Abdulla
Qahhor
(1907–1968)
312
Yozuvchi «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani,
«Shohi so‘zana» (1951), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobut-
dan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari
bilan o‘zbek ada biyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Adibning «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O‘t-
mish dan ertaklar» (1965) qissalari o‘zbek nasri taraqqi-
yotida muhim o‘rin tutadi.
Qisqa so‘zda ko‘p ma’no ifodalash mahoratiga ega
mash hur hikoyanavis Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-ma-
yida vafot etdi.
O‘G‘RI
Otning o‘limi – itning bayrami.
Maqol
Kampir tong qorong‘isida хamir qilgani turib ho‘kizidan
xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshil-
gan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin.
Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish – uy,
ho‘kizni topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tash-
lab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Kampir dod soldi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qol-
gan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo
kampirning dodiga odam tez to‘plandi.
Qobil bobo yalangbosh, yalangoyoq, yaktakchan og‘il
eshi gi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-
bukilib ketadi, ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi,
ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi,
it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina
teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida
kishilarga gap ma’qullaydi.
Qobil boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kirdi. U
og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bi-
lan ko‘zdan kechirdi, negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi,
so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi:
– Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi.
313
Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir
umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyoda sevintirdi.
Chol yig‘lab yubordi.
– Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi...
Odamlar o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan
teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi
bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha-
bahslasha tarqaldi. G‘ovur bosildi. Qobil boboning kampiri
yig‘idan to‘xtab, ellikboshini duo qila ketdi.
Ellikboshi o‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil
bobo qo‘l qovushtirib, uning ketidan yurar va yig‘lar edi.
– Yig‘lama, yig‘lama, deyman! Ho‘kizing oq poshsho
qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi.
Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u
ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi. Bu «Xudo yallaqa-
gur» shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da.
Te kinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi
bo‘lish uchu n ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir
o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum. Poshsho-
likdan oylik yema sa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib,
borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi. Ellikboshi
beto‘xtov aminga xabar qilmoqchi bo‘lib chiqib ketdi.
Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan
bo‘ldi. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib
borsa bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham
oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu
chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan
chiqim, shu ning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas.
Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan
qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi.
– Ha, sigir yo‘qoldimi?
– Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi.
– Ho‘kizmi? Ho‘kiz ekan-da. Hmm... Ola ho‘kiz? Tavba...
– Bor-yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi...
Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga ti-
qib kuldi.
314
– Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi?
– Ola ho‘kiz...
– Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?
– Qo‘sh mahali...
– Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?
– Bisotimda hech narsa yo‘q...
– O‘zi qaytib kelmasmikin!.. Birov olib ketsa qaytib
kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A?
Yig‘ lanmasin!
Qobil bobo yerga qarab tek qoldi.
– Qidirtirsakmikin-a? – dedi amin chinchalog‘ini etigi-
ning ostiga artib. – Suyunchisi nima bo‘ladi? Suyunchidan
chashna olib kelinmadimi?
Aminning bu gapi Qobil boboga «Ma, ho‘kizing», – de-
ganday bo‘lib ketdi.
– Kam bo‘lmang, – dedi pulni uzatib, – yana xizma -
ti ngiz da man.
– Men beto‘xtov pristavga xabar beraman. O‘zi chaqirti-
radi.
Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir «duoning zo‘ri
bilan qulf ochadigan» azayimxonga obdastagardon qildirgani
qatnab, yarim qop jiyda, uch yelpishtovoq
1
jo‘xori, ikki ka-
lava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil
bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka
bo‘ldi:
– Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi? Axir, borilsin, arz
qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!
Qobil bobo yor-do‘stlar bilan kengashdi – pristavga puldan
boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim
deguncha kishining beli sinar ekan.
Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil bobo ning
o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-bi rodarlar
o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib
bo‘lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yax-
shilab tushuntirishni va’da qildi. Cholning butun bo‘g‘inlari
bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya
1
Yelpishtovoq – don yelpishga mo‘ljallangan katta yassi tovoq.
315
oladimi? «O‘ynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan».
«Yaxshilab tushuntirilgan» pristav bitta kulangir, bitta farangi
tovuq, uch so‘m pul olganidan keyin Qobil boboning baxtiga:
«Beto‘xtov hokimga xabar beraman», – demasdan: «Aminga
bor», – deb qo‘ya qoldi. Amin: «Ellikboshiga borilsin», – dedi.
– Gumoningizni ayting bo‘lmasa! – dedi ellikboshi tajang
bo‘lib. – Kim olganini men bilmasam, avliyo bo‘lmasam!
Olga n odam allaqachon so‘yib saranjomladi-da! Uzoq demasa-
ngiz, erin masangiz ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab chi-
qing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, allaqachon
charm bo‘ldi; Xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...
– Endi bizga juda qiyin bo‘ldi-da. Peshonam sho‘r bo‘l-
masa... – dedi chol yerga qarab.
– Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kap-katta odam...
Bitta ho‘kiz bo‘lsa bir gap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin!
Men qaynatamga aytayin, sizga bitta ho‘kiz bersin. Bitta ho‘kiz
odamning xunimi?
Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi –
Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush
cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta
emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin «kichkinagina» sharti bor.
Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi...
Dostları ilə paylaş: |