hokazo terminlardan foydalaniladi. Shuni
ham aytish
kerakki, bu turdagi topshiriqlarni bajarishda barcha yoshdagi o‟quvchilar qiyinchilikka
uchrashdi. Nuqtadan to‟g‟ri chiziqqacha va ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish
bo‟yicha topshiriqlar nisbatan oson bajariladi. Chunki o‟quvchilar o‟rganish jarayonida faqat
kesmalarni o‟lchashda ularni taqqoslaydilar. Shuning uchun ham ularga quyidagi topshiriq
beriladi. “Nuqtadan uychaga uchta yo‟l bor. Ularni taqqoslang. Agar tenglari bo‟lsa, ularning
ustidan qizil qalam yurgizib chiqing”. Javob taxminan quyidagicha
:
agar bu (zinapoyali qism)
yo‟lni shunday to‟g‟rilasaki (shtrixlangan), u holda bu yo‟llar teng bo‟ladi.(1-rasm).
(1-rasm)
O‟quvchilarda kesmalar o‟lchamini ko‟zda chamalab aniqlash va figuralar elementlarini
tasavvurda (fikran) ko‟chirish kamroq rivojlangan. Bu esa ma‟lum darajada ularni chizish va
taqqoslash asosan chizg‟ich yordamida va katakli qog‟ozda bajarilishidandir.
Endi simmetrik figuralarini bilishga qaratilgan topshiriqlarga to‟xtalib o‟tamiz. Bunda tabiiyki,
“Simmetrik figura”, “Simmetriya o‟qi” terminlari ishlatilmaydi. Mashqlar koordinatalar to‟g‟ri
tushirilgan qog‟ozda bajariladi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
43
Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarini geometriya elementlari bilan tanishtirishdan kuzatilgan asosiy
maqsadlardan biri ularning fazoviy va geometrik figuralar haqida tasavvurlarini tarkib toptirish
va rivojlantirishdan iboratdir.
O‟quvchilarda fazoviy tasavvurlari tarkib toptirish va rivojlantrirsh ko‟p jihatdan ular tomonidan
bajariladigan amaliy mashqlar tizimiga bog‟liqdir. Bunday mashqlarni bajarishda faqat ko‟z
bilan ko‟rish va eshitishgina yetarli bo‟lmaydi, balki ko‟p hollarda va, ayniqsa, dastlabki
bosqichda o‟quvchilar o‟rganilayotgan geometrik figuralarni qo‟llari bilan ushlab ko‟rishi,
sezishi, chizishi, yasashi kerak bo‟ladi. Lekin, geometrik materialni o‟rganishda faqat suhbat
yoki hikoya qilib berish usullaridan foydalanish, mustaqil ishlarni bajarishga yetarli e‟tibor
bermaslik natijasida o‟quvchilar materialni sust qabul qiladilar va ularning geometrik figuralar
haqidagi tasavvurlari mustahkam bo‟lmaydi. Shuning uchun ham o‟qituvchi boshlang‟ich
sinflarda geometriya elementlarini o‟rganishning samarali usullaridan biri bo‟lgan amaliy-
laboratoriya ishlaridan foydalanishi va o‟quvchilardan geometrik figuralar modellarini
qog‟ozdan, simdan, cho‟plardan mustaqil yasash ko‟nikma malakalarini tarkib toptirishga
e‟tiborni kuchaytirishi kerak bo‟ladi.
O‟quvchilar tomonidan doimo va tizimli ravishda modellarni mustaqil yasash, chizish, o‟lchash,
geometrik figuralarni qismlarga bo‟lish va qismlardan boshqa yangi figuralarni yasash kabi
mashqlarni bajarilishi ular tomonidan geometrik materialni o‟zlashtirilishi uchun asos bo‟ladi.
Figuralarni qismlarga ajratish va qismlarni birlashtirish orqali yangi figuralarni hosil qilish kabi
ko‟nikma va malakalarni o‟quvchilarning fazoviy va geometrik tasavvurlarini rivojlantirish bilan
bir qatorda, to‟g‟ri to‟rtburchakning yuzi mavzusini o‟rganish uchun zamin yaratadi.
Bu tirdagi mashqlar uning tarkibidagi tayanch so‟zlarga asosan quyidagi guruhlarga
bo‟linadi.
1.
Chiz, qirqib ol
2.
Chiz, qirqib ol, qismlarga bo‟l
3.
Chiz, qirqib ol, qismlarga bo‟l, bo‟laklardan yasa va ularni bajarish o‟quvchilarda
kiyinchilik tug‟dirmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga mos ravishda quyidagi mashqni keltirib o‟tishimiz mumkin: 4-sinf
matematika darsligidagi mashq. Masalaning berilishi: Katakli qog„oz varag„iga 2-rasmda
ko„rsatilganidek kvadrat chizing. Uni qirqib oling. 2-rasmda ko„rsatilganidek bo„lib chiqing va
qirqib oling. [4]
2-rasm.
Kvadrat qismlaridan shunday shakllar tuzing(3-rasm):
3-rasm.
Boshlang‟ich sinf dasturida bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun geometrik
materialning nazariyasi hamda amaliyotiga keraklicha e‟tibor qaratilgan. Geometrik shakllarni
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
44
yasash, ularni oldin katakli, so‟ngra oq qog‟ozda chizish, modellashtirish, chizmalarda va atrof-
borliqdan ma‟lum geometrik shakllarni tanish, xususan, bu shakl boshqa bir murakkab shaklning
biror bir elementi bo‟lgan holda ham, kabi ishlarni muntazam olib borish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‟ich sinflar matematika kursining dasturiga asosan kesmalarning uzunliklarini o‟lchash
va taqqoslashga katta e‟tibor beriladi. Agar dastlab kesmalarning uzunliklari kataklar bo‟yicha
va masshtabli chizg‟ich yordamida amalga oshirilsa, keyinchalik kesma uzunligini tsirkul va
masshtabli chizg‟ich yordamida o‟lchash amalga oshiriladi.
O‟quvchilarda kesmalar uzunliklarini o‟lchash va taqqoslash ko‟nikmalari tarkib toptirilgach,
berilgan uzunlikdagi kesmalar yasash, to‟g‟ri to‟rtburchak yasashga doir masalalarni yechish
yo‟li bilan ularning bilim ko‟nikma va malakalari mustahkamlanadi. Kesma to‟g‟risida
tasavvurlarni mustahkamlash uchun o‟quvchilarni ularni o‟rab turgan muhitdan to‟g‟ri chiziq
kesmasini ko‟rsatishga doir mashqlar bilan tanishtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‟quvchilar o‟zlari qog‟ozdan, plastilindan va cho‟plardan foydalanib, ko‟pburchak modellarini
yasashi, daftarlarida ko‟pburchaklar chizishi va ularni bo‟yashi, boshqa geometrik figuralar
ichida ko‟pburchaklarni ajratishga doir mashqlarni bajarishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu mashqlarni bajarish natijasida o‟quvchilar ko‟pburchaklar elementlarini to‟g‟ri ko‟rsatishi,
ya‟ni ko‟pburchakning uchi (nuqtalarni ko‟rsatishi), ko‟pburchakning tomoni (kesmalarni
ko‟rsatishi), ko‟pburchakning burchaklarini anglab yetadilar.
Bu mashq esa, o‟quvchilar tomonidan “ixtiyoriy to‟g‟ri to‟rtburchak- to‟rtburchakdir, ixtiyoriy
kvadrat - to‟g‟ri to‟rtbuchakdir” ekanligini anglashiga xizmat qiladi.
Ko‟pburchaklar modellaridan foydalanib, figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan yangi
figuralar tuzishga doir masalalarni yechish mumkin. Shuni ta‟kidlash lozimki, figuradarni
qismlarga ajratish bilan o‟quvchilar birinchi marta kesmani bo‟lish misolida tanishadilar. Ular,
masalan, kesmada biror nuqta belgilangan bo‟lsa, bu nuqta berilgan kesmani ikkita kesmaga
ajratishini bilishadi. Shuning uchun ham ko‟pburchaklarni qismlarga ajratish o‟quvchilar uchun
qiyinlik tug‟dirmaydi. Figuralarni qismlarga bo‟lish va hosil qilingan qismlarda yangi figura
yasashga doir mashqlar o‟quvchilarda, bir tomondan, birlikning ulushi tushunchasini kiritishga
yordam bersa, ikkinchi tomondan, “figuraning yuzi” tushunchasini kiritishda muhim rol
o‟ynaydi.
Boshlang‟ich sinflarda geometriya elementlarini o‟rganishda o‟rganilayotgan material tizimi
xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning alohida yunalishlarini ajrata olishlik muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki o‟rganilishi lozim bo‟lgan mashqlarning mazmuni va xarakterini belgilashga
imkoniyat yaratib aniq darsda ulardan qaysi biri asosiy va qaysi biri tanishtiruv xossasiga ega
ekanligini aniqlashga yordam beradi. Masalan, boshlang‟ich maktab matematika kursida asosan
kesma tushunchasini o‟rganish ko‟zda tutilgan. Bu tushuncha haqida tasavvur hosil qilish uchun
«to‟g‟ri chiziq» tushunchasidan foydalanish kerak bo‟ladi. Lekin bunday o‟qituvchi to‟g‟ri
chiziq tushunchasi bilan o‟quvchilarni tanishtirishi zarur degan xulosa kelib chikmasligi lozim,
chunki bu holda asosan maqsad o‟quvchilarni kesma bilan tanishtirish bo‟lib, to‟g‟ri chiziq
tushunchasi faqat tanishuv xarakteriga ega bo‟ladi. Shuning uchun ham o‟quvchilar qisqa holda
to‟g‟ri chiziq va egri chiziqlar bilan tanishtirilgandan so‟ng ularning kesma to‟g‟risidagi bilimlari
chuqur va asosli ravishda tarkib toptiriladi.
Ko‟pburchaklarni o‟rganishda ularning qog‟ozdan qilingan modellaridan foydalanish, daftarda
ko‟pburchaklarni chizish va bo‟yash muhim ahamiyatga egadir, chunki boshlang‟ich sinflarda
ko‟pburchaklar tekislikning qismi sifatida qaraladi. Ma‟lumki, matematika kursida ko‟pburchak
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
45
tushunchasining ikkita ta‟rifi mavjud bo‟lib, ularning biri bo‟yicha ko‟pburchak yopiq siniq
chiziq sifatida ta‟riflanadi, ikkinchisi bo‟yicha esa ko‟pburchak- tekislikning qismi sifatida
qaraladi.
Yuqorida ta‟kidlab o‟tilganiday boshlang‟ich sinflarda ko‟pburchak: tekislikning qismi sifatida
o‟rganiladi. Lekin boshlang‟ich sinflarda matematika o‟qitish tajribasi shuni ko‟rsatmoqdaki,
ko‟p o‟quvchilar ko‟pburchak va yopiq siniq chiziqlarni ajrata olmaydilar. Shuning uchun ham
geometrik mashqlar tizimiga «yopiq siniq chiziq» tushunchalarining mohiyatini ochib beruvchi
mashqlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni yechish va ularni yechishda taqqoslash
va qarama-qarshi qo‟yish usullaridan foydalanish o‟quvchilar tomonidan bu tushunchalarni ongli
o‟zlashtirish uchun asos yaratadi va keyinroq ba‟zi o‟quvchilar tomonidan yo‟l qo‟yiladigan
xatolik: ya‟ni to‟g‟ri to‟rtburchakning yuzini topish o‟rniga uning perimetrini topish va aksincha,
to‟g‟ri to‟rtburchak perimetrini topish o‟rniga uning yuzini topish kabi xatoliklarni oldini olishga
xizmat qiladi.
Ko‟pburchaklarning modellaridan foydalanib, figuralarni tasniflashga doir turli xil mashqlarni
bajarish mumkin. Agar dastlab bu mashqlar belgilarni (alomatlarni) ajratishga qaratilagn bo‟lsa,
masalan: [1]
a) Bu shakllar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? (4-rasm)
4-rasm.
b) Bu yerda qaysi ko‟pburchak yo‟q bo‟lsa, uni daftaringizga chizing.(5-rasm)
5-rasm.
Shunga o‟xshash tasniflashga doir soddadan murakkabga boruvchi mashqlar majmuasidan iborat
bo‟ladi.
V) Shakllarni bir so‟z bilan ayting, bunda to‟rtbuchak nechta? Qaysi shakllar ikkitadan to‟g‟ri
burchakka ega? (6-rasm)
6-rasm.
Chizmaga qarang va undagi shakllar nima deb atalishini ayting?
G) To‟rtburchaklar orasidan to‟g‟ri to‟rtburchaklarni toping. To‟g‟ri to‟rtburchaklar orasidan
kvadratlarni ajtating. (7-rasm)
7-rasm.
Bu mashq esa o‟quvchilar tomonidan «ixtiyoriy to‟g‟ri to‟rtburchak-to‟rtburchakdir ixtiyoriy
kvadrat-to‟g‟ri to‟rtburchakdir» ekanligini anglashiga xizmat qiladi.
Ko‟pburchaklar modellaridan figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan yangi figuralar
tuzishga doir masalalanri yechish mumkin. Shuni ta‟kidlash lozimki, figuralarni qismlarga
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
46
ajratish bilan o‟quvchilar birinchi marta kesmani bo‟lish misolida tanishadilar. Ular, masalan,
kesmada biror nuqta belgilangan bo‟lsa, bu nuqta berilgan kesmani ikkita kesmaga ajratishini
bilishadi. Shuning uchun ham ko‟pburchaklarni qismlarga ajratish o‟quvchilar uchun qiyinchilik
tug‟dirmaydi.
Figuralarni qismlarga bo‟lish va hosil qilingan qismlarda yangi figura yasashga doir mashqlar
o‟quvchilarda, bir tomondan, birlikning ulushi tushunchasini kiritishga yordam bersa, ikkinchi
tomondan, «figuraning yuzi» tushunchasini kiritishda muhim rol o‟ynaydi.
Shuning uchun ham dastlabki bosqichda bunday mashqlarni bajarishda figuralarning qog‟oz
modellaridan foydalanib, qaychi yordamida qirqib berilgan figurani qismlarga so‟ngra bu
qismlardan talab etilayotgan figura tuzilsa, keyinchalik esa bunday masalalar yechimini
o‟quvchilar chizmalarda va ongida bajaradilar.
Masalan: Har bir shaklni to‟g‟ri to‟rtburchak va 2 ta uchburchakka ajrating(8-rasm). [1]
8-rasm.
Figurani bo‟laklarga bo‟lishning xususiy holi bu figurani teng bo‟laklarga bo‟lishdir.
O‟quvchilar kesmalarni, ko‟pburchaklarni teng qismlarnga bo‟lishni o‟rganadilar.
Boshlang‟ich sinflar uchun Davlat ta‟lim standarti talabiga asosan boshlang‟ich sinflarda
o‟quvchilar tevarak-atrofdagi geometrik shakllarni tanish, topa olish ko‟nikma va malakalarini
egallashlari talab etiladi. Demak, o‟quvchilar atrof-muhitda geometrik figuralarni tanishga doir
mashqlar bilan bir qatorda:
1. Murakkab geometrik figuralarda tanish figuralarni topishga doir mashqlar, masalan,
uchburchaklar nechta, kvadratlar nechta, to‟g‟ri to‟rtburchaklar nechta ekanligini talab qiluvchi
mashqlar beriladi.
2. Umumiy elementga ega bo‟lgan figuralarni izlashga doir mashqlar bilan, masalan,
a) VD kesma umumiy bo‟lgan beshta shaklni ayting?
b) AE kesma qaysi shakllar uchun umumiy bo‟ladi? (9-rasm)
9-rasm.
v) Murakkab geometrik figuralarda bir nechta figuraning umumiy qismidan iborat bo‟lgan
figurani topishga doir mashqlar bilan, masalan chapdagi rasmdan 5 ta uchburchak, o‟ngdagi
rasmdan 5 ta to‟rtburchak topib tanishadilar (10-rasm). [2]
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
47
10-rasm.
Biz yuqorida o‟quvchilarda burchak haqida dastlabki tasavvur hosil qilishda uni
«uchburchakning uzib olingan» burchagi sifatida talqin etilishi haqida aytib o‟tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |