Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix31.08.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#141133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
boshlangich sinf darslarining takomillashtirishga integratsion va innovatsion yondoshuv

O‘n birinchidan
, o‗z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun 
kurashuvchilarga, adolatsizlikka, jabr-zulm o‗tkazuvchilarga nafrat bilan 
qaraydigan bo‗lsin, go‗zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga taqdim 
etgan holda, odamlarni adolatga targ‗ib etadigan holda, adolatsizlik natijalarini 
yo‗qotadigan, ularga yo‗l qo‗ymaydigan bo‗lsin: 
O‘n ikkinchidan
,
adolatli bo‗lsin, ammo qaysar bo‗lmasin, adolat oldida, 
adolatsizlik, pastkashlik oldida qat‘iy so‗zlik bo‗lsin, o‗zi zarur deb bilgan 
narsasini amalga oshirishda qat‘iylik ko‗rsatsin, qo‗rqmas, jasur bo‗lsin, qo‗rqish 
va ojizlikni bilmasin: Ta‘lim-tarbiya ahllari ham o‗z bilimlarining darajasiga 
qarab bir-birlaridan farq qiladilar, ortiq kam bo‗ladilar. Ularning ba‘zi birlarida 
kashf, ixtiro quvvati bo‗lmaydi, ba‘zilarida esa bu quvvat kamroq bo‗ladi. 
4.
Biz tarixdan bilamizki Amir Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik 
qilgan davr Movarounnaxr tarixida alohida o‗rin egallaydi. Chunki bu davrlarda 
Samarqand, Hirot shaxarlarida ma‘daniyat, ilm-fan rivojlanib bordi. 
Dastavval, shuni aytish kerakki, Amir Temur odob-ahloq, iymon, e‘tiqod, 
ta‘lim-tarbiyada o‗zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir.
Bunga ishonch xosil qilish uchun bobomizning o‗zi tomonidan yaratilgan odob-
ahloqga oid dasturlar, o‗gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqida 
tarixiy asarlarni ko‗zdan kechirish kifoya. ―Tuzuki Temuriy‖(―Temur tuzuklari)‖, 
―Marfuzaota Temuriy‖ (―Temurning aytganlari‖) va ―Vakiota Temuriy‖ 
(―Temurning boshidan kechirganlari‖) nomi bilan jahonga mashhur bo‗lgan 
asarlarida Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma‘no 
o‗gitlarining xar biri mazmun va ma‘no kengligi, kuchliligi, teranligi, ta‘siri, 
umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilgan bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
asarlarni qadrli xazina odob-axloqga oid dasturlar deya olamiz. 
5. 
Xalqimiz asrlar osha ardoqlab, e‘zozlab kelgan, milliy ma‘daniyatimiz, 
fanimiz, ma‘naviyatimizni shakllanishiga bebaho hissa qo‗shgan buyuk 
siymolardan biri yetuk davlat arbobi, munajjim, matematik, handasa ilmining 
buyuk namoyondasi, musiqashunos, shoir va nihoyat pedagogika fani rivojiga 
barakali hissa qo‗shgan zabardast olim Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek edi. 


14 
1398 yildan Ulug‗bekga Hamza ibn Ali qissago‗y qilib tayinlandi. Uning 
yordamida 4 yoshidayoq o‗qish va yozishni o‗rgandi. 
Muhammad Tarag‗ayning ilmiy, ma‘daniy kamoloti ana shunday muhitda 
shakllanib, sayqallanib bordi. Ma‘lumki, musulmon davlat tuzumida ikki asosiy 
bosqich: ibtidoiy maktablar va o‗rta madrasalar mavjud edi. Ulug‗bek davrigacha 
ham bu tizim saqlanib qolgan. Lekin Ulug‗bekning tashabbusi bilan ta‘limning 
boshlang‗ich bo‗g‗ini sifatida barcha mahallalarda qorixona va daloilxonalar qaror 
topdi.
Allomaning fikricha fanni egallash, loaqal savod chiqarish muhim masala edi. 
Ibtidoiy maktablarda o‗qish muddati qat‘iy chegaralab qo‗yilmagan edi. O‗quvchi 
belgilab qo‗yilgan miqdordagi bilimlarni (aksariyat diniy bilimlarni) egallay 
olmasa, u 15-20 yillab o‗qishda qolib ketishi mumkin edi. 
Ulug‗bek tashkil etgan daloilxonalarda o‗qish muddatini qat‘iy 8 yil qilib belgilab 
qo‗yilgan. Shuningdek, dars berishning individual usulidan ―jamoa‖ usuliga 
o‗tkazildi. Bunda har bir guruxda yosh jihatiga ko‗ra 15-20 o‗quvchi bir vaqtda 
saboq olar edilar. Bu endi dars o‗tishning sinf sistemasiga yaqinlashish edi. 
Daloilxonalarni muvaffaqiyatli bitirgan bolalar o‗rta ta‘lim madrasalarida bilim 
olishga yo‗naltirilganlar. 
Ulug‗bek keng ko‗lamda ilmiy tadqiqotlar o‗tkaza olishga qodir, ilmiy 
kashfiyotlarni amalga oshira oladigan oliy bosqichdagi madrasalar bo‗lishini ham 
orzu qilgan. 
1417 yilda Buxoroda, 1420 yilda Samarqandda, 1433 yilda G‗ijduvonda 
qurilgan edi. Shuning uchun ham biz Ulug‗bek haqli ravishda Samarqandda oliy 
ta‘lim tizimiga asos solgan deya olamiz. 
 6.
O‗zbek adabiyotining asoschisi,shoir, olim, ma‘rifatparvar, faylasuf, 
musiqashunos davlat arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy Hirotda tug‗ilib, shu 
yerda yashab ijod etgan. U o‗zining ―Xamsa‖, ―Maxbub ul-qulub‖ kabi yirik 
ta‘limiy-ahloqiy asarlarida, shuningdek, ―Munojot‖, ―Vaqfiya‖, ―Majolisun 
nafois‖, ―Muhokamat ul-lug‗atayn‖ asarlarida tarbiyaga oid o‗z qarashlarini ifoda 
etadi. 


15 
Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak 
qadrlagan. U ―Bilim va donishmandlik insonning bezagidir‖-deb yozadi. Navoiy 
bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani 
hayot ―chirog‗i‖ deb ta‘riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. 
Alisher Navoiy pedagog-mudarris. U, ta‘lim-tarbiya masalalariga alohida e‘tibor 
berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‗rsatadi. U ta‘limda 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin