17
brigadir javob bergan. Bunday ta‘lim bolalarning o‗quv
faoliyati uchun
ma‘suliyatini pasaytirgan.
Maktab barham topishining noto‗g‗ri pedagogik konsepsiyalari davrida
ta‘limning ―loyihalar metodi‖ deb atalgan shakli vujudga kelgan. Unda
o‗quvchilar o‗qituvchining topshirig‗i bo‗yicha qandaydir ob‘ektning loyihasini
tayyorlaganlar. Mazkur g‗oyalar mualliflarinig aytishicha, o‗quvchilar
loyihani
tuzishda o‗quv rejasi bo‗yicha o‗tiladigan predmetlarga doir kompleks bilimlarni
o‗zlashtirgan.
So‗nggi yigirma yil mobaynida pedagogika nazariyasi kombinatsiyalashgan
darsni
o‗rganishdan
darsni
elementlari
bo‗yicha
bosqichma-bosqich
o‗zlashtirishga, undan sintetik va nihoyat, muammoli o‗rganishga o‗tdi.
Tadqiqotlarning uzviyligi va uzviy yondashishi to‗g‗risida juda ko‗p ilmiy
adabiyotlar mavjud. Masalan, M.I.Maxmutov, T.D.Kirilova, F.F.Korolyov va
E.G.Yudinlarning hozirga zamon darsi,
uni tashkil etish shakli, kamol toptiruvchi
ta‘lim sharoitdagi dars nazariyasi va amaliyoti, muammoli dars va xokozolarga
doir kitoblarida darsga sistema sifatida qaralsagina,
uni chuqur tushunish
mumkinligi qayd qilingan. Lekin pedagoglar 70-yillardagina darsni o‗rganish va
tushuntirishga sistemali yondashish zarurligini to‗la angladilar. Fanlar
rivojlanishining hozirgi bosqichida darsni qanday tushunish kerak?
Dars nazariyasida hozirgacha bu tushunchaning yangi ta‘riflari yo‗q. Ko‗p
ta‘riflarda xuddi ilgarigidek, dars ma‘lum vaqt mobaynida tarkibi o‗zgarmaydigan
o‗qituvchi va o‗qituvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‗lib, u bolalarni
o‗qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun
muntazam qo‗llanishi
ifodalangan
.
Darsda o‗quv-tarbiya ishlarining
barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, metodlar,
tashkil etish va
boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik elementlari mujassamlashgan,
deb hisoblash qabul qilingan.
Tabiiyki, dars yaxlit ta‘lim jarayonini o‗quv-tarbiya ishining boshqa tashkiliy
shakllari uy vazifasini bajarish, predmet to‗garaklarining mashg‗ulotlari, sayrlar
va hokozolar bilan uzviy birlikda aks ettiradi. ―Darsni ikki jihatdan: umuman,
18
ta‘lim jarayoni va ta‘limni tashkil etish shakli sifatida ta‘riflab
uni foydali deb
hisoblash taklifi bor (M.I.Maxmutov). Ta‘limga umumiy jarayoni dars o‗qitish
harakatining ta‘lim mazmuni, prinsiplari va metodlari bilan belgilanadigan,
ma‘lum makon-zamon chegaralarida o‗qituvchi rejalashtiradigan hamda
boshqaradigan birlikdagi ob‘ekt o‗qituvchi va o‗quvchilar amalga oshiradigan
asosiy shaklidir. Mazkur tushuncha ikkinchi
nuqtai nazardan quyidagicha
ta‘riflanadi;
dars
ma‘lum
tarkibdagi
o‗qituvchilar (muallimlar) bilan
o‗quvchilarning maqsadga muvofiq o‗zaro ta‘siri (faoliyatlari va aloqalari)
jarayonini tashkil etishning, ta‘lim mazmuni, shakllari, metodlari, vositalarini o‗z
ichiga oladi, ta‘lim jarayonida o‗qitish, kamol toptirish va tarbiyalash vazifalarini
amalga oshirish uchun (bir xil vaqt ichida) muntazam qo‗llanadigan boy va
o‗zgaruvchan shaklidir‖.
Dostları ilə paylaş: