Kirish 2
I.Bob.Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslar tashkil qilish 4
1.1 Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari 4
1.2 Ona tili o’qitish metodikasining tamoyillari 11
II.Bob.Boshlang'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimedialar tahlili 16
2.1 Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda multimedia vositalarining ahamiyati 16
2.2. Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish 20
Xulosa 29
Adabiyotlar ro’yxati: 31
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi : Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo’yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o’rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Kurs ishining maqsai va vazifasi : O’qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o’quvchilar uchun darsliklar va qo’llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlab beradi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: . O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?” savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi.
SHu bilan birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika, imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi.