Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi


ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix31.08.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#141133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
boshlangich sinf darslarining takomillashtirishga integratsion va innovatsion yondoshuv

ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik
kabi talablarni asos qilib oladi. O‗z davridagi 
musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. Uning asarlarida 
ahloqiy va mehnat tarbiyasiga doir qarashlar asosiy o‗rinni tashkil etadi.
Sho‘rolar tuzumi davri

Taniqli o‗zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy jadidlarning yetuk 
vakillaridan biri bo‗lib hisoblanadi. U o‗zining dastlabki she‘rlarida va ―Xijron‖ 
degan maqolasida xalqni yangi usul o‗quv muasssalarida o‗qib- o‗rganishga 
targ‗ib qiladi. 
A.Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik 
Direz mahallasida yangi usuldagi o‗quv maktablari ochdi. O‗quv maktablardagi 
o‗quv-asbob jihozlarini o‗zgartirdi, o‗z qo‗li bilan parta va doskalar yasadi. O‗quv 
muassasasiga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning asosiy qismi kambag‗al 
kishilarning farzandlari bo‗lgani uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-
qalam bilan ta‘minlash maqsadida, do‗stlarining ko‗magida ―Jamiyat xayriya‖ 
tashkil etadi va bu jamiyatga o‗zi raislik qiladi. Avloniyning o‗quv muassasasini 
o‗z oldiga qo‗ygan maqsad va vazifalariga ko‗ra mashg‗ulotlarni sinf-dars tizimi 
asosida o‗z ona tilida olib borilishi bilan eski usul o‗quv maktablaridan farq 
qiladi. U o‗z o‗quv muassasasida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, xisob, 
xandasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma‘lumotlar beradi. 
2
.Munavvar Qori Abdurashidxon o‗g‗li (1878-1931) ham ―usuli savtiya‖ 
maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiston o‗lkasidagi aholini qanday 
ma‘naviy-ma‘daniy uzlatda saqlanayotganini va undan qutulish choralari faqat 
maktab ta‘lim-tarbiyasidagi keskin islohatga bog‗liqligini to‗g‗ri tushungan holda 
chor hukumatining mustamlakachilik boshqarma usuliga qarshi kurashda faollik 


16 
ko‗rsatdi: mana shu maqsad yo‗lida toshkentda ilg‗or fikrli ziyolilar va turli 
guruhlardan iborat ―Turon‖ jadidchilar jamiyatini tashkil etdi. Munavvar qori 
Turkiston o‗lkasining iqtisodiy va ma‘daniy taraqqiyot yo‗liga kirishida, 
musulmon bolalariga dunyoviy bilimlar berishning birdan-bir yo‗li eng avvalo 
mavjud eski maktab va madrasalarni isloh qilish, yangi maorif tarmoqlarini 
yaratishda deb tushungan holda, o‗ris-tuzem maktablariga qarshi yangi usuldagi 
maktablarni ochishga ahd qiladi. O‗zbek halqini ma‘rifatli qilishga intilgan 
Munavvar qori 1918 yil may oyida Toshkent shahrida ―Turk o‗chog‗i‖ ilmiy-
ma‘daniy jamiyatini tuzadi. Ushbu jamiyat Turkiston turklarini milliy tug‗ ostiga 
to‗plab, ularga milliy ruh , milliy g‗oya va milliy tarbiya berish, milliy urf-odatlar 
asosida ilm-ma‘rifatli, tijorat, adabiyot va san‘atni rivojlantirib, chin bir turk 
ma‘daniyatini vujudga keltirishni va shu tariqa millatimizning ruhiy va jismoniy 
quvvatini orttirishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Munavvar qori ana shu 
g‗oya asosida astoydil ish olib bordi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin