Birinchidan , bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal
taraqqiy etgan bo‗lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo‗lgan barcha
ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
Ikkinchidan , barcha masalani, muxokama va mulohazani tezda va to‗g‗ri
tushuna oladigan, uning ma‘nosini anglay oladigan, so‗zlovchining maqsadi va
aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‗lsin;
Uchinchidan , xotirasi juda baquvvat bo‗lsin, ko‗rgan –eshitgan, sezgan
narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‗lsin;
To‘rtinchidan , zehni shu darajada o‗tkir bo‗lsinki biror narsaning alomatini
sezishi bilan, bu alomat nimani bildirishini tezda bilib olsin;
Beshinchidan , so‗zlari aniq bo‗lsin, fikrini va aytmoqchi bo‗lgan
mulohazalarini ravon va ravshan bayon ayta olsin;
Oltinchidan , bilish va o‗qishga muhabbati bo‗lsin, o‗rganmoqchi bo‗lgan
bilimini chachashni sezmasdan osonlik bilan o‗zlashtira olsin:
Ye
ttinchidan , ovqatlanishda, ichimlik iste‘mol etishda ochko‗z bo‗lmasin,
tabiati qimor o‗yinlarini o‗ynashdan uzoq bo‗lsin va ular keltiradigan
xursandchilikdan jirkanadigan bo‗lsin:
Sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‗lsin,
yolg‗on va yolg‗onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‗lsin:
To‘qqizinchidan , ruhi g‗ururli va o‗z vijdonini qadrlaydigan bo‗lsin, uning
ruhi o‗z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo‗lsin:
O‘ninchidan , dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish
bilan qarasin: