Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslik va multimedialar tahlili reja



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə8/9
tarix01.06.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#121878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang\'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimediyalar tahlili

Xulosa


Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va intellektual salohiyatning oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki bo’ladi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni zamonamizning yangi ilg’or talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va maqsadlardan biribir. Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga
e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik tadqiqotlarda axborot texnalogiyalaridan foydalanish har qachongidan ham dolzarb bo’lib, ular yordamida o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ma’lum bir yutuqlarga erishiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda halqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim olishlariga bog’liq.
Shunday ekan, axborot kommukasion vositalar bilan ishlash hozirgi zamon davr talabi hisoblanadi. Axborot kommukasion vositalardan o’qitish jarayonlarida foydalanish uning sifatini va samarasini oshiradi, o’rganuvchiga qulay sharoit yaratadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan jamiyatning barcha jabhalari, xususan, ta’lim tizimida zamonaviy ahborot texnalogiyalaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun jamiyatning barcha sohalari va halqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari chuqur kirib borayapti.
Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan multimedia texnologiyasi alohida ahamiyatga egadir.


Multimedia “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) muloqotning yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har taraflama axborot oladi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalasidandir.
Shuningdek, metodik tavsiyanomada multimedia vositalari, uning mazmun-mohiyati, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan olib boriladigan dars mashg’ulotlarida multimediali texnologiyalardan foydalanish metodikasi, multimediali didaktik o’yinlardan foydalanish usullari , tavsiyalar, amaliy ma’lumotlar qamrab olgan.
Mazkur metodik tavsiyanomaning asosiy maqsadi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga multimedia vositalari bo’yicha keng nazariy bilimlar berish orqali yosh pedagog kadrlarning faoliyatini samarali tashkil etish va o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko’maklashishdir.

Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin