Boshlang’ich matematika kursida beriladigan geometrik masalalarning o’rni abdullayeva Nafisa Anvarovna



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187426
1   2   3   4   5
boshlang-ich-matematika-kursida-beriladigan-geometrik-masalalarning-o-rni

MUHOKAMA 
Shuni aytish lozimki, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari burchaklar haqida biroz mavhumroq 
ma‟lumot oladilar: faqat to‟g‟ri va to‟g‟ri emas burchaklarni farqlashni o‟rganib, burchakning 
uchi va tomonlarini ajrata oladilar holos. Bu bosqichda ular burchakning tomonlari nurlardan 
iborat ekanligini anglab yetmaydilar. Qog‟oz varagini buklash yo‟li bilan o‟quvchilar to‟g‟ri 
burchak modelini hosil qiladilar, ularni burchaklarga qo‟yish usuli bilan berilgan burchaklar 
ichida to‟g‟ri yoki to‟g‟ri emas burchaklarni ajratishni o‟rganadilar. Keyinroq esa malka 
modelidan foydalanish o‟quvchilarning «burchakni kattalashtirish (kichiklashtirish)» termini 
ma‟nosini anglab yetishga yordam beradi. 
O‟quvchilarda burchak to‟g‟risida tasavvurni tarkib toptirishning murakkabligi sababi shundan 
iboratki, ular birinchi marta chegaralanmagan figurani o‟rganishga kirishadilar. 
Chegaralanmagan figuralar haqida o‟quvchilarda tasavvur hosil qilish o‟ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‟lib, uni faqat boshlang‟ich sinf o‟quvchilaridagina emas, balki 5-6-sinf o‟quvchilarida 
tarkib toptirish ham murakkab jarayondir. 
Siniq chiziq haqida o‟quvchilarda tasavvur hosil qilish uchun o‟qituvchi bir bo‟lak simni olib, 
uni o‟quvchilar ko‟z o‟ngida sindirib (bukib) amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. 
XULOSA
O‟quvchilarning e‟tiborlari siniq chiziqning bo‟g‟inlari (qismlari) kesmalardan iborat 
ekanligiga qaratish kerak. O‟quvchilarning o‟zlari cho‟plardan va plastilin bo‟laklaridan siniq 
chiziq modellarini yasashlari, daftarlariga va doskaga siniq chiziq chizishni o‟rganib olishlari 
samarali natija ekanligini anglatadi. Shundan so‟ngina ularga siniq chiziqlar ochiq va yopiq 
bo‟lishi mumkinligi aytish mumkin. Bunda yopiq siniq chiziqlar ko‟pburchaklarning chegaralari 
bo‟lishini o‟quvchilar ongiga yetkazish muhimdir. Masalan, uchta bo‟g‟indan iborat yopiq siniq 
chiziq uchburchakning chegarasidir. 
Shundan keyin o‟quvchilarga siniq chiziq uzunligini topish uchun uning har bir bo‟g‟ini 
uzunligini topish va topilgan sonlarni qo‟shish kerak ekani aytiladi. Siniq chiziq uzunligini 
topishga doir mashqlar o‟quvchilarni, ko‟pburchak perimetri tushunchasini idrok qilishga olib 
keladi. Perimetrni topilishi kerak bo‟lgan dastlabki figura sifatida uchburchak olinishi maqsadga 
muvofikdir. Shundan keyin o‟quvchilarni har xil ko‟pburchaklarning perimetrlarini topish 
bo‟yicha mashq qildirish kerak. Ular orasida teng yonli va teng tomonli uchburchaklar, to‟g‟ri 
to‟rtburchaklar, kvadratlar va boshqa figuralar bo‟lishi maqsadga muvofiqdir. 
Lekin boshlang‟ich sinflar matematika kursida geometriya elementlari bo‟yicha yangi materialni 
o‟rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish o‟quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tabaqalashtirilgan ta‟limni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Natijada har bir 
o‟quvchi mukammal geometrik tasavvurga ega bo‟lishi bilan bir qatorda, ularning mantiqiy 
qobiliyatlarini o‟stirishga erishiladi.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
48 
REFERENCES 
1.
Пишкало A.М. I-IV синфларда Геометрия. – Тошкент:. Ўқитувчи, 1990. – B. 228.
2.
Jumaev M. E. Matematika o‟qitish metodikasi. (OO‟Yu uchun darslik) –Toshkent:. Bayyoz, 
2022 yil. – B. 320. 
3.
Jumaev 
M. 
E. 
Tadjieva Z.G‟. Boshlang‟ich sinflarda matematika o‟qitish 
metodikasi.(OO‟Yu uchun darslik.) –Toshkent:. Fan va texnologiya, 2005 yil.
4.
Matematika. 4-sinfi uchun darslik. - Toshkent:. O‟qituvchi, 2020. – B.33. 
5.
www.pedagog.uz www.ziyonet.uz

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin