Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/122
tarix01.03.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#86138
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
7-sinf adabiyot uzb

QIYOMAT QARZ
Sarsonboy ota rayon markaziga kelganda, quyosh yer-
dan endigina cho‘giri
1
tilimidek ko‘tarilgan edi. Kim biladi, 
hali erta bo‘lgani uchunmi yo sovuq tushib, bozor-o‘char 
qiladiganlar kamayib qolganidanmi − odam siyrak, bozor 
1
Cho‘giri – qovun turi.


84
kunlari bo‘ladigan g‘ala-g‘ovur, to‘polon yo‘q. Chol ichida 
xursand bo‘lib qo‘ydi: «Ha tuzuk, bu gal kechikmadim. 
Avji bozor». U shunday deb, otning jilovini tortdi. Quloqla-
rini osiltirib tin olayotgan to‘riq, xuddi shuni kutib turgan-
dek pastga, daryo tomonga yo‘rg‘aladi. Bu joylarni u egasi 
kabi yaxshi biladi. Ulg‘ayib, ustiga egar urilibdiki, har yak-
shanba kuni butun Hisor ni oshib, shu yerga keladi. Tor 
taxta ko‘prikning yoniga omonatgina qurilgan choyxona 
etagida to‘xtaydi. Daryoning sel yuvib, beso‘naqay kengay-
gan shu yeri urush yillaridan beri – kech kuzdan erta bahor-
gacha – bozor. Chor atrofdan yig‘ilgan yigitlar frontga shu 
yerdan jo‘nashgan. 
Sarsonboy ota otini ilgarilari shu ustunlardan biri-
ga bog‘lab qo‘yardi. O‘zi esa yo bozor aylanardi, yo pe-
shingacha choyxonada o‘tirar edi. Bozor tugagach, peshin 
namozini o‘qib uyiga qaytardi. To‘riq uzoq vaqtgacha bun-
ga ko‘nikolmadi, bir-ikki marta, hatto tizginni uzib qochdi, 
butun bozor ahlini sarson qildi. Bir-ikki marta esa, yarim 
yo‘lda tixirlik qilib oyog‘ini tirab turib oldi, bo‘lmadi. 
Qam chi yedi. Endi ko‘nikib qoldi. Sarsonboy ota endi uni 
bog‘lamaydi ham. Otning o‘zi shunday ustun tagiga kelib, 
uning tushishini kutadi-da, ko‘zlarini yumib keyingi bir 
oyog‘iga dam berganicha, joyidan qimirlamay turaveradi...
Bu gal ham shunday bo‘ldi. Sarsonboy ota ustun tagi-
da otdan tushib, choyxonaga kirib ketdi. To‘riq og‘ir 
xo‘rsinib, atrofga qaradi. Ko‘prik tagida bir targ‘il si-
gir sovuqdan tuklari hurpaygan buzog‘ini erinchoqlik bi-
lan yalardi. To‘riq unga qarab turib, zerikdi. Esnadi-da, 
ko‘zlarini yumdi.
Sarsonboy ota katta ko‘zi singan deraza yoniga cho‘k-
kaladi. Choyxona qurilibdiki, shu joy uniki. Birov o‘tirgan 
bo‘lsa ham, u kelganda bo‘shatib beradi. Shu yerdan bo-
zor maydoni yaxshi ko‘rinadi, ko‘prikdan o‘tayotgan biror 
odam ham xato ketmaydi, hammasi ko‘zdan o‘tadi.


85
– Ha, Sarsonboy, omonmisan? – dedi choyxonachi choy 
keltirib qo‘yar ekan. – Yana kelibsan-da?
– Nima senga og‘irligim tushdimi? – to‘ng‘illadi Sar-
sonboy ota oftob sarg‘aytirgan siyrak qoshlarini chimirib.
– Jizillama. Azbaroyi achinganimdan gapiraman. Kut-
gandan yomon narsa yo‘q. 
Sarsonboy ota javob bermadi. Uning bugun go‘yo niya-
tiga yetadigandek kayfi chog‘ edi, lekin o‘rtog‘ining gapi 
bila n ko‘ngli buzildi. Bir: «Sening nima ishing bor? Cho-
yi ngni sotsang-chi!» – demoqchi ham bo‘ldi, tili bormadi. 
Madumar akaning gapida jon bor edi. O‘g‘lidan qoraxat 
kelganidan keyin bechora o‘n yil kutdi. Xatsiz, xabarsiz xo-
tini farzand dog‘ida ado bo‘lay dedi. O‘zi esa, cho‘p bo‘lib 
qoldi. Oxiri chidolmay aza ochdi. Ermagi – choyxona. 
Madumar akaning bugungi gapida chindan ham jon 
bor edi. «Azbaroyi achinganimdan gapiraman...» Nahot-
ki, unin g ahvoli achinarli bo‘lsa?! Sarsonboy ota shunday 
o‘yladi-yu, yuragini nimadir timdalab ketganday bo‘ldi. 
Lablari titrab, tup roqdek soqoli tortildi. Nimadir tomog‘iga 
tiqildi. Bo‘shashib ketayotganini sezdi-da, o‘shqirdi: 
– Ahmoq, kutsam seni kutamanmi?! Senga Azroyildan 
boshqasi orzumand emas! Qayoqdan mulla bo‘lib qolding-
ki, menga o‘rgatasan?
– Jizillama, – iljaydi Madumar aka. – Har bozor basha-
rangni ko‘rsam, ko‘nglim ayniydigan bo‘lib qolibdi. Qir-
pi ringda podangni boqib yuravermaysanmi? Kerak odam 
o‘zi topib oladi seni. Tag‘in o‘zing bilasan. Menga desa shu 
yerda yotib ol. Yo‘lda yakka-yolg‘izsan, tag‘in o‘lib-netib 
qolmagin deyman-da, betamiz!
– O‘lsam bir musulmon topilar ko‘mgani, – dedi o‘zini 
bosi b olib Sarsonboy ota. Sendan Xudo o‘zi saqlasin. 
Choydan urgan kafandan ham urib qolasan. 
– Shunday demaysanmi? Mana, yangi damladim. Ich 
zaha ringga!


86
Madumar aka yangi damlagan choynakdan choy quyib, 
o‘r tog‘iga uzatdi, odam kam bo‘lgani uchun o‘zi ham yo-
niga o‘tirdi. 
– Hech gap eshitmadingmi? – so‘radi jiddiy ohangda 
Sarsonboy ota. 
– Eshitsam senga shu zahotiyoq odam yuborardim, 
eshit madim...
Oraga jimlik cho‘kdi. Madumar aka o‘zini noqulay 
sezib, ichkisi kelmasa ham xo‘rillatib bir-ikki choy 
ho‘pladi.
– Zebi qalay? Yuribdimi?
– Tuzuk, – dedi Sarsonboy ota derazaga bir qarab 
qo‘yib. – Bugun zo‘rg‘a yubordi. Bu yoqqa kelishimni 
bilib, yarim kecha da otni dalaga haydabdi. 
– So‘kmadingmi? – xavotirlanib so‘radi Madumar aka.
– Yo‘q, u sho‘rlikka ham qiyin. Endi so‘kmayman.
– So‘kma. Bechoraning sendan boshqa kimi bor?
– So‘kmayman... Lekin... – Sarsonboy ota birdan qiqir-
qi qir kulib yubordi.
– Ha? – hayron bo‘ldi Madumar aka.
– So‘kmayman-u, lekin otni haydab nima qiladi? Pi-
yoda bo‘lsa ham kelishimni biladi-ku? Buning ustiga to‘riq 
yo‘talimni eshitsa, oldimga yugurib keladi. Shuni biladi, 
nima qiladi haydab?
– Ha endi achinadi-da, – dedi Madumar aka kulishga 
harakat qilib.
– Men achinmaymanmi? Men ham achinaman unga. 
Yolg‘izlik yomon. Buni o‘zing ham bilasan. Lekin nacho-
ra? Qiyomat qarz bu. Qarz bilan go‘rga kirmoqchimasman. 
Tu shu n ishi kerak-da. Innakeyin... 
– Assalomu alaykum-m-m!..
Odamlar kirdi. Gap uzildi. Madumar aka o‘rnidan turdi. 
Ko‘p o‘tmay, bozorning odatdagi tashvishi, to‘poloni 
bosh landi. Bolalarning qiy-chuvi, sigir-buzoqlarning ma’ra-


87
shi bilan dallollarning «Bor baraka»si qo‘shilib, yaqindagina 
osoyish talik hukm surgan qaqroq daryoga bahor toshqinidek 
jon kirdi.
Sarsonboy ota yana derazaga tikildi. Ko‘prik o‘tgan-ket-
ganning ko‘pligidan xuddi tuyadek lapanglardi. O‘shanda 
ham shunday lapanglab turgan edi.
...O‘g‘lini kuzatganda ham, Haydaralini kuzatganda 
ham...
Lekin unda odamlar bir tomonga qarab yurgan edi-
lar. O‘shalardan ko‘pi shu ko‘prikdan qaytib o‘tmadi, biri 
o‘ldi, biri bedarak ketdi. O‘g‘lidan yarim yil hech qanday 
xabar bo‘lmay, birdan qoraxat keldi. O‘shanda u poda bilan 
Uzumlida edi. Qo‘ylarni narigi sohildagi o‘tlari endigina 
nish urgan yalanglikka haydab, o‘zi nurab-nurab devorlari-
gina qolgan Toshqal’a tagida o‘tirar edi. Kun tik kelganda 
tushlik qilmoqchi bo‘lib, xurjundan suzma olganini biladi, 
qishloq tomonda ayol kishining uvvos solib yig‘lagani eshi-
tildi. Yig‘i tog‘da aks sado berib, shunday qattiq jarangladi-
ki, Sarsonboy ota cho‘chib ketdi. O‘rnidan turib, pastga qa-
radi. Sochlari to‘zg‘igan bir ayol soy yoqalab, yuzini yum-
dalab kelardi. Sarsonboy ota avval tanimadi. Pastroq tush-
di. Shunda unin g havorang ko‘ylagidan tanidi. Tanidi-yu, 
yuragi shig‘ etib ketd i. 
– Zebi! Men bu yoqdaman. Zebi, hoy! – deganicha past-
ga o tildi. – Nega bo‘kirasan?! Nima bo‘ldi? – Sarsonboy 
ota uni bilaklaridan ushlab tortqiladi.
– G‘ofi r... G‘ofi rjon... – Zebi xola gapira olmadi, 
ho‘ngra ganicha qo‘lidagi qog‘ozni eriga uzatdi.
Sarsonboy kichkina ko‘k qog‘oz parchasini ko‘rib, ham-
masiga tushundi. Madumar aka ham o‘g‘lidan shunday 
xat olgan edi... Sarsonboy ota o‘qimadi, qo‘l-oyog‘i muz 
bo‘lib, turgan joyida qotib qoldi. Xudo unga bir farzand 
bergan edi, shuni ham ko‘p ko‘rdi. 


88
Haydarali esa, otasidan bir oy keyin jo‘naganicha, be-
darak ketdi. O‘g‘lining o‘rtog‘ini o‘zi rayongacha kuzatib 
bordi. Kuzatadigan uning biron kimsasi ham yo‘q edi.
Jo‘naydigan kuni Haydarali eshak aravaga ortib, ikkita 
qo‘y olib keldi. Shunda G‘ofi rdan qoraxat kelganiga bir yil 
bo‘lgan edi.
– Amaki, shular sizda tursin, – dedi iymanib. – Dadam 
qo‘yni yaxshi ko‘rar edilar. Qaytganlarida to‘y-po‘y qilar-
dik... Agar malol kelmasa...
– Xo‘p, bo‘tam, – dedi Sarsonboy ota. – Suruvning ichi-
ga qo‘shib yuboraman. Malol keladigan joyi yo‘q.
Ko‘prik ustida xuddi o‘g‘lini kuzatayotgandek Hay -
dar ali bilan xayrlasha turib, butun vujudini titroq bosdi.
– Omon bo‘l, bo‘tam! – dedi-yu yoshlangan ko‘zlarini 
ko‘rsatmaslik uchun xotini nimalardir solib bergan tugunini 
yuziga tutib uzatdi. – Xolang berdi, ol.
– Rahmat.
– Imkoni bo‘lsa, G‘ofi rjonning mozorini bir ziyorat qilib 
o‘t. Istalingradda.
Shovqin-suron ichida aytilgan bu gapni Haydarali eshit-
dimi-yo‘qmi, Sarsonboy ota bilmaydi, har holda boshini 
qimirlatib nimalardir deganini ko‘rdi. 
Mana shunga yigirma yildan oshib ketdi. Haydarali na 
unin g o‘g‘lini borib ko‘rdi, na o‘zi biror xabar yubordi. 
Tashlab ketgan ikkita qo‘yi qirqtadan oshdi. Boshqa qo‘ylar-
ga aralashib ketmasin, kelib qolsa topish qiyin bo‘ladi, deb 
Sarsonboy ota hamma sining bo‘yniga qizil latta bog‘lab 
chiqdi. Lekin kelmadi. Tirikmi, o‘lganmi – hech kim bilmay-
di. Sarsonboy otaning bormagan idorasi, surishtirmagan oda-
mi qolmadi. Familiyasi, adresini bilmaganidan keyin topish 
oson bo‘larmidi? 
– Sarsonboy, shu endi, har qayoqqa borib, o‘zingni sar-
son qilma, – maslahat berdi oshnalaridan biri.
– Shunday jahannamdan omon qaytgan odam ikkita 
qo‘yini surishtirib kelarmidi?! Xudoga shukur, to‘qchilik. 


89
Qo‘y kerak bo‘lsa, bozor to‘la. Sen yaxshisi bozorga bor. 
Taniysan-ku, tirik bo‘lsa, shu yerda bo‘lsa, ko‘rinish be-
radi.
Bu gap Sarsonboy otaga ma’qul tushdi. Shundan beri 
bitta ham bozorni kanda qilmay qatnaydi. Boshqa kun-
lari qo‘y boqib, tog‘ma-tog‘, darama-dara yuradi. Horib-
charchab, hafta oxiri uyga qaytadi. Rais bir necha marta: 
«Bo‘ldi endi, ota, shuncha ishladingiz, yetar. Endi yosh-
lar ishlasin!» – dedi, lekin Sarsonboy ota quloq solmadi. 
Qanday qilib quloq solsin. Haydaralining qo‘ylarini baribir 
boqish kerak-ku? Yetti yot begona odamning podasini kim 
boqardi? Boqsa ham qanday boqardi? Lekin qarilik, qarilik 
ekan... Ilgarilari haftalab oyoqda tursa ham charchamasdi, 
endi yarim kunda madori quriydi, o‘tirgisi kelib qoladi.
Bir kuni Uzumlining tepasida shunday horib o‘tirgan 
edi, soydan o‘q ovozi eshitildi. Tag‘in birorta qo‘yni otib 
qo‘yishmasin, deb pastga tushdi.
Archalarga chirmashib ketgan tokning tagida to‘rt-besh 
yigit xarsangning ustiga shisha qo‘yib otishardi. Cholni 
ko‘rib bittasi gap otdi.
– Boboy, bu nima, kaklikning hammasini otib, tuzlab 
qo‘yganmisizlar? Bittayam ko‘rinmaydi-ku?
– Kaklik ovi qishda bo‘ladi-da, bo‘tam. Ov qilgani 
keluv dinglarmi?
– Ha, bir bosh og‘ib keluvdik. Shu tomonda kaklik 
bo‘ladi, deyishuvdi.
– Bo‘ladi, ko‘p bo‘ladi, lekin qishda bo‘ladi.
– Boboy! – qichqirdi archa tagida o‘tirgan bir yigit. – 
Qani bu yoqqa keling. Manavidan bir ichib yuboring biz 
bilan.
Yigit piyolani to‘latib, aroq uzatdi.
– Ichmayman, bo‘tam – dedi jilmayib Sarsonboy ota. – 
Hech ichgan emasman.
– Mayli, zo‘rlama otani! – dedi miltiq o‘qlayotganlardan 
biri.


90
– Bo‘lmasa, o‘zim oldim, – yigit piyolani sipqarib, yen-
giga uhladi-da, dedi: – Boboy! Ov bahona bir dam olgani 
chiquvdik-da, bu yoqqa. Qo‘ydan bittasini soting. Shu yer-
da u-bu qilib ketaylik.
Sarsonboy ota boshini quyi solib, jim qoldi. Keyin xijo-
latlik bilan jilmaydi.
– Attang, bo‘tam, sotolmayman-ku. Meniki emas. Qish-
loqq a o‘tsangiz, har bir xonadondan topishingiz mumkin. 
Men o‘zim ham beraman. Bular omonat. Bo‘lmasa, qo‘y 
sizlar dan aylansin!..
– Shunday deng?
– Ha, shunday, bo‘tam.
– Hozir bittasini o‘zimiz tutib olsak-chi? – yigit iljaydi.
– Unday qilmaysiz. Omonat dedim-ku, bo‘tam.
– Juda ziqna ekansiz-da! – yigit achchiqlandi. – Bitta 
qo‘y nima, odamdan ham azizmi, Akbar?
– Nima deysan? – dedi yigitlardan biri.
– Yur bittasini tutib ketaylik. Raisga o‘zimiz javob be-
ramiz. 
Yigitlar Toshqal’a tomon yo‘l olishdi.
– To‘xtang! – qichqirdi Sarsonboy ota. – Musulmon 
bola simisizlar, meniki emas, dedim-ku! Egasi yo‘q bu 
qo‘ylarning. Urushda bedarak ketgan, yigirma yildan beri 
boqib yuribman... Insof bormi?
Yigitlar to‘xtab qolishdi, keyin bitta-bitta orqaga qay-
tishdi.
– Kechiring, ota, bilmadik, – dedi kimdir.
Sarsonboy ota indamadi. Uning rangida qon qolmagan, 
lablari titrardi.
– Uzr, boboy!
Sarsonboy ota yana churq etmadi. Keyin ohista-ohista 
qadam tashlab qal’a tomon ketdi.
Shu voqeani Madumar akaga kuyunib aytib berganida, u 
ancha o‘ylanib qoldi. Keyin dedi: 


91
– Xafa bo‘lma, bir gap aytaman.
– Xo‘sh?
– Shu qo‘ylarni kolxozga ber, yaxshisi. O‘zingni qiyna-
ma. Senda bo‘ldi nima-yu, kolxozda bo‘ldi nima. Kolxoz 
yeb ke tarmidi? Haydaraling kelsa, qaytarib beradi.
Sarsonboy ota javob bermadi.
Mana hozir ham u bozorga tikilib o‘tirar ekan, 
o‘rtog‘ining shu maslahati xayolidan ko‘tarilmas, lekin 
nima qilishini bilmasdi. Kun tikka kelganda bozorda odam 
siyraklashdi. Moli sotilmaganlar, tomoshaga chiqqanlar 
qoldi, xolos.
Sarsonboy otaning ertalabki kayfi chog‘ligi yo‘qoldi: 
Haydaraliga o‘xshagan birorta odam bu gal ham uchrama-
di. 
«Nahotki, o‘lgan bo‘lsa? – bu dahshatli fi kr cholning 
xayoliga keldi-yu, qo‘rqib ketdi. – Yo‘q, shuncha o‘lim 
bo‘lishi mumkin emas. Bedarak ketganlarning ko‘pi keldi-
ku, ajab emas, u ham kelsa. To‘y qilmoqchi edi. Bahona 
bilan men ham to‘y ko‘rib qolardim. O‘zim qilib berardim, 
to‘yini...»
U shunday xayollar bilan yana ancha o‘tirdi. Bo-
zor tugadi. Deyar li hamma tarqaldi. Oshxona tomondan 
palovning hidi kela boshladi. Ammo chol joyidan qimirla-
may o‘tiraverdi.
– Sarsonboy!
Sarsonboy ota o‘ziga kelib, o‘girildi. Tepasida Madu-
mar aka turardi.
– Bo‘ldi endi. Men aytgan ishni qil. Cho‘p bo‘lib keta-
san-ku, axir bunaqada.
Sarsonboy ota indamadi. Mahsisining qo‘njidan bir 
so‘m chiqarib, laganchaga tashladi-da, o‘rnidan turdi.
– Ketasanmi? Osh damladim, yeb ket.
– Kelasi gal. – Sarsonboy ota karavotdan tushib, eshikka 
yo‘l oldi. – Xayr!


92
Eshikka chiqib, nimadir esiga tushdi shekilli, qaytdi.
– Nahotki, sen ham tushunmasang?! O‘zim olib qolgan-
man, o‘zim, o‘z qo‘lim bilan qaytarishim kerak...
Madumar aka javob qilmadi. Faqat o‘rtog‘i chiqib ket-
ganda:
– Zebiga salom aytib qo‘y! – deb qo‘ya qoldi. 
Qirov bosgan to‘riq egasini ko‘rib, quloqlarini chimirdi. 
Erkalanib, boshini bir-ikki siltadi-da, zinaga yaqinlashdi. 
Sarsonboy ota egarga chaqqon minib, jilovini qo‘lga oldi:
– Ketdik.
To‘riq tanish yo‘ldan ildam yo‘rg‘alab ketdi. Uning 
yurishi da ham egasining dilidagi kabi bir umid bor edi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin