Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Romanda Anvarning tadbirkorligini namoyish qiluvchi  tasvirlarni toping. 1 Yanib – yashirib. Savol va topshiriqlar



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

2. Romanda Anvarning tadbirkorligini namoyish qiluvchi 
tasvirlarni toping.
1
Yanib – yashirib.
Savol va topshiriqlar:


298
3. O‘rdadagilar nima uchun Sultonalining najot topishiga 
ishon mas edilar?
4. Anvarning o‘rdada paydo bo‘lishi qoldirgan taassurot tas-
viriga e’tibor bering va unga asoslanib, adolatsizlik va 
yuksak ma’naviyat haqida fi kr yuriting.
5. Anvar bilan Xudoyorxon o‘rtasidagi olishuvga diqqat qi-
ling. Bu «jang»da sizningcha kim g‘olib chiqdi?
6. Dor ostidagi Anvar bilan mulla Abdurahmonning to‘q-
nashuvi lavhasiga e’tibor bering. Har ikkisining tabiatiga 
xos jihatlar tasviri haqida to‘xtaling.
7. Anvarning qutqarilishi sahnasiga e’tibor bering. Uning xa-
loskori kimlar deb o‘ylaysiz?
8. Asar matniga tayanib, Qodiriyning so‘z qo‘llash san’ati 
haqida fi kr yuriting.
9. Adibning qaltis vaziyat tasvirini bera bilish mahorati na-
moyon bo‘lgan o‘rinlar haqida misollar asosida so‘zlang.


299
Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi...
bdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897-yil-
da Andijon shahrining Qatorterak mahallasida 
tug‘ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muham-
mad Yunus o‘g‘li Andijonning obro‘li kishilari-
dan bo‘lib, savdogarlik bilan shug‘ullanar edi. U 
zamonasining o‘qimishli kishilaridan hisoblanar, 
o‘zi ham she’rlar yozib turardi. O‘sha davrda 
bo‘lajak shoir ning otasi o‘zi yozgan hajviy she’rlardan devon 
tuzganligi haqida ma’lumotlar bor.
Cho‘lponning onasi Oysha aya, garchi unchalik o‘qimishli 
bo‘lmasa-da, o‘g‘lining ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Negaki, 
u xalq qo‘shiqlari va ertaklarining bitmas xazinasidan yaxshi-
gina xabardor bo‘lgan.
Abdulhamid avval eski maktabda o‘qidi. Vaqti yetgach, 
Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko‘rdi. Zamonning 
talabini ilg‘agan Sulaymonqul o‘g‘lini rus-tuzem maktabida 
ham o‘qitdi. Bo‘lajak shoir muntazam shug‘ullanishi va tabiiy 
iste’dodi tufayli o‘zbek, turk, fors, arab, rus tillarini va bu til-

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin