Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Hikoyaning dastlabki jumlalarini qayta o‘qing. Kuzak  shamolining vahimasi aks ettirilgan o‘rinlarga alohida  e’tibor qiling.  2



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

1. Hikoyaning dastlabki jumlalarini qayta o‘qing. Kuzak 
shamolining vahimasi aks ettirilgan o‘rinlarga alohida 
e’tibor qiling. 
2. Tabiatdagi qudratli notinchlik bilan odam tabiatidagi «jim-
gina o‘tirish»ga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
3. Nima sababdan dodxoning xayoliga go‘riston haqidagi 
fi kr kelib qoldi deb o‘ylaysiz? 
4. Asardan dodxo ruhiyati aks ettirilgan o‘rinlarni topib, qayta 
o‘qing, munosabat bildiring.
5. Qisman xotinlarini, asosan, o‘zini ovutish uchun go‘ris-
tondan gap ochgan dodxoning gaplarini xotinlari davom et-
tirmaganliklari sababini izohlang.
6. Hikoyadagi: «Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich 
cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi», degan 
tasvirni qanday izohlaysiz? 
7. Darchaga kelib urilgan narsaning bo‘yra ekanini bilgan 
dodxoning suyunishiga sabab nima deb o‘ylaysiz?
8. Bir qo‘y uchun qabrga tunda pichoq sanchgan kishiga 
Unsinning salbiy munosabati dodxoga nima uchun yoq-
maganligini tushuntirishga urinib ko‘ring.
9. Unsinni ko‘pchilik erkaklarning ham qo‘lidan kelmaydi-
gan jasoratga undagan kuch nima edi deb o‘ylaysiz?
10. Asardagi: «Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib 
turgan dodxoga bir ko‘z tashladi-yu, yana boshini egib, 
lekin dadil javob berdi» tasvirini qayta o‘qing. Unsinning 
harakatlarini izohlang. Boshni egish va dadil javob haqida 
o‘ylab ko‘ring.
Savol va topshiriqlar:


325
11. Hikoyada: «Unsin dodxodan darrov yuzini berkitgancha 
chiqib ketdi» degan jumla bor. Kelinchakning shu hara-
kati ma’nosini chaqib, sababini tushuntiring. 
12. Unsin go‘ristonga choy qaynatish uchun ketayotgan payt-
dagi tabiatning avzoyi tasviriga e’tibor bering. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin