Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi



Yüklə 238,5 Kb.
səhifə2/11
tarix22.09.2023
ölçüsü238,5 Kb.
#147428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy

Mavzuning tadqiq darajasi. O’quvchilarni yuksak e’tiqodli, bilimdon kishilar qilib tarbiyalashda o’quv predmetlari bo’yicha o’tkaziladigan asosiy darslar bilan bir qatorda o’qish darslarining ham ahamiyati katta. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotning mashhur adiblari hayoti va ijodlari bilan elementar tarzda tanishtirish, she’riy asarlarni ifodali o’qish usullarini o’rgatishdan iborat.
Mavzuning yangiligi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ahamiyati ham kattadir. Bolalar adabiyoti o’z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, imon-e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani qo’yganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotning ilmiy-metodik yangiligi boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni she’riy asarlarni ifodali o’qish usullarini, qoidasini o’rgatish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mantiqiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishda 3-,4- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning g’oyaviy mazmuni va badiiy tasviriy ifodaviyligini tahlil qilish orqali o‘quvchilarning she’riy asarlarning yaratilishi haqidagi bilim va ko’nikmasini shakllantirishdir.
Tadqiqotning predmeti. Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni she’riy asarlarni ifodali o’qish va qo’llanilgan tasviriy ifoda vositalarni tahlil qilishga o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlar misolida.
Tadqiqot ob’ekti sifatida 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarni o’rgatishda Qarshi shahridagi 19-maktabning 3-“B” va 4-“V” sinflarida olindi.
Tadqiqot metodlari. Mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy amaliy tahlillar, o’quv qo’llanmalari va dars ishlanmalarini yaratishda sinab ko’rish. Bitiruv ishimizni yozish davomida metodist olimlardan K.Qosimova, Q.Abdullayeva, R.Mavlonoova, T.G’afforova, X.G’ulomova va B.Ma’qulovalarning metodik qo’llanmalarini o’rganib chiqib, ishimiz jarayonida ulardan foydalandik. Shuningdek, Qarshi shahridagi 19- sonli maktabning ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalaridan foydalandik.



Yüklə 238,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin