Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


Darslikning 6-bo’limi “Orzular qanotida” deb nomlanib



Yüklə 238,5 Kb.
səhifə6/11
tarix22.09.2023
ölçüsü238,5 Kb.
#147428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy

Darslikning 6-bo’limi “Orzular qanotida” deb nomlanib, Rauf Tolibning “Biz istiqlol farzandlarimiz, M.A’zamning “Kelajak bizniki”, M.Shayxzodaning “Jigarlarga tilaklarim, S.Barnoyevning “Minopra” she’rlari keltirilgan bo’lib, unda yosh bolajonlarning orzu-umidlari, istak-hohishlari, yaxshi o’qishlari, keljakda Vatanga munosib farzand bo’lib yetishishlari katta ishonch va g’urur bilan madh etilgan.
Mustaqillik uchun ne-ne ajdodlarimizning qonlari to’kildi. Inchunun, mustaqil ona-Vatanimizning kelajagi bo’lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o’zining shu aziz vatanning egalari, uning baxt-saodatini porloq kelajagini yaratuvchuilari ekanliklariga komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim.
Zero, “Mustaqillik”, “Istiqlol” ya’ni bu so’zlarning tag zaminida nimalar yotibdi? Mustaqillik uchun ne-ne ajdodlarimizning qonlari to’kildi. Inchunun, mustaqil ona-vatanimizning kelajagi bo’lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o’zining shu aziz vatanning egalari, uning baxt-saodatini porloq kelajagini yaratuvchuilari ekanliklariga komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim.
“O’qish kitobi”dagi o’zbek bolalar adabiyoti she’riyatning eng yaxshi namunalari hayotga endigina qadam qo’yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go’zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg’ubor qalblarga ezgulik urug’ini sochadi, ularni go’zal Ona-vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma’nodagi go’zal insonlar qilib tarbiyalashdek mas’uliyatli ishga o’zining holis hissasini qo’shadi.
Darslikning 7-bo’limi “Keldi bahor-gulbahor” deb nomlanib, unda 8 ta she’r o’rin olgan bo’lib, barchasi bahorning kirib kelishi, Navro’zning nishonlanishi, boychechak va qaldirg’ochning bahor darakchisi ekanligi bolajonlarga she’riy shaklda yorqin ifodalangan. Bu bolalarning yil fasllarining xususiyatlari bilan tanishishda va qadimiy an’analarimizni anglab yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Osmon tiniq, ko’k shoxi
Oq bulut kezar gohi,
Gullarga ko’miladi,
Qandak o’rikning shoxi.
Bog’bon chiqar bog’iga,
Cho’pon ketar tog’iga.
Bolarilar g’uvillab
Qo’nar gul yaprog’iga.
Uyg’unning “Bahor” nomli bu she’rda tabiatning go’zal kelinchagi-bahor tom ma’noda jonlantiriladi, u qishning ayozida pishib-yetilib, yerga chechaklardan yashil gilam to’shab, sinchalakning shodon qo’shig’ida, boshiga gulchechaklardan chambar taqib, Ona yurtga ta’zim bajo aylab, tog’lardan sallona-sallona tushib keladi.
Darhaqiqat, she’rni o’qigan kitobxon ko’z o’ngida Ona-Vatan go’zalligi, uning go’zal qizi-Bahorning betakror go’zalligiga hamroz tarzda bor ko’rki tarovati bilan, o’zini ko’z ko’z qiladi.
Darslikning 8-bo’limi “Tabiatni seving va asrang” deb nomlanib, Qambar Otaning “Ona tabiat”, H.G’ayratning “Bog’im” she’ri asosida yosh kitobxon ko’z o’ngida yosh kitobxon ko’z o’ngida tabiatning mo’jizakorligi, Ona-tabiatning jonli, mukammal manzarasini yaratadi, tabiatning har bir sahifasi betakror ekanligi ta’riflanadi.
She’riyatning go’zalligi shundaki, shoir biz har kun ko’rib turgan, biz uchun odatdagi narsaga aylanib qolgan tabiat manzaralarini o’zgacha ko’z bilan ko’radi. Biz uchun shunchaki daraxt bo’lib ko’rinadigan eman bargining tovus guliday go’zal hashamdorligini kashf qiladi, kiyik yurgan so’qmoqlarning oppoq qorga burkanib yotgan qirlarida beqasamning yo’l-yo’l chiziqlariday tovlanishini idrok etadi; uning nazdida archa daraxtlari qulochini keng yoyib, bezatilgan, betizgin shamolning paxmoq sochlarini erinmasdan yashil tuproqlari bilan taratayotgan odamga aylanadi.
Bo’lim yuzasidan quyidagicha dars tashkil etish mimkin.

Yüklə 238,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin