Boshlang\'ich sinf ona tili fanidan darslar va multimediyalar tahlili
Birinchi guruh: Bu guruh o’quvchilariga “A” harf qarshisida turgan qizchaning ismini topish vazifasi topshiriladi. U qizchaning ismi “A” harfi bilan boshlanadi. 6 ta katakcha berilgan bo’lib, “A” harfi bilan boshlanadigan 6 ta harfni to’g’ri joylashtirsa, o’sha qizchaning ismi kelib chiqishi tushuntiriladi.
Ikkinchi guruh: Bu guruh o’quvchilarining diqqatini “L” harfi yonida turgan qizchaning rasmiga e’tibor berish lozimligi aytiladi. Bunda ham yuqoridagi katakchalarga “L” harfi bilan boshlanadigan va oltita harfdan iborat bo’lgan qizchaning ismini topib katakchalarga to’g’ri joylashtirish.
Uchinchi guruh: Bu guruh a’zolarining diqqati “M” harfi yonida turgan qizchaning rasmiga qaratiladi. Yuqorida berilgan katakchaga “M” harfi bilan boshlanadigan va oltita harfdan iborat bo’lgan so’zni katakchalarga to’g’ri joylashtirish.
To’rtinchi guruh: Bu guruh a’zolari bo’lgan o’quvchilarning diqqati “I” harfi yonida turgan qizcha rasmiga e’tibor qaratiladi. Bunda ham “I” harfi bilan boshlanadigan va oltita harfdan iborat bo’lgan qizchaning ismini topib, katakchalarga to’g’ri joylashtirish.
Beshinchi guruh: Bu guruh o’quvchilarining diqqati “J” harfi yonida turgan qizchaning rasmiga e’tibor qaratiladi va “J” harfi bilan boshlanadigan, oltita harfdan iborat bo’lgan qizchaning ismini topib katakchalarga to’g’ri joylashtirish.
Oltinchi guruh: Bu guruh o’quvchilarining diqqati oxirgi “A” harfi yonida turgan qizchaning rasmiga e’tibor qaratiladi. Bu qizchaning ismi ham “A” harfi bilan boshlanishi aytiladi. Bu ism ham oltita harfdan iborat, “A” harfdan boshlanadi, ismni topib, katakchalarga to’g’ri joylashtirish.
Dars mashg’uloti musobaqa tarzida o’tkaziladi. G’olib chiqqan guru a’zolari rag’batlantiriladi. Bu bilan o’quvchilarning harflarni o’zlashtirganliklari to’g’risidagi bilimlari aniqlanadi, ziyrakligi, xotirasi, topqirligi tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladi. Xuddi shunday har bir berilgan rasmlar orqali dars mashg’ulotlarini tashkil etish mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan didaktik o’yinlarni kompyuter orqali tashkil qilish, birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilarining kompyuter savodxonligini oshirib borib, takomillashtirishga xizmat qiladi, ikkinchidan, o’quvchilarning harflarni puxta o’zlashtirishlari va yozish ko’nikma va malakalarini shakllantirishni, uchinchidan, lug’at boyligini yanada kengaytirishga yordam beradi5