O‘n birinchidan
, o‗z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun
kurashuvchilarga, adolatsizlikka, jabr-zulm o‗tkazuvchilarga nafrat bilan
qaraydigan bo‗lsin, go‗zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga taqdim
etgan holda, odamlarni adolatga targ‗ib etadigan holda, adolatsizlik natijalarini
yo‗qotadigan, ularga yo‗l qo‗ymaydigan bo‗lsin:
O‘n ikkinchidan
,
adolatli bo‗lsin, ammo qaysar bo‗lmasin, adolat oldida,
adolatsizlik, pastkashlik oldida qat‘iy so‗zlik bo‗lsin, o‗zi zarur deb bilgan
narsasini amalga oshirishda qat‘iylik ko‗rsatsin, qo‗rqmas, jasur bo‗lsin, qo‗rqish
va ojizlikni bilmasin: Ta‘lim-tarbiya ahllari ham o‗z bilimlarining darajasiga
qarab bir-birlaridan farq qiladilar, ortiq kam bo‗ladilar. Ularning ba‘zi birlarida
kashf, ixtiro quvvati bo‗lmaydi, ba‘zilarida esa bu quvvat kamroq bo‗ladi.
4.
Biz tarixdan bilamizki Amir Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik
qilgan davr Movarounnaxr tarixida alohida o‗rin egallaydi. Chunki bu davrlarda
Samarqand, Hirot shaxarlarida ma‘daniyat, ilm-fan rivojlanib bordi.
Dastavval, shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-ahloq, iymon, e‘tiqod,
ta‘lim-tarbiyada o‗zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir.
Bunga ishonch xosil qilish uchun bobomizning o‗zi tomonidan yaratilgan odob-
ahloqga oid dasturlar, o‗gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqida
tarixiy asarlarni ko‗zdan kechirish kifoya. ―Tuzuki Temuriy‖(―Temur tuzuklari)‖,
―Marfuzaota Temuriy‖ (―Temurning aytganlari‖) va ―Vakiota Temuriy‖
(―Temurning boshidan kechirganlari‖) nomi bilan jahonga mashhur bo‗lgan
asarlarida Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma‘no
o‗gitlarining xar biri mazmun va ma‘no kengligi, kuchliligi, teranligi, ta‘siri,
umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilgan bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu
asarlarni qadrli xazina odob-axloqga oid dasturlar deya olamiz.
5.
Xalqimiz asrlar osha ardoqlab, e‘zozlab kelgan, milliy ma‘daniyatimiz,
fanimiz, ma‘naviyatimizni shakllanishiga bebaho hissa qo‗shgan buyuk
siymolardan biri yetuk davlat arbobi, munajjim, matematik, handasa ilmining
buyuk namoyondasi, musiqashunos, shoir va nihoyat pedagogika fani rivojiga
barakali hissa qo‗shgan zabardast olim Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek edi.
14
1398 yildan Ulug‗bekga Hamza ibn Ali qissago‗y qilib tayinlandi. Uning
yordamida 4 yoshidayoq o‗qish va yozishni o‗rgandi.
Muhammad Tarag‗ayning ilmiy, ma‘daniy kamoloti ana shunday muhitda
shakllanib, sayqallanib bordi. Ma‘lumki, musulmon davlat tuzumida ikki asosiy
bosqich: ibtidoiy maktablar va o‗rta madrasalar mavjud edi. Ulug‗bek davrigacha
ham bu tizim saqlanib qolgan. Lekin Ulug‗bekning tashabbusi bilan ta‘limning
boshlang‗ich bo‗g‗ini sifatida barcha mahallalarda qorixona va daloilxonalar qaror
topdi.
Allomaning fikricha fanni egallash, loaqal savod chiqarish muhim masala edi.
Ibtidoiy maktablarda o‗qish muddati qat‘iy chegaralab qo‗yilmagan edi. O‗quvchi
belgilab qo‗yilgan miqdordagi bilimlarni (aksariyat diniy bilimlarni) egallay
olmasa, u 15-20 yillab o‗qishda qolib ketishi mumkin edi.
Ulug‗bek tashkil etgan daloilxonalarda o‗qish muddatini qat‘iy 8 yil qilib belgilab
qo‗yilgan. Shuningdek, dars berishning individual usulidan ―jamoa‖ usuliga
o‗tkazildi. Bunda har bir guruxda yosh jihatiga ko‗ra 15-20 o‗quvchi bir vaqtda
saboq olar edilar. Bu endi dars o‗tishning sinf sistemasiga yaqinlashish edi.
Daloilxonalarni muvaffaqiyatli bitirgan bolalar o‗rta ta‘lim madrasalarida bilim
olishga yo‗naltirilganlar.
Ulug‗bek keng ko‗lamda ilmiy tadqiqotlar o‗tkaza olishga qodir, ilmiy
kashfiyotlarni amalga oshira oladigan oliy bosqichdagi madrasalar bo‗lishini ham
orzu qilgan.
1417 yilda Buxoroda, 1420 yilda Samarqandda, 1433 yilda G‗ijduvonda
qurilgan edi. Shuning uchun ham biz Ulug‗bek haqli ravishda Samarqandda oliy
ta‘lim tizimiga asos solgan deya olamiz.
6.
O‗zbek adabiyotining asoschisi,shoir, olim, ma‘rifatparvar, faylasuf,
musiqashunos davlat arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy Hirotda tug‗ilib, shu
yerda yashab ijod etgan. U o‗zining ―Xamsa‖, ―Maxbub ul-qulub‖ kabi yirik
ta‘limiy-ahloqiy asarlarida, shuningdek, ―Munojot‖, ―Vaqfiya‖, ―Majolisun
nafois‖, ―Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asarlarida tarbiyaga oid o‗z qarashlarini ifoda
etadi.
15
Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak
qadrlagan. U ―Bilim va donishmandlik insonning bezagidir‖-deb yozadi. Navoiy
bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani
hayot ―chirog‗i‖ deb ta‘riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir.
Alisher Navoiy pedagog-mudarris. U, ta‘lim-tarbiya masalalariga alohida e‘tibor
berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‗rsatadi. U ta‘limda
Dostları ilə paylaş: |