglab, muhim belgini ajrata olyaptilar. Bunday o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga tafakkur jarayonidagi kamchiliklar sabab bo’lmay, balki bola bilan ota – onaning shug’ullanmasligi yoki e’tiborning yo’qligi, shuningdek individual shug’ullanmaslik oqibatida o’zlashtirmovchiga aylangan.
Muhim belgini ajratish metodikasi bo’yicha o’zlashtiruvchi va o’zlashtirmovchi o’quvchilardan olingan natijalarning qiyosiy tavsifi quyidagicha.





O’zlashtiruvchi o’quvchilar

O’zlashtirmovchi o’quvchilar.




X. 85

X.30





Yüklə 432 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin