2-bob bo‘yicha xulosa
III-bob. Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi
bo‘ycha metodik tavsiyalar.
3.1. Boshlang‗ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslardan
namunalar.
Umumiy xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yhati.
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
O‗zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‗lidagi
bosh g‗oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot borpo etishdir.
O‗zbekiston mustaqilligi tufayli Vatanga e‘tiqod, milliy munosabat madaniyati
xalqimizning barcha orzu intilishlarida, amaliy faoliyatida va yorug‗ kelajagida
yetakchi o‗rinni egallab kelmoqda.
Yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan
bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‗lib
yetishishga sharoit tug‗dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‗jaligini, sanoat
ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‗zgartira olmaymiz.Yana bir narsani biz hech
qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste‘dodli yoshlarga sharoit yaratishdir.
O‗tgan yillarimizga, o‗tgan yo‗llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob
qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta‘limda
butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma‘noda o‗tish va unga moslashish
davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖ bizga eski usullardan voz kechib ta‘limning xar bir
qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo‗lsa‖ 2004-2009 yillarda Maktab
ta‘limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi‖ esa qo‗lga kiritilgan
imkoniyatlarni: takomillashgan Davlat ta‘lim standartlari, o‗quv dasturlari, davlat
talablari yangi o‗quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos
jixozlangan maktablarda, zamonaviy o‗quv xonalarida amaliyotga joriy etish
imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyat
qurish sohasidagi ishlarining samaradorligini yuqori malakali, yuksak
ma‘naviyatli rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassis
tayyorlash, yosh avlodni shakllantirish muammosi bilan ishlab chiqilib Oliy
majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan ―Kadrlar tayyorlash‖, ―Ta‘lim
to‗g‗risida‖gi Qonun, Vazirlar Maxkamasining umumiy o‗rta ta‘lim, akademik
5
litseylari va kasb-xunar kollejlarini tashkil etish xaqidagi va boshqa qarorlari ana
shu maqsadlari ro‗yobga chiqarishga qaratilgan.
Bu xujjatlarda kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta‘lim tizimiga erishilgan
yutuqlar bilan bir qator mavjud kamchilik va muammolar ham ko‗rsatilgan
jumladan maktablar o‗quv yurtlaridan ta‘lim jarayonining o‗zidagi va o‗qitish
uslubiyotidagi kamchiliklar oqibatida o‗quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati
rivojlanmay qolayotganligi, umumiy o‗rta ta‘limning amaliy yo‗nalmaganligi,
kasbga yo‗nalganlik darajasini baxolash tizimida ob‘ektivlik va tezkorlikni
ta‘minlanmayotganligi,
pedagoglarning
katta
qismi
yaxshi
tayyorgarlik
ko‗rmaganligi, bilim va kasb saviyasi pastligi shular jumlasidandir. Kadrlar
tayyorlash va ta‘lim tizimidagi o‗quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni
izchillik bilan bosqichma-bosqich hal etish yo‗llari va vositalari yuqorida tilga
olingan davlat xujjatlarida belgilab berilgan.
Hozirgi kunda umum ta‘lim maktablarida mamlakatimiz xalq xo‗jaligi
uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlashda dunyo mamlakatlari ta‘limi-
tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatiga ega. Interfaol ta‘lim yutuqlarni
amaliyotga tadbiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish dolzarb
muammolardan biri sanaladi.
O‗quv-uslubiy adabiyotlar majmualarni, yangi interfaol metodlarini
texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan davlat va
jamoat muassasalari, ta‘lim va fan o‗qituvchilar, tadqiqotchilar tomonidan katta
ishlarni bajarishni ta‘lim-tarbiya, interfaol ta‘lim sohasidagi ta‘lim jarayonini
ishlab chiqish va ilmiy tajriba sinovlardan o‗tkazish ilmiy asoslangan tavsiyalar
ishlab chiqishni taqazo etadi.
Uzluksiz ta‘lim tizimi xodimlari, pedagog o‗qituvchilarning zamonaviy
ta‘lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta‘lim jarayonida
samarali qo‗llay olishlari, shuningdek, ta‘lim jarayonida tashkil etishda nisbatan
ijodiy yondoshuvning qaror topishi xar tomonlama rivojlangan ma‘naviy-
barkamol yoshlarni tarbiyalab ularni raqobatbardosh, yetuk mutaxasislar bo‗lib
yetishishiga zamin yaratdi.
6
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta‘lim tizimi amaliyotida interfaol
ta‘limlaridan tabora kengroq foydalanilmoqda.
Bugungi kun talabidan kelib chiqqan xolda boshlang‗ich sinflarda interfaol
metod asosida ―Atrofimizdagi olam‖ predmetini o‗rganish jarayoni va uni
samaradorligini tashkil etish bo‗yicha ilmiy-metodik va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqish nihoyatda dolzarb masaladir.
Muammoning o‗rganilganlik darajasi: Innovasion pedagogika, pedagogik
texnologiyalarning yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishda ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borganlar. O‗zbekistonda N.Azizxo‗jaeva, J.Yo‗ldoshev, A.Aliqulov,
N.Do‗stanov, A.Gomish, R.Ishmuxammedov, M.Ochilov, N.Saidaxmedov,
B.Farberman, O‗.Tolipov va boshqalar. MDH davltlarida jumladan Rossiyada,
A.Atutov, V.Bespal‘ko, Yu.Babanskiy, T.Raboy, M.Klarin va boshqalar. Xorijiy
davlatlarda esa Djeni Still, G.Dayana, Kert Meredis, B. Inxeldel, Charloz Templ,
D.Kluster, J..Gimans va boshqalar, N.Azizxo‗jaeva o‗z tadqiqotlaridan pedagogik
texnologiyalarni qo‗llashni ilmiy-nazariy asoslariga hamda o‗qitishning
zamonaviy muammolarini ochib berishga alohida etibor qaratgan.
R.Ishmuxammedov Innovasion texnologiyalarn qo‗llagan xolda o‗tkazilishi
mumkin bo‗lgan mashg‗ulotlardan ba‘zilarini o‗tkazilish metodikasi, darsga kirish
va uni taxlil qilish texnikasi xamda akademik litsey va umumta‘lim maktablarida
o‗tkaziladigan turli ritual, tadbirlarni o‗tkazishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar.
Bizgacha Primqulova N. ―Interfaol metodlar vositasida ta‘lim-tarbiya
samaradorligini oshirish muammolari‖, Sanaeva N. ―Ta‘lim samaradorligini
ta‘minlashda o‗qitishning noan‘anaviy shakllardan foydalanish yo‗llari‖, Bektaev
A. ―O‗quvchilar faolligini oshirishda ta‘limning interfaol metodlaridan
foydalanishning pedagogik asoslari‖ mavzusidagi magistrlik dissertasiyalarini
tadqiq etishgan. Taxlilarni o‗rganish asosida biz quyidagi mavzu bo‗yicha
tadqiqoti o‗tkazilmaganligi aniqlandi va bitiruv malakaviy ishmizning mavzusini
―Boshlang‘ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi‖ deb nomladik.
Dostları ilə paylaş: |