XAYR ENDI, RA’NO!
Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham
jasur roq shaxslarni ko‘p uchratamiz. Shuning bilan birga
ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo‘lmasinlar, yana
hissiyotlarga mag‘lub ko‘ramiz. Masalan: hikoyamiz
qah ramoni Ra’noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hat-
to ma’yus qolgan Anvarni yo‘lga solishi – o‘z zamonasi
uchungina emas, biz ning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi
tahsin va Ra’no yoshlik qizlarimizga ibratdir. Lekin irodasi
kuchli shu Ra’no hozir yana hissiyoti qo‘lida mag‘lub edi.
Bu kecha Anvar og‘asi bilan kengashib, shu kunlar mi-
yonasida Toshkand ketishini o‘ziga jazm qildi, Ra’noga
ham Qo‘qon bilan vidolashish og‘ir sezilmadi. Ammo ma-
sala qat’iy hal qilingach, Ra’noda bir tarafdan qo‘rqinch,
ik kinchi tarafdan qiziq yana bir jasorat tug‘ildi: kampir bi-
lan birgalashib ota mahallasiga borar emis h; o‘zi birovning
yo‘lagida turib, kampir orqali onasini aytdirib chiqar
emish!
Tuni bilan shuni o‘ylab chiqqan Ra’no, ertalabdan beri
Anvarni xafa qilar, o‘z so‘zida isror
1
etar edi. Kichkina
huj raning sandalida qarshima-qarshi o‘ltiruvchi Anvar va
Ra’no bir-birisidan o‘pkalik qiyofatda edilar.
– Hissiyotga qattiq berilibsan, Ra’no... Har qadamingda
seni bir falokat kutadir, menga qolsa ayamga ham ishonib
bo‘lmas.
– Paranji ichida borgan Ra’noni tanish uchun hech kim-
da karomat yo‘q; ayamga nega ishonib bo‘lmasin?
– Sen qochgan, ayangning obro‘sini to‘kkan qizsan...
– Hech-hech... Ayamning ko‘nglini men yaxshi bila-
man, ayam siz o‘ylagan xotinlardan emas hech!
– Yaxshi, yo‘lda ham seni hech kim tanimasin, kam-
pir ham ayangni aldab olib chiqsin, ayangning o‘ziga ham
1
Isrоr – qat’iylik, o‘jarlik.
288
isho n aylik; yana har holda mening uchun shu qasdingdan
kech sang nima bo‘ladir, Ra’no? Biz Toshkentga borib yet-
gan kunimizoq, sog‘ligimizni va uzrimizni aytib, xat yo-
zarmiz-ku, jonim!
Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi, ancha vaqt
ko‘zyosh to‘kib turdi.
– Balki men... ayam bilan abadiy ko‘rishmasman!
– Hay, Ra’no, Ra’no, – dedi Anvar. – Xudoyor yuz yil
yashaydi, biz Toshkentda o‘lamiz, deb o‘ylaysanmi? Xayr,
ko‘p bo‘lsa Xudoyor yana besh yil yashasin, vaholanki,
uning zulmi shu yo‘sin davom etganda, biz chamalagan bu
fursat ham ko‘p; zero, zulm naqadar kuchaysa, uning umri
shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir. Agar shun-
gacha ham sabring yetmasa, boshqa cho rasi topilar, Ra’no,
masalan, ayangni Toshkentga chaqirarmiz yoki biroz eskit-
gandan so‘ng Qo‘qonga o‘zimiz ham kelsak bo‘ladi.
Ra’no javobsiz yana ko‘zyoshini to‘ka berdi, bu holdan
siqilgan Anvar Ra’noga biroz qarab turdi:
– Xo‘p, yig‘lama. Hali bir-ikki kunsiz yo‘lga chiqol-
masmiz; bu kun kechasi akam kelsa, erta bozorga chi qib
yo‘l hozirligini ko‘rsa, har holda birisi kun kechqurun
jo‘nashimiz ham aniq emas. Binobarin, sen oshiqmasang
ham bo‘ladi. Undan so‘ng, sening o‘ylagan yo‘ling juda
qaltis, bu to‘g‘rida boshqacharoq tadbir toparmiz...
Ra’no indamadi, bir entikib orom havosini yutdi va
ro‘moli bilan ko‘z yoshisini quritdi. Anvar o‘pkalik iljayib,
Ra’noni yandi. Ular shu holda ekan, hujra devori, ko‘cha
tarafdin, uch-to‘rt qayta gurs-gurs urildi. Ikkisining ham
qu loqlari dikkayib bir-birisiga savol nazari yubordilar...
– Begona kishi emas, – dedi birozdan keyin Anvar. –
Men Safar aka bilan kunduzi devor urishni shart qilgan
edim... Sen chiqib kampirga ayt, eshikni ochsin.
Ra’no hujradan chiqdi. Biror daqiqadan keyin hovli
sahniga bir necha oyoqlar kirdi. Bemahal yo‘qlashdan An-
289
varning ko‘ngli g‘ash tortib, keluvchini Safar aka bo‘lar
deb o‘yladi. Hujra eshigi ochilib, ichkariga biri orqasidan
biri – Qobilboy bilan Safarboy kirdilar. Anvar yana ang-
lashilmovchilik ichida qoldi, Safar akaning tinchsiz-haya-
jonli ko‘zi Anvar ning il garidan ko‘rib qo‘ygan bir necha
ehtimollarini xotirlatib, ularga joy ko‘rsatdi.
– Vaqtsiz yo‘qlashlaringiz sababsiz bo‘lmas, – dedi to-
vushini sekinroq chiqarib Anvar. – Bizdan xabar topgan-
larmi?
Safar hamrohiga qarab, ikki qo‘lini qovushtirib yenglari
ichiga oldi.
– Yo‘q...
– Sultonalini qamaganlarmi?– deb yana so‘radi Anvar. –
Qamaganlardir!
Safar va Qobil bir-birlariga qarashdilar.
– Shunday, mirzam, shunday... Bizlar juda hayron
bo‘lib qoldik-da.
Anvarda qonsizlanish va kiprik ostlarida harakat ko‘rildi.
– Zarari yo‘q, qutqaramiz... Qachon qamaganlar?
– Kecha kechqurun... Boya bizning uyga Sultonali ning
xoti ni kelgan edi, men shundan eshitdim. Uning ustiga
aka ngiz borib qoldi...
– Siz kimdan eshitdingiz, aka?
Jarchi xabarini va bu to‘g‘rida o‘rtoqlari bilan bergan
qarorni Qobilboy so‘zladi. Anvar og‘asining so‘zini jiddiy
eshit ib, bir necha vaqt o‘ylab o‘tirdi.
– Siz va o‘rtoqlaringizning hamiyatlaringizga rahmat...
Lekin bu yo‘l bilan Sultonalini qutqarish qiyinroq, balki
mumkin ham bo‘lmas, deb o‘ylayman!
– Agar biz uning qamalgan joyini bilsak, nima uchun
mumkin bo‘lmasin, Anvar? O‘rtoqlarim yuraksiz yigitlar
emas, bu yog‘idan xotirjam bo‘ling!
– Rahmat! Albatta, bu jasoratni yuraksiz kishilar qilol-
mas. Mening bu jasoratga umidsiz qarashim sababi shuning
10 – Adabiyot, 7-sinf.
290
uchunki, bunday shartlik va nozik habslar
1
aksar o‘rdaning
o‘zidagi ovoqqa
2
qamalguvchi edi.
– O‘rdaga kirish qiyinmi?
Anvar bosh chayqadi.
– Hech mumkin emas, tun bo‘yi ellik nafar yigit o‘rda
qo‘rg‘oni ostidan aylanib turadi.
Qobilboy ma’yus Safar bo‘zchiga qaradi. Safar bo‘zchi
zo‘r berib mo‘ylovini tishlab, uzar edi.
– Zindonga qamagan bo‘lsalar, ebi bor ekan-da, taqsir.
– Ebi... Zindonga qamashlari ehtimoldan uzoq, Safar
aka.
Yana bir necha fursat sukutda qoldilar. Qobilboy har on
to‘ppisini qayirib, boshini qashir edi. Anvar sandal ko‘rpasi-
dagi bir ipni uzib olmoqchi bo‘lgandek qo‘lini siltar edi.
– Zindondan xabar oldirishimiz kerak ekan-da, Anvar?
– Xabar olinsa... bo‘ladi.
Qobilboy Anvardan shu javobni olib, Safar bo‘zchiga
yuz o‘girdi:
– Mirzoning uyiga bir kishi yuborsak-da, uning xotini
eriga taom keltirgan bo‘lib zindonga borsa... Shu qanday
bo‘lar ekan, Safar aka?
– Ma’qul, uka, ma’qul.
– Sizga-chi, Anvar?
Anvar «to‘g‘ri» ishorasini berdi.
– Boyagi andishamizni ham aytib o‘taylik, – dedi Qo-
bilboy.
– Biz yo‘lda bir to‘g‘ri mulohaza qilib keldik, Anvar.
So‘zning rosti shuki... Bu uydan hozir ketsangiz ma’qul.
Harchi odam bolasi-da. Haligidek, joni ko‘zga ko‘rinib,
iqror bo‘lib qo‘ysa...
Anvar bosh chayqab kulimsiradi.
– Sultonali bunday odam emas, bundan xotirjam, – dedi
1
Habslar – qamaluvchilar, mahbuslar.
2
Оvоq – avaxta, maxsus qamоq.
291
Anvar qanoat bilan va biroz o‘ylab turdi... – Ammo Sul-
tonalining xotini to‘g‘risida biroz xavfl iroq; xotin kishi
erim ni qutqaraman, deb nodonlik qilsa, ish rasvo...
Safar bo‘zchi boya Sultonalining xotini kelganda, Qo-
bilboyning niyatini eshitib xotirjam bo‘lganini so‘zladi.
– Juda yaxshi qilingan, rahmat... Hali uning uyiga ki-
shi yuborsangiz yana uqtirish, xotirjam qilish kerak; shun-
day ishon tirilsinki, erta peshingacha erining ozod bo‘lishiga
shubhasi qolmasin, hatto uni bu yo‘sin aldasa ham bo‘ladi.
Erta bilangacha qutqarilsa xub, qutqarilmasa, Anvarning
o‘zi borib qutqarar emish; agar sen shungacha sabr qil-
masang, eringning yana jazoga tortilishiga sabab bo‘lasan,
deyilsin!
– Xub, mirzam, xub!
– Sizga yana bir xizmat, Safar aka, – dedi Anvar. Sa-
far hozirlik ishorasini qilib, engashib oldi. – Xizmat shuki,
si ng lingiz men bilan birga turmasa, siz olib ketsangiz...
Dostları ilə paylaş: |