I-bobga xulosa
Bugungi kunda respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta`lim va tarbiya tizimini isloh kilish, milliy kadrlar tayyorlashni zamon kadrlar darajasiga kutarish masalasi davlat mikiyosidagi muxim muammo sifatida karalmokda.
Shu boisdan bugungi kundagi mehnat ta`limi ham amalga oshirishi kerak bo‘lgan bir qancha vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib quygan. Bu vazifalarni bajarishda mehnat ta`limi o‘qituvchisidan etuk bilimli, tajribali, mukammal bo‘lishni talab etadi.
Mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarini qiziqarli, mazmunli va ilmiy-metodik jixatdan to‘g`ri tashkil etish har bir o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Har bir fan o‘qituvchisiga o‘z uslubi, o‘z usulining o‘ziga xosligiga ega bo‘lish huquqi berilgan, shuning uchun mehnat darslarida qog`oz bilan ishlash mashg`ulotlarida turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanib tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat ta`limida qog`ozdan amaliy ish topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta mashg`ulotni doimo nazorat qilishni, o‘quvchilarni mashg`ulotga oid bilimlar bilan qurollantirib, uni amalda qo‘llashni va mavzular mazmunini mukammalashtirib o‘quv jarayonini to‘g`ri tashkil etish talab etadi.
O‘quvchilar mehnat darslarida eng avvalo qog`oz turlari, ishlab chiqarilishi, qog`ozning hususiyatlari, ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari dafgarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, bosiladigai qog`oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog`ozlaridir.
Mehnat ta`lim darslarida o‘quvchilar turli qog`ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni shimish xususiyati, sathining xarakteri – siliq g`adir-budirligi bilan tanishadilar.
Bu esa o‘quvchilarni qog`oz va kartonga ishlov berish malaka va ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga, bilimga qiziqishini o‘stirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |