«Bir
xato yuz bergach tez uni
tuzat, bolmasa o’zgasi yuz
berar
albat!»
Abulbarakot Qodiriy
savodxonligiga asoslangan boshlang‘ich ta’lim ham qo‘shildi. Yurtimiz xalqlari
boshlang‘ich ta’limida Quyosh, Oy, tuproq, havo, olov muqaddasligi asos qilinib
olinadi va insonlarning bir-birlari bilan bo‘ladigan muloqoti hayotiy ehtiyoj
ekanligi haqidagi tasavvurlar hosil qilinadi. Bu davrdagi ikkala yo‘nalishdagi
boshlang‘ich ta’limda ham jamiyatning ehtiyoj va talablari haqida ta’lim
oluvchilarda
tasavvur
shakllantirilgan.
Shuningdek,
o‘simliklardan
va
hayvonlardan olinadigan xomashyolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni ta’lim oluvchilar
ongiga singdirish ham ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablardan biri bo‘lgan. O‘sha
davr boshlang‘ich ta’limining asosiy maqsadi insonning moddiy va ma’naviy
ehtiyoji hamda jamiyat talablarini qondirishga oid bo‘lgan bilimlarni
shakllantirishdan iborat bo‘lgan. Ayniqsa, tabiatga bo‘lgan munosabat, Ona diyorni
muqaddas deb bilish mazkur maqsadning asosini tashkil etadi. Havo, suv, olov,
quyosh oliy qadriyat hisoblangan.
Demak, o‘sha davrdagi moddiy va ma’naviy qadriyatlar o‘z davri
boshlang‘ich ta’limining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etgan ekan.
3.Eramiz boshidagi I-VIII asrlarda ta’lim mazmuniga yana o‘zgarishlar kirdi,
ya’ni
oldingi
davrda
yunon
mutafakkirlarining
asarlarini
o‘rganish
savodxonlikning asosini tashkil etgan bo‘lsa, bu davrga kelib, arab alifbosini va
raqamlarini o‘rganish hamda ular yordamida amallarni bajarish boshlang‘ich ta’lim
mazmunini tashkil etgan. Unda o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat
malakalarini hosil qilish ham asosiy e’tiborda bo‘lgan. Bu davr boshlang‘ich
ta’limining diqqatga sazovor joyi shundaki, unda bilimni o‘zlashtirish ehtiyojini
qondirish asosiy e’tiborda bo‘lgan va ular asosida umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, atrof-muhitga
ongli munosabatda bo‘lishliklarni ta’lim oluvchilar ongiga singdirilgan.
4.«Ilk Uyg‘onish davri»dagi boshlang‘ich ta’lim. Bu davr V-VI asrlarni o‘z
ichiga oladi va bu vaqtga kelib tushunchalar ta’rifsiz boshlang‘ich tushuncha
sifatida ta’lim mazmuniga kiritilgan. Bu davrdagi boshlang‘ich ta’lim mazmuniga
kiritilgan ijobiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’limda har xil
ob’ektlar va ular orasidagi farq hamda umumiylik o‘rganiladi; son tushunchasiga
har xil yondashuvlar va ular orasidagi amallar hamda mantiqiy fikrlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar o‘rganila boshlangan; munosabat tushunchasi va algoritmlar, matnli
masalalarni turli usullar bilan echish asoslari egallangan.
Bu davrning yana bir qimmatli tomoni shundaki, «Ilk Uyg‘onish davri» va
«So‘nggi Uyg‘onish davri» Sharq ma’naviy rivojlanishining «
ol tin
davri» deb
ataladi. Bu davrdagi ilm-fan rivoji dunyo sivilizatsiyasiga ham salmoqli hissa
bo‘lib qo‘shilgan. Tabiiyki, bunday yutuq olimlarimiz va mutafakkirlarimiz
faoliyatisiz amalga oshirilmaydi. Shuni hisobga olib o‘sha davrda yashab ijod
etgan qomusiy olimlarimizdan ba’zilarining boshlang‘ich ta’limga oid fikrlarini
keltirib o‘tamiz:
«Abu Rayhon Beruniy o‘quvchiga bilim berish va uni xat-savodli qilish
haqida gapirar ekan, qog‘ozning paydo bo‘lishi, yozuv va uning vujudga kelishi,
turli yozuv belgilari, o‘quv qurollari haqida alohida to‘xtaladi. Olim ta’lim-
tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida
o‘quvchilarning zerikib qolmasligi uchun ta’lim olishning turli yillari va shakl
hamda metodlarini ko‘rsatib beradi. Xususan uning «Bizning maqsadimiz
o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani o‘qib berish zerikarli
bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi
turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bu bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir
bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi keladi. Har bir yangi narsa
kishiga rohat bag‘ishlaydi deb behuda aytilmaydi», -deb ta’kidlashidan ta’lim
mazmuniga va dars jadvalini tuzishga bo‘lgan talablarni ham anglash mumkin»
Abu Ali ibn Sino ulug‘ mutafakkir va tibbiyot ilmi sultoni bo‘lishi bilan birga, u
«Shayx ur-rais» va «Tabiblar podshosi» degan nomlarga sazovor bo‘lgan. U
shunchalik intellektual salohiyatga ega bo‘lishi bilan birga, ta’lim-tarbiya
masalaiariga ham katta e’tibor bergan. U jamoaviy ta’lim tarafdori bo‘lgan va unda
bolaning aqliy, jismoniy, estetik rivojlanishini va kasb-hunar o‘rganishini doimo
ta’kidlab kelgan. Bu fikrlarimizga dalil sifatida Allomaning quyidagi fikrini
keltiramiz: «... birinchidan, har bir bola maktabda boshqalardan ajralib turishga,
o‘zgalarga taqlid qilishga intiladi, buning natijasida u yaxshi xulqni egallaydi.
Ikkinchidan, bolalar jamoasida o‘zaro muomalada bo‘lib, xulq odobi bilan bir-
biriga ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning bir o‘zi boshqalardan ajralgan holda ijobiy
fazilatlarga ega bo‘la olmaydi». Bolaning maktabda qanday fanlarni o‘qish
zarurligini ham Ibn Sino ko‘rsatib bergan. «Eng avvalo», - deb yozadi alloma
muallim o‘z shogirdlariga yaxshi fazilatlarni o‘rgatish, keyin ona tili va adabiyotni
mutolaa qildirishi lozim», - deb hisoblagan Umuman olganda, yozuvning paydo
bo‘lishi kishilik jamiyatining aqliy rivojlanishida, axborot va ma’lumotlarni kerakli
joylarga uzatishda muhim didaktik asoslaridan biri bo‘lgan. Bu haqda Mahmud
Sa’diyning yozuv tarixiga oid tadqiqotlari natijalari ahamiyatlidir. Jumladan, uning
«Yozuv madaniyati beshigi» nomli maqolasida qimmatli manba bor. U
quyidagicha: «Yozuv kishilikning buyuk ixtirolaridan biri hisoblanadi. U
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy-madaniy hayotida katta o‘rin tutadi. O‘rta Osiyo,
xususan, O‘zbekiston tuprog‘i esa yozuv madaniyatining eng qadimgi
o‘choqlaridandir. Bu erda yashab o‘tgan qadim ajdodlarimiz mukammal yozuvlar
yaratib, kishilik sivilizatsiyasi, madaniy-marifiy yuksalishi, yozuv madaniyati
tarixiga munosib ulush qo‘shgan. Sharq xalqlari orasida doimo oldingi saflarda
kelgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan
xalqlarning yozuv madaniyati tarixi ikki ming etti yuz - ikki ming sakkiz yuz
yillarni bo‘ylaydi. Biz hozir yozuv madaniyatining uchinchi ming yilligida
turibmiz. Bu xalqimiz, davlatchiligimiz va ma’naviyatimiz tarixida ulkan
hodisadir» Ushbu fikrning tasdig‘ini professor Mirsodiq Is’hoqovning tadqiqot
ishlarida ham topish mumkin. Uning ta’kidlashicha O‘rta Osiyo xalqlari tomonidan
bundan 2800 yillar muqaddam alifbolar yaratila boshlangan. «Bu yuksak madaniy
hodisa shundan dalolat beradiki, qadim ajdodlarimiz inson nutqining tabiatini
yaxshi bilgan. Yozuvni yaratish yo‘li bilan jamiyatning ma’naviy zaxiralarini
matnda aks ettirish, siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish,
bir so‘z bilan aytganda, davlatchilik boshqaruviga kirib kelish, axborotni makon va
zamon orqali uzatish imkoniyati yuzaga kelgan»,- deb uqtirish bilan birga bu
olimimiz «O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining yozuv madaniyati ilk
qadamlaridanoq tovush va harf belgisining muvofiqligi asosida shakllangan»,
degan xulosaviy fikrni bayon etadi [76. 62 b.].
Ushbu davrda ta’lim mazmuni ilk matematik tafakkurlarni shakllantirilishi
bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning
bu sohadagi xizmati nafaqat diyorimizda, balki butun dunyoda ham mashhur edi,
ya’ni u ixtirochiligi, kashfiyotchiligi va ta’limotchiligi bilan matematika fanida
buyuk inqilob qildi. Uning 1,2,3,4,5,6,7,8,9 arab raqamlari qatoriga nol («0» -yo‘q)
sonini kashf qilib, qo‘shishi bir buyuk ixtiro bo‘lsa, uning yordamida o‘nlik sanoq
sistemasi (pozitsion sanoq sistemasi)ning yaratilishi sonlar nazariyasida yana bir
buyuk kashiiyot edi. Shuningdek, uning sonlar nazariyasi sohasidagi qo‘lga
kiritgan natijalari va ayniqsa, ikkinchi darajali tenglamalarini echish usullarining
topilishi esa uning matematika sohasidagi istiqbolli ta’limotlaridan biri edi.
Hozirda fanda foydalanilayotgan Algoritm nomli termin ham ulug‘ olim
nomidan olingan va fanlar strukturasidagi Algebra fani nomi ham uning «Aljabr
val-muqobola» asarining Aljabr qismidan olingan. Natijada matematika fani o`sha
davrdayoq kishilik jamiyatiga va davlat boshqaruviga keng kirib bordi. Bu bilan
ilmiy qadriyatlar tezlik bilan ma’naviy qadriyatlarga va ta’limda esa ta’limiy
qadriyatlarga aylanishga mustahkam poydevor yaratildi.
5. XIV-XVI asrlardagi dastlabki ta’lim.
Bu davr diyorimizda Sharq Uyg‘onish davrining alohida ahamiyatga ega
bo‘lgan bosqichi edi, chunki bu davrga kelib yurtimizning aqliy salohiyat egalari
dunyoga mashhur bo‘lgan edi. Bunga muqaddas kitobimiz bo`lmish «Avesto»dagi
ta’limot («Ezgu o‘y→Ezgu so‘z→Ezgu amal» tizimining «Yovuz o‘y→Yovuz
so‘z→Yovuz amal» tizimi ustidan g‘alabasi (tantanasi)ning naqadar bunyodkor
ekanligi, matematika ilmining asoslari (Al-Xorazmiy, Ma’mun Akademiyasi va
h.k.), Ershunoslik va minerologiya ilmining asoslari (Abu Rayhon-Beruniy,
Ma’mun Akademiyasi va h.k.), tibbiyot ilmining asoslari (Abu Ali ibn Sino,
Ma’mun Akademiyasi va h.k.) va shu kabilarning diyorimizda yaratilganligini dalil
sifatida qayd etish mumkin.
Demak, bularning hammasini ham dastlabki ta’limsiz amalga oshirib
bo‘lmaydi. Shu sababli bu davr madaniyati va ma’rifatining asosini boshlang‘ich
ta’lim tashkil etganligi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir, ya’ni aksiomadir. Bu
davrga kelib, alohida xattotlar tayyorlandi va ommaviy ta’limga e’tibor
kuchaytirildi. Madrasalar tashkil etildi. Ilmga va ma’rifatga e’tibor har
qachongidan ham kuchaydi. Bu davrni tarixda Amir Temur va Temuriylar davri
deb ataldi. Ilm ma’rifatga qanday e’tibor berilganligini quyidagi ma’lumotdan ham
bilsa bo‘ladi: «Sohibqiron inson tarbiyasi - odob-axloqi, uni adolatni sevishga,
vatanparvarlik va insonparvarlikka o‘rgatishga katta ahamiyat bilan qaragan. U
yoshlarning ilmli bo‘lishini istardi. Shu boisdan har bir shaharda masjidu
madrasalar qurish, ulamo-yu domlalarni moddiy rag‘batlantirish siyosatini amalga
oshirdi.
6. VII-VIII asrlardagi dastlabki ta’lim. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’lim
ko‘pincha oilalarda, mahallalarda ta’lim-tarbiya o‘choqlari tashkil etila boshlandi.
Ba’zan otinoyilar tayyorlanib, ular tomonidan qizlar ham savodxon qilinar edi. Bu
boradagi pedagogik faoliyatga yurtimizning ma’rifatparvar ziyolilari, olimlar,
shoirlar ham bosh qo‘shdi. Ulardan biri Jahon otin Uvaysiydir. U ‘VIII asrning 80-
yillarida dunyoga kelgan va 65 yil umr ko‘rgan. U o‘z davrining peshqadam va
ma’rifatparvar shoirasi bo‘lgan va o‘zining tashabbusi bilan qizlar maktabini
tashkil etgan. U maktabdagi tolibalarga boshlang‘ich ta’lim berib, arab grafikasida
yozish va o‘qishni o‘rgatibgina qolmay, balki qizlarga musiqa va she’r san’atidan
dars berib, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash, radifgo‘ylik va chiston-topishmoq
yaratish uslublarini ham o‘rgatgan. Bu ta’lim usullari shogird qizlarning kuchli
fikrlash mushohadasini o‘stirishga, tevarak-atrofdagi narsalarga e’tibor bilan
qarashga, zehnli, nafis tabli san’atkor sifatida shakllanishiga yordam berishda
Jahon otin Uvaysiyning o‘ziga xos o‘qitish uslubi bo‘lganligidan dalolatdir
Demak, bu davrdagi boshlang‘ich ta’limda savodxonlik asoslarini egallash va
ular asosida asarlarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda inson, insoniyat, jamoa,
jamiyat va davlatlarni qadriyat sifatida o‘quvchilar ongiga singdirilgan. Ushbu
jarayondagi ta’limiy ma’lumotlar o‘quvchilarga ko‘proq og‘zaki tarzda etkazilgan,
ya’ni axborotlarni yodlashga katta e’tibor qaratilgan. Keyinchalik boshlang‘ich
ta’limga tegishli darsliklar ham paydo boia boshladi. Ularda jamiyatning ehtiyoj va
talablari haqidagi tasavvurlar shakllantirildi hamda insonlarning bir-birlari bilan
bo‘lgan muloqoti hayotiy ehtiyoj ekanligini bilishga e’tibor berildi hamda
insonning pulga bo‘lgan ehtiyojini anglash, narx va uning o‘zgarishini bilish, o‘z
tug‘ilgan joyi va o‘lkasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va shu kabilarga e’tibor
berilgan. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’limda oila nima va u qanday tashkil
topishini bilish, oiladagi farzandning burchi kabilar ham boshlang‘ich sinf
o‘quvchisining egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar bo‘lgan.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida har xil ob’ektlar to‘g‘risida
tasavvurlar hosil qilinishi orqali shakllanadigan munosabatlar bilan o‘quvchilarni
tanishtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishga erishiladi. o‘quvchilardagi
oila va oila a’zolari to‘g‘risidagi munosabatlar hamda ta’lim berib tarbiyalash
o‘sha davr ma’rifatparvar ziyolilari ijodida ham uchraydi. Jumladan, o‘sha
davrning iste’dodli shoiri va ustoz-murabbiysi Muhammad Rizo Ogahiy ham
ta’lim va tarbiya birligiga (uyg‘unligiga) katta e’tibor bergan. Dars jarayonida
ustoz-murabbiylarning bolani zeriktirmaslik uchun qunt va ixlos bilan «Ustodi
hunar shior komibga qat’iy amal qilgan holda, o‘z bilimi va pedagogik mahoratini
muttasil oshirib borish lozimligini alohida ta’kidlagan.
Yuqorida ta’kidlanganlaridan ko‘rinib turibdiki, bu davrga kelib «Ustoz-
shogird» tizimi ham to‘liq amaliyotga joriy etilgan. Bu davrning Muhammad Rizo
Ogahiy kabi ma’rifat fidoyilari ijod qilgan. Bunday holatlarni ilm-ma’rifatning
jonkuyarlaridan bo‘lmish Roqim va Munis Xorazmiy asarlarida uchratish mumkin.
Jumladan, ma’rifatparvar murabbiy Roqim (1742-1814) o‘zi yashayotgan davrning
etuk murabbiysini har bir mushkulni hal eta oladigan qobiliyatga ega bo‘lishini va
buning uchun u doimo ilmu hikmat o‘rganishi, ustodu donishmandlar suhbatidan
bahramand bo‘lishini, muttasil dars tayyorlab borishi shart ekanligini ta’kidlasa,
Munis Xorazmiy (1778-1829) «Savodi ta’lim» asarida ilmning qudratli kuch
ekanligini ta’kidlaydi. U maktab va madrasalarda o‘qitiladigan fanlarning mohiyati
to‘g‘risida to‘xtalib, har bir talabaning ilmga bo‘lgan e’tiqodi uning husnixatida
aks etishini ta’kidlaydi.
Demak, Ona diyorimizdagi ma’rifatparvar pedagoglar va mutafakkir
donishmandlar tomonidan yaratilgan pedagogik asarlar va yaratilgan (ixtiro
qilingan) alifbelar, o‘qish kitoblari hamda darsliklaridan maktab va madrasalarda
foydalanib kelingan. Savol-javob usuli asosida ta’lim v oluvchilarda aqliy faollik,
ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari shakllantirilgan hamda go‘zal nutq tarkib
toptirilgan.
7.XIX-XX asrlarda boshlang‘ich ta’lim. Bu davrda o‘lkamizda boshlang‘ich
ta’lim mazmuni yangilangan ko‘rinishni oldi. Bunga sabab o‘lkamizda Evropa va
boshqa Sharq mamlakatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy
o‘zgarishlar turli yo‘llar bilan asta-sekin kirib kela boshladi va bu ayrim
yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlandi.
Bu ayniqsa, Turkiston madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etdi, ya’ni
o‘zbek xalqi va ular ichidan yetishib chiqqan o‘zbek ziyoli -ma’rifatparvarlari o‘z
xalqining milliy-madaniy ongini oshirishda ota-bobolari kabi jasorat, qahramonlik
va fidoyiliklar ko‘rsatdi. Ular keng xalq ommasini savodli qilishga, ularni jaholat
uyqusidan uyg‘onishga intilib maktablar ochdi.
«XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida
jadidchilik harakati keng yoyildi. XX asr boshlarida musulmon maktablarining
bosh islohotchisi Ismoil Gaspiralining nomi butun Sharqqa tanildi va bu o‘z
navbatida Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyandalarining mazkur
yo‘nalishdagi faoliyatlarining jonlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Ona
diyorimizda ham jadidchilik harakatlari namoyandalari paydo bo‘ldi. Ular:
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tolagan Xo‘jamyorov-
Tavallo, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulhamid
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jayev, Polvonniyoz Hojiyusupov,
Ashurali Zohidiy, Abduhamid Burxonov-Munzim, Muhammadsharif So‘fizoda,
Muso Saidjonov, Bobooxun Salimov, Ibrat, Abduqodir Shokuriy, Saidahmadxo‘ja
Siddiqiy-Ajziy, Obidxon Mahmudov, Fayzulla Xo‘jayev, Saidnosir Mirjalolov,
Hoji Muin, Saltarxon Abdulg‘offorov va boshqalar
Ular o‘z davrining muhim masalalarini bosh muammo darajasigacha ko‘tarib
chiqa oldilar va xalqni ilm-fan hamda ma’rifatni egallashga undadilar.
Turkistonning o‘z rivojlanish yo‘lini targ‘ib etishda fidoyilik ko‘rsatdi. Bu borada
ularning milliy maktablar ochib, aholini jaholat uyqusidan uyg‘otishga bo‘lgan
intilishlari o‘zbek xalqi ma’naviy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi.
8.Mustaqillik davrida boshlang‘ich ta’lim. Bu davrga kelib yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga munosabat butunlay o‘zgardi. Mamlakatimizda mustaqillik qo‘lga
kiritilgan kundanoq barkamol avlodni shakllantirish masalasini hal qilish davlat
siyosati darajasigacha ko‘tarildi.
1992-yildayoq O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni
qabul qilindi. Bu qonun bo‘yicha ham anchagina ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Ammo, mazkur qonunni to‘liq hayotda o‘z aksini topish uchun uning har bir
talabini amalga oshirishga qonuniy me’yoriy hujjat kerakligi aniq bo‘lib qoldi.
Shularni e’tiborga olgan holda 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va uni uzluksiz ta’lim tizimida
joriy etish uchun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturb qabul qilindi. Shundan keyin
boshlang`ich ta’lim bo`yicha konsepsiyalar, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi
tahrirdagi Davlat ta’lim standard va uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard
hamda ularga mos o‘quv dasturlari qabul qilindi.
Yuqorida qayd etilgan qonunlar va boshqa davlat me’yoriy hujjatlari
zamonaviy boshlang‘ich ta’limni tashkil etish va uning mazmunini zamonaviy
taraqqiyot
talablari
asosida
shakllantirish
dolzarb
muammo
ekanligini
ta’kidlamoqda. Bunda zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun ilmiy-metodologik
jihatdan istiqbolli yo‘nalish - bu yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar
ruhida tarbiyalashdir, chunki barkamol avlodni shakllantirishning istiqbolli
metodologiyasini tadqiq etish ham uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb
muammolaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |