Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Bir gapda «dahshat» so‘zi besh marta takrorlangan tasvir  bor. O‘shani topib o‘qing va izohlang. 14



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

13. Bir gapda «dahshat» so‘zi besh marta takrorlangan tasvir 
bor. O‘shani topib o‘qing va izohlang.
14. Muallif dodxoning uyini ne bois «...tiriklar go‘ristoni» 
deb ta’rifl aganini tushuntirib bera olasizmi?
15. Unsinning go‘ristonga borib choy qaynatib kelishga 
ko‘nishi Sizni ishontira oladimi? Fikringizni asoslang.
16. Unsin qo‘rqmaydigan ayolmi? U holda hikoyadagi: 
«Unin 
g eti jivirlashib, sochi boshidagi ro‘molini bir 
qarich ko‘targanday bo‘ldi» tasvirini qanday izohlash 
mumkin?
17. O‘zi yashayotgan nobop sharoitga ko‘nikmaslik Unsin-
ning qanday fazilatini namoyon qiladi deb o‘ylaysiz? 
18. Hikoya qahramoni qo‘rquvdan hushini yo‘qotib qo‘y-
mas lik uchun qanday yo‘l tutganligini aniqlang. Bunday 
holatda Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
19. Yelkasiga kutilmaganda maymun minib olganda Unsin 
tushgan ruhiy holat tasvirini izohlang. Shuncha sinovlar 
ustiga maymunni ham qo‘yib yuborish qanday odamga 
xos xususiyat deb o‘ylaysiz?
20. Go‘ristondan chiqishda Unsin «...chap qo‘liga qat-
tiq og‘riq kirganini» sezadi. Og‘riq nega, aynan chap 
qo‘liga kirdi deb o‘ylaysiz?
21. Hikoyadagi: «...ikki oyog‘i gavdasidan keyinda qolar, 
qo‘lidagi choynak tobora og‘irlashib borar edi» tasvirini 
talqin qiling. Unsinning holatini sharhlang.
22. Dodxoning go‘ristondan qaytgan Unsinni ko‘rgandagi 
holatini matnga tayanib izohlab bering.
23. Zo‘rg‘a hushiga kelgan Unsinning Nodirmohbegimdan 
hol so‘rashi sababini tushuntiring.
24. Nodirmohbegimga xos xususiyatlarni tavsifl ang. 
25. Unsin yengildimi? Irodali insonni, erksevar odamni 
yengish mumkinmi? Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘lmoq 
yengilmoqmi? 


326
erqirra iste’dod egasi Mirtemir faqat lirik 
she’rlar bitish bilan cheklanmagan. Uning 
jaran gdor sochmalari XX asr yigirmanchi yil-
larida juda mashhur bo‘lgan edi. Mirtemir 
go‘zal dostonlar ham yaratgan, dramatik va 
nasriy asarlar ham yozgan. U qilgan tarjimalar 
o‘zbek o‘girma adabiyotida alohida bos qich bo‘lishga ar-
ziydi. Unin g adabiy jarayonni tahlil qi lishga bag‘ishlangan, 
salmoqli ilmiy xulosalarga ega tanqidiy asarlari ham bor.
ХХ asr o‘zbek she’riyatining ulkan vakili Mirtemir 
(Mirtemi r Tursunmat o‘g‘li) ko‘hna Turkistonning Qora-
tog‘ etaklaridagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Huj-
jatlarda adib ning tug‘ilgan vaqti 1910-yilning 10-mayi deb 
ko‘rsatiladi. Shoir ning o‘zi bu to‘g‘rida: «Men tug‘ilgan 
qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida 
O‘tror, Boybalk хarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan 
qolgan kultepa lar, undan nari Sirdaryo.., – deb yozadi. – 
1910-yili bug‘doy o‘rog‘ida shu qishloqda tug‘ilibman. 
Otam – dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, 
maktabdor. Ota tomondan bobom – uzun bo‘ylik, polvon 
jussalik, qizil yuzli odam edi. Ona tomondan bobom – o‘rta 
bo‘yli, charaqlagan qora ko‘zli, qora va chechan odam edi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin