Pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida yozgan



Yüklə 320,5 Kb.
səhifə1/16
tarix03.12.2022
ölçüsü320,5 Kb.
#72094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Zarifboyeva Maftuna 2-G fizika


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI
ZARIFBOYEVA MAFTUNANING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
MEXANIKA” BO’LIMIGA OID MAVZULARNI O’QITISHDA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI


ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N

BAJARDI: ZARIFBOYEVA M

NUKUS_2022


MUNDARIJA


I. KIRISH 3
II. ASOSIY QISM
2.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mexanika bo‘limini o‘qitishning
nazariy asoslari hamda o‘ziga xos xususiyatlari 6
2.2. Mexanika bo‘limini o‘qitishda Pedagogik texnologoyalardan
foydalanish 20
2.3. Mexanika bo’limiga oid mavzularni Pedagogok texnologiyalar asosida
o’qitishning metodikasi 22
III. XULOSA 29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 32

I. KIRISH
Har bir pedagog shuni doimo esda tutishi kerakki, dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Tarbiyaning barcha jarayonlari har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash, birinchi navbatda dars jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda darsning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va o’qituvchilar oldiga birinchi darajali
vazifa qilib qo’yilmoqda.
Hozirgi zamon dars uchta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko’zda tutadi. Ammo, o’quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda o’zaro faollik, texnikani o’rganish va mehnatning roli tobora oshib bormoqda.
Bugungi kunda O’zbekistonda «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi» e’tirof etilgan bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish shakl va usullari, mazmun va prinsiplarini o’rgatadi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchilarning g’oyaviy e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va innovatsion texnologiyalarni qo’llash, o’quvchilarni o’zaro faollikka olib kelishiga bog’liqdir.
Zamonaviy darsga qo’yiladigan eng muhim talab innovatsion texnologiyalarni dars jarayoniga olib kirib, har bir darsdagi mavzuni ilmiy asoslash, o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda material hajmini belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar bilan bog’lash; o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil ishlari tizimini aniqlash; darsning moddiy-texnik jihozini belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish; qo’shimcha axborot vositalaridan (komp’yuter) foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir [2].
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji darslariga qo’yiladigan eng muhim talablardan yana biri ta’lim usullari va innovatsion texnologiyalar bir-biri bilan mustahkam bog’lab olib borishning samaradorligini oshirishdir. Barcha didaktik vazifalar (xarita, jadvallar, rasm, ranglar, matnlar, ko’rg’azmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak.
O’tilgan har bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi. Bunda darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchilar qanchalik bilim oldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam beradi.
Ma’lumki, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini asosiy bo’g’inini uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etadi. Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda avvalo ularning jahon talablari darajasiga javob berishi yuksak ma’naviyat zamirida qurilganiga asosiy e’tibor berish kerak. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, ma’naviyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari, eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblangan.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, fizika va informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda, yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma’lum sohani tubdan isloh qilish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimni yaratish maqsad qilib qo’yilgan [1].

Yüklə 320,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin