MUHOKAMA
Shuni aytish lozimki, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari burchaklar haqida biroz mavhumroq
ma‟lumot oladilar: faqat to‟g‟ri va to‟g‟ri emas burchaklarni farqlashni o‟rganib,
burchakning
uchi va tomonlarini ajrata oladilar holos. Bu bosqichda ular burchakning tomonlari nurlardan
iborat ekanligini anglab yetmaydilar. Qog‟oz varagini buklash yo‟li bilan o‟quvchilar to‟g‟ri
burchak modelini hosil qiladilar, ularni burchaklarga qo‟yish usuli
bilan berilgan burchaklar
ichida to‟g‟ri yoki to‟g‟ri emas burchaklarni ajratishni o‟rganadilar. Keyinroq esa malka
modelidan foydalanish o‟quvchilarning «burchakni kattalashtirish (kichiklashtirish)» termini
ma‟nosini anglab yetishga yordam beradi.
O‟quvchilarda burchak to‟g‟risida tasavvurni tarkib toptirishning
murakkabligi sababi shundan
iboratki, ular birinchi marta chegaralanmagan figurani o‟rganishga kirishadilar.
Chegaralanmagan figuralar haqida o‟quvchilarda tasavvur hosil qilish o‟ziga xos xususiyatlarga
ega bo‟lib, uni faqat boshlang‟ich sinf o‟quvchilaridagina emas, balki 5-6-sinf o‟quvchilarida
tarkib toptirish ham murakkab jarayondir.
Siniq chiziq haqida o‟quvchilarda tasavvur hosil qilish uchun o‟qituvchi bir bo‟lak simni olib,
uni o‟quvchilar ko‟z o‟ngida sindirib (bukib) amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.
XULOSA
O‟quvchilarning e‟tiborlari siniq chiziqning bo‟g‟inlari (qismlari) kesmalardan iborat
ekanligiga qaratish kerak. O‟quvchilarning o‟zlari cho‟plardan va plastilin bo‟laklaridan
siniq
chiziq modellarini yasashlari, daftarlariga va doskaga siniq chiziq chizishni o‟rganib olishlari
samarali natija ekanligini anglatadi. Shundan so‟ngina ularga siniq
chiziqlar ochiq va yopiq
bo‟lishi mumkinligi aytish mumkin. Bunda yopiq siniq chiziqlar ko‟pburchaklarning chegaralari
bo‟lishini o‟quvchilar ongiga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bo‟g‟indan iborat yopiq siniq
chiziq uchburchakning chegarasidir.
Shundan keyin o‟quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bo‟g‟ini
uzunligini topish va topilgan sonlarni qo‟shish kerak ekani aytiladi. Siniq chiziq uzunligini
topishga doir mashqlar o‟quvchilarni, ko‟pburchak perimetri tushunchasini idrok qilishga olib
keladi. Perimetrni topilishi kerak bo‟lgan dastlabki figura sifatida uchburchak olinishi maqsadga
muvofikdir. Shundan keyin o‟quvchilarni har xil ko‟pburchaklarning
perimetrlarini topish
bo‟yicha mashq qildirish kerak. Ular orasida teng yonli va teng tomonli uchburchaklar, to‟g‟ri
to‟rtburchaklar, kvadratlar va boshqa figuralar bo‟lishi maqsadga muvofiqdir.
Lekin boshlang‟ich sinflar matematika kursida geometriya elementlari bo‟yicha yangi materialni
o‟rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish o‟quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda tabaqalashtirilgan ta‟limni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Natijada har bir
o‟quvchi mukammal geometrik tasavvurga ega bo‟lishi
bilan bir qatorda, ularning mantiqiy
qobiliyatlarini o‟stirishga erishiladi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
48
REFERENCES
1.
Пишкало A.М. I-IV синфларда Геометрия. – Тошкент:. Ўқитувчи, 1990. – B. 228.
2.
Jumaev M. E. Matematika o‟qitish metodikasi. (OO‟Yu uchun darslik) –Toshkent:. Bayyoz,
2022 yil. – B. 320.
3.
Jumaev
M.
E.
Tadjieva Z.G‟. Boshlang‟ich sinflarda matematika o‟qitish
metodikasi.(OO‟Yu uchun darslik.) –Toshkent:.
Fan va texnologiya, 2005 yil.
4.
Matematika. 4-sinfi uchun darslik. - Toshkent:. O‟qituvchi, 2020. – B.33.
5.
www.pedagog.uz www.ziyonet.uz