Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 238,5 Kb.
səhifə3/11
tarix22.09.2023
ölçüsü238,5 Kb.
#147428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining natijalari hamda ilmiy xulosalari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-,4-sinf Oqish darslarida she’riy asarlarni o’qitishda muhim nazariy-amaliy jihatdan uslubiy qo’llanma vazifasini o’taydi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Mazkur ishning ilmiy-nazariy xulosalari va materiallaridan umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida samarali foydalanish mumkin.
Ishning joriylashuvi. Bitiruv malakaviy ish Adabiyotshunoslik metodikasi kafedrasi yig’ilishida ( 2018-yil -may, -bayonnoma) muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi.
Tadqiqot tarkibi: Ish kirish, 2 bob, ichki fasllar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ish hajmi 50 sahifani tashkil etadi.

I BOB. Badiiy asarni ifodali o‘qish va uning nazariy asoslari
1-fasl. Ifodali o‘qishda she’riy o‘lchovlarning o‘rni va ohangdorlikni
oshiruvchi vositalar
Boshlang’ich sinflarda o’qish prеdmеtining vazifasi, birinchi navbatda, bolalarni tеz (mе'yorida), to’gri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko’rgan-kеchirganlari, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga o'rganishga qiziqish ortadi.
O’qish mеtodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi. Chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda taxdil qiladilar. Boshlang’ich sinflarda adabiyotshunoslikdan nazariy ma'lumot bеrilmaydi, ammo mеtodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta'sirini ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va mazmunini, qurilishi, janri, tasvirik vositalarini hisobga olish zarur.
Tinglovchiga asarning g’oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramon ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o’qish oldiga qo’yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda har bir o’quvchi ifodali o’qishning o’ziga xoa xususiyatlarini mukammal o’rganishi kerak. Uni puxta o’zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo’lib, o’z fikrini tinglovchiga to’g’ri va izchil yetkaza oladi.
O’qituvchi ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emotsionalligini o’quvchilarga ko’rgazmali ravishda yеtkazadi. Hozirgi davrda o’qituvchilar ixtiyorida ko’rgazmalilikning xilma-xil turlari,ya’ni badiiy-rasm va grafik materiallar, radioeshittirish va gramplastinka , tovush va boshqalar mavjud.
Tovush ko’rgazmaliligi o’quvchilarning asarni, ayniqsa, poetik asarni chuqur idrok qilishlariga yordam beradi. Darsda o’qituvchi matnni o’zi o’qiganda, tabiiyki. Ifodali o’qish qoidalariga amal qiladi, ayrim misralar mazmunini tushuntiradi, ba’zi so’z va iboralarga izoh beradi, o’quvchidan so’raydi. Bu ishlarni uo’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish va ularda ijrochilik qobiliyatini shakllantirish maqsadida amalga oshiradi. Bu ish, o’z navbatida o’qituvchidan ham tovush ko’rgazmaliligini puxta egallashni talab etadi.


Bular ifodali nutqqa ham taalluqli. Ifodali o’qish shartlaridan yana biri ovozning baland—pastligi, yoqimliligi, asar mazmuniga mos holda o`zgartira olishlik.


Intonatsiya – urg’u, tеmp, ritm, to`xtam, ovozning baland-pastligining yig’indisi. Bular og’zaki nutq elеmеntlaridir. Bu orqali asar qahramonlarining turli kayfiyatlari, ichki kеchinmalari ifoda etiladi.
Diksiya ustida ishlash o`quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo`lishiga erishishdir. U so`z, ifodali o`qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko’nikmasini o`stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq. Shuning uchun diksiyani o`stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning elastikligini o`stirishga qaratiladi.
Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar:
1.Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan. Sara~shira~ sara-shira so’zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so’ngra ovozni to shivirlashgacha paslatib talaffuz qilish.
2.Talaffuz tеmpini mashq qilish. Shu sira- shira so’zlarini sеkin talaffuz qilib, tеmpni asta tеzlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar nuqson bilan talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mash’qk qilish. Buning uchun tеz aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi.
Bolalarni so’zlayotganda turii nafas olishga, tovushlarni turlicha talaffuz qilish va o’rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o`qiltish, tеz aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir. Dеmak, o’qish o’qilganlarni o’zlashtirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan goya o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. So’ng so’z va matnlar yod olingan taqdirda ham o’quvchiniki bo’lib qoladi.
O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko’rgan-kеchirganlarini, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi. O’qish darslari shunday tashkil qilinishi kеrakki, asar mazmunini tahlil qilish yaxshi o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilsin. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish uchun asar ustida ishlashni o’qitish bilan birga amalga oshirish zarur.
Ifodali o`qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo`linadi:
Avvalo, o’qituvchi ifodali o’qish namunasini ko’rsatishi zarur. Ifodalilik ko’rgazmalilik dеmakdir. Har qanday badiiy asar ifodali o’qish qoidalari asosida mutolaa qilinsa, uning mazmun-mohiyatini shuncha tez va oson anglash mumkin. Chunki ifodali o’qish insonni hayajonga soladi, estetik zavq bag’ishlaydi, falsafiy, ijtimoiy, psixologik fikr yuritishga, badiiy umumlashmalar asosida tahlil qilishga undaydi. Badiiy asar quyidagi muhim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tеz, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2. Asarning g’oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig’i, qurilishi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning o’sishini ta'minlaydi.
3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhxit haqidagi bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi.
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib, o’qituvchi o’qish darslarining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, badiiy asariing o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponеntlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlaiib borgan sari qahramonlarning yangi~yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya'ni sintеzni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, sung yana yukori sifatli sintеzga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Dеmak, tayyorgarlik davri — sintеz-analiz-sintеz jarayoni yuz bеradi.
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma'lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1. O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta'sir etadigan yangi ma'lumotlar bеrish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2. Yozuvchi va shoirning hayoti bilan tanishtirish, yozuvchi va shoirga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uygotish.
3. O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
4. Asar mazmunini tushunishga halal bеradigan so’zlarning lug’aviy ma'nolarini tushuntirishdan iborat.
O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo`ladi, o’qishni bilmagan odamning kuzi ojiz kishidan farqi yuk. Boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha prеdmеt darslarida amalga oshiriladi. Lеkin o’qishga o’rgatishning yo’l —yo’riqlarini o`qish mеtodikasi ishlab chiqadi. O’qish mеtodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy mеtodika soxasidagi yutuklar borlik fanlar yutugi asosida shakllanib boradi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga shе'rni qanday yodlash kеrakligi o’rgatiladi. Buning uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan shе'rni tеng satrli bir nеcha kismga bo`ladi. O’quvchilarga :xar bir satr oxirida ritmik pauza qilish, buning uchun satr oxirida tinish bеlgi bo`lishi shart emasligi, ritmik pauzada ovozni nuktadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikrni davom ettirishga imkon bеrishi va bo`lingan kismlar navbati bilan yodlatiladi.
Z. Diyorning «Bahor kеldi» shе'rini ifodali o’qish darsining sxеmasi quyidagicha bo`lishi mumkin: 1) shе'r mazmuning yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o`qilb bеrish (birinchi sintеz); 2) shе'rda tasvirlangan bahor bеlgilari haqida suhxbat (analiz); 3) shе'rni ifodali o`qishni mashq qilish (ikkinchi sintеz); 4) uyda shе'rni ifodali o`qish va yod aytib bеrishga tayyorlanish; 5) kеyingi darsda shе'rni ifodali o`qitish, ifodali yoddan ayttirish.
Xulosa qilib aytganda, ifodali o’qish jarayonida asarni tahlil qilishda o’quvchining qabul qilish holatini ham hisobga olish zarur. O’quvchi matnni o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estеtik didni tarbiyalasin. Ana shunda o’quvchida ilk ijodkorlik qobiliyati uyg’ona boshlaydi. Kitob o’qishga layoqati oshadi. O’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qlishga ajratilishi lozim.
Dеmak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o`qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o’qish elеmеntlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslariniig muhim vazifalari hisoblanadi.

Atoqli so’z ustasi A.Qahhor “Poeziya yuksak san’atdir” nomli maqolasida she’rga shundy ta’rif beradi: ”She’r- fikr ekstrakti bo’lishi jihatidan hikmat, ko’ngilga yo’l topishi, undan o’ziga hamjhang sado chiqarishi jihatidan musiqa.


She’r –ko’ngilning oynasi, ko’ngilda nima bo’lsa, shuni aks etadi.
She’r- mas’um go’dak, riyoni bilmaydi. Riyo bo’lgan yerda she’r yo’q.
She’r – bir mo’jiza...
Poeziya – yuksak san’at”2
“Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati”da “Shе'r – ohang jihatidan ma'lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kеlgan hayajonli ritmik nutq. She’riy nutqni ohang jihatidan ma'lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo`laklarning izchil bir mе'yorda takrorlanib kеlishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi3.
Boshqacha qilib aytganda, she’r faqat his-tuyg’ular ifogasidan iborat emas, balki his-tuyg’ular qobig’iga o’ralgan poetik fikr ifodasi hamdir.
Adabiyotning bosh mavzusi inson bo‘lgani uchun insoning xilma - xil holat, harakat, intilishlari badiiy asarning materiali bo‘ladi.
Adabiyotning both maqsadi inson, so‘z san’atining asosiy mohiyati insonshunoslik ekan, badiiy asarda gavdalantirilgan voqea - hodisalar hayotda ro‘y bergan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarning shunchaki bayoni emas, balki ularning muayyan nuqtai nazardan qayta ishlangan shaklidir.
Har qanday badiiy asar shakl va mazmun, mavzu va g‘oya, sujet va kompozitsiya singari unsurlardan tarkib topgan bo‘ladi. Biroq har qanday badiiy asar mavjudligining bosh asosi uning tilidir. Til badiiy asarning joni, qoni, urib turgan yuragidir. Ana shu tayanch asos qanchalik baquvvat bo‘lsa, badiiy asar shunchalik barkamol bo‘ladi. Badiiy asar shakl va mazmunidagi rasolik ham, o‘ndagi mavzu va g‘oyaning yorqinligi ham, sujet va kompozitsiyaning qiziqarli, o‘zaro muvofiqlik darajasi ham, avvalo, ijodkorning so‘z qo‘llash, o‘ni tanlash, ishlatish mahoratiga bog‘liq. Badiiy asar muvaffaqiyatining bu darajada tilga bog‘lab qo‘yilishining boisi uning so‘z san’ati ekanligidadir.
Badiiy asar hayotning o‘ziga xos yaxlit, mustaqil bir parchasi sanaladi. Har bir yaxlit, mustaqil narsa - hodisa esa o‘z shakl va mazmuniga ega bo‘ladi. Shakl va mazmun narsa - hodisa mavjudligining namoyon bo‘lish tarzidir. Ular bir-biri bilan mustahkam bog‘liqair. Shaklsiz mazmun va mazmunsiz shakl bo‘lmaydi. Shakl mazmunning o‘zini ko‘rsatishidir. Shuning uchun ularni bir - biridan ajratish, bir - biriga qarama - qarshi qo‘yish mumkin emas. Badiiy asarda ham shakl va mazmun munosabatiga shunday qarash lozim. V. Belinskiy aytadiki, «Mazmunni ifodalovchi shakl bir - biri bilan shunday bog‘liqki, shaklni mazmundan ajratish - mazmunni yo‘q qilishga, mazmunni shakldan ajratish - demak shaklni vayron qilishdir». Shuning uchun har qanday badiiy asarning shakl - ko‘rinishi, ifoda tarzi uning mazmun - mohiyatiga muvofiq bo‘ladi.
Shoir so‘z vositasida voqelikning yorqin manzarasini yaratishga harakat qiladi. Kishilarni turli vaziyatlarda so‘zlatadi. Ularning holat, ko‘rinishlaridagi eng e’tiborli jihatlarini gavdalantiradi, ko’nglida kechayotgan o‘y, xayolidagi manzaralarni ma’lum qiladi. So‘z shoir, yozuvchining badiiylik yaratishdagi asosiy quroli sanaladi. Ana shu quroldan mohirlik bilan foydalangan ijodkorgina o’z muxlisini topadi.
Biroq, kitobxon ham asarda tasvirlangan g’oya, fikr, mazmun uyg’unligini his eta olishi, hayajonga soladigan tarzda muallif maqsadini anglashi lozim. Buning uchun badiiy asarni ifodali o’qiy olishi darkor.
Badiiy asarni o’qishda, eng avvalo, lirik va epik xususiyatiga e’tibor qaratish lozim. Nasriy asarlarni ifodali o’qish she’riy asarlarning ifodaviyligidan farq qilishini unutmaslik lozim.
She’riy asarlarning o’qitilishi mavzu va mazmuniga ko’ra o’quvchining yosh xususiyati bilan xarakterlanadi. She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o`quvchilar tabiat va jamiyat voqea—hodisalarning poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda shе'r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she'riy asarlar va lirik shе'rlar o`qiltiladi.
Shе’riy hikoyada syujеt, ya'ni voqealar sistеmasi va uning rivoji xaraktеrlidir. Lirik shе'r «biror hayotiy voqеa-hodisa ta'sirida insonda tug’ilgan ruhiy kеchinma, fikr va tuygular orqali turmushni aks ettiradi». Lirik shе'rning xususiyati «kishining his – tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta'sirliroq ifodalashda qo’l keladi».
Shе’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o`qish hisoblanadi. O‘quvchi shе'rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali uqiy oladi. Shuning uchun shе'rni tahlil qilish, uning mazmunini o’quvchilarga tushuntirish lozim.
Boshlanrich sinflarda ko’rgazmali ta'limning asosiy shakli lirik shе'rni ifodali o`qish hisoblanadi. Lirik shе'rni ham, shе'riy hikoyani ham o`quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhimdir. Shuning uchun shе'r birinchi marta o’qilganda, hеch qanday tushuntirish bеrilmaydi. Shе'r o`quvchilarga qanday ta'sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi shе'rni shunday ifodali o`qishi kеrakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchlirok ta'sir etsin.
O’qish oddiy bo`lishi kеrak. O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-gazab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l qo’uymaslik zarur. Bolalar shе'rni o’qiganda, shе'riy satrga rioya qilishlari, shе'r ritmini buzmaslikka erishishlari lozim.
She’rni o’qiyotganda ritmga e’ribor qaratish lozim. Ritm-yunoncha ohangdosh, vazndosh ma]nolarini anglatib, she’r misralaridagi bir-biriga teng nutq bo’laklarining bir tekisda izchil takrorlanib kelishidan paydo bo’ladigan ohangdoshlik,zarb. Bu ohangdoshlikni biz she’r o’qiyotgan paytdagina his qilamiz. Ana hisni o’quchilarga ham singdira olish o’qituvchining mahoratiga va bilimiga bog’liq. Lirik shе'rni o`qish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali o`qishdir. Shе'r ifodali o’qilgach, undagi tushunishi qiyin bo’lgan zarur so’z va iboralar ikki-uch so`z bilan izohlanadi.
Ifodali o’qishda she’riy o’lchovlar muhim ahamiyatga ega. Bu o’lchovlar she’rning ritmini aniqlab, ohangdorlikni kuchaytirib, musiqiylikni ta’minlaydi. Ana shu ritmlarga amal qilib o’qilgan she’r g’oyasi yakdil bo’ladi.

She’r ritmi quyidagi mezonlar bilan uzviy bog’liq bo’ladi.



Turli she’r tizimlarida she’r zarbining o’ziga xos jihatlari bo’ladi. Xususan, barmoq vazndagi she’rda zarb misradagi bo’g’inlarning miqdor jihatidan muayyan takroridan, turoqlarning miqdori va tartibidan, bandlarning bir xilda takrorlanishidan, qofiya radif, refren, naqarotlardan kelib chiqadi.
Biz she’riy o’lchovlarning turoqlar miqdorini 3-sinf “O’qish kitobi” dagi “Ona bitta, Vatan yagona” bo’limining 8-sahifasida keltirilgan Orif To’xtashning “O’zbekiston” she’ri misolida tahlil qilishimiz mumkin.
2 2 1 2
O-zod/ Va-tan,/ hur/ Va-tan,/ = 7
3 1 1 2
Tup-ro-g’i/ zar,/ dur/ Va-tan./= 7
4 3
Ko’-zi-miz-ga/ to’-ti-yo/ =7
3 2 2
Ay-la-sak/ ar-zir/ Va-tan -/ =7
3 4
Ser-qu-yosh/ O’z-be-kis-ton/ =7
3 4
Be-qi-yos/ O’z-be-kis-ton/ =7

Yuqorida keltirilgan she’riy parchalar 7 bo’g’inli barmoq vaznida yozilgan, ammo turoqlanish tartibi har xil, ya’ni 2+2+1+2; 3+1+1+2; 4+3=7. Bu 7 turkumli sodda vaznda yaratilgan she’r. Bu she’r turoqlanish tartibidan qat’i nazar bir turkum doirasidan chetga chiqmagan. Muayyan bir turkumgagina asoslangan turoqlar tartibi sodda vazn deb yuritiladi.


Ma’lumki, turoq bo‘g‘inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar vujudga keladi. Misralar ham xuddi bo‘g‘in, turoqlar singa­ri uyushib, muayyan musiqiylik hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi. Band misradan ko‘ra kengroq, ko‘lamliroq fikrni anglatadi. Banddagi fikr muayyan tugallikka ega bo‘ladi. U yaxlit manzarani gavdalantiradi.
Yoxud 3-sinf “O’qish kitobi” dagi “Kumush qish” bo’limida keltirilgan Safar Barnoyevning “Bosh kitob” she’ri (91-bet) misolida turoqlanish tartibini kuzatsak, o’zgacha turkum yuzaga kelganini guvohi bo’lamiz.
2 4
O-zod / er-kin-lik-ning/= 6
2 3
Ram-zi/ - bu ki-tob./ = 5
2 1 3
Un-da/ aks/ et-gan-dir/ = 6
1 4
Haq/ -hu-qu-qi-miz./ = 5
3 3
Yo’-li-miz/ yo-ri-tar/ = 6
3 2
Mi-so-li/ of-tob./ = 5
2 2 2
Qo’l-da/ ba-land/ tur-sa/ = 6

  1. 3

A-gar/ tu-g’i-miz./ =5

Ushbu she’r qo’shma barmoq vaznida yozilgan bo’lib, misralar miqdori 6, 5 turkumdan iborat. She’r ikki turkumda yozilgan bo’lib, uning bir misrasi 6, ikkinchi misrasi 5 turkumdan iborat, ular muayyan qonuniyat asosida butun she’r davomida takrorlanib turadi. She’r tuzilishining bu usuli qo’shma vaznni vujudga keltigan.


Ko’rinadiki, she’rda bo’g’inlar turoqlarni, turoqlar turkumlarni, turkum vaznni, vazn ritmni,ritm musiqiylikni, musiqiylik poetik g’oyani vujudga keltirgan.
Turoq bo‘g‘inlar guruhidan tashkil topadi. Turoqlar guruhidan misralar vujudga keladi. Misralar ham xuddi bo‘g‘in, turoqlar singa­ri uyushib, muayyan musiqiylik hosil qiladi. Misralarning bunday birikuvi bandlarni vujudga keltiradi. Band misradan ko‘ra kengroq, ko‘lamliroq fikrni anglatadi. Banddagi fikr muayyan tugallikka ega bo‘ladi. U yaxlit manzarani gavdalantiradi.
She’r misralaridagi bo’g’inlarni turoqlarga ajratishdan maqsad shuki, shu turoqlar qo’yilgan joyda pauza (to’xtam)lar bo’ladi. She’r o’qilayotgan paytda esa, albatta, pauzalarga amal qilinadi. She’rning o’qilishida turoqlarga e’tibor qilinsa, uning ohangi – ritmi paydo bo’ladi, musiqiylik yuzaga chiqadi. Masalan, 3-sinf “O’qish kitobi” dagi “Ona bitta, Vatan yagona” bo’limining 8-sahifasida keltirilgan Orif To’xtashning “O’zbekiston” she’rining o’qilishiga e’tibor qarataylik;
Ozod / Vatan,/ hur/ Vatan,// =7
Tuprog’i / zar,/ dur/ Vatan.//=7
Ko’zimizga/ to’tiyo //=7
Aylasak arzir/ Vatan -//=7

Serquyosh / O’zbekiston//=7


Beqiyos/ O’zbekiston/=7
Misralardagi bo’g’inlarning turoqlanishi jarayonida oddiy turoq (kichik ritmik pauza)lardan farqli o’laroq, bosh turoq (katta ritmik pauza) ham bo’ladi. Oddiy turoq bir chiziqcha bilan, bosh turoq ikki chiziqcha bilan belgilanadi. Yuqoridagi she’rning birinchi va ikkinchi misrasida 3 ta oddiy turoq, 1 ta bosh turoq, 3-, 4- misrasida 1 na oddiy turoq, 1 ta bosh turoq kelyapti. Ana shu turoqlarga rioya qilib o’qilsa she’r musiqiyligi ta’minlanishi, ohangdorligi jilolanishi, mazmundorligi oshishi tabiiy.
3-sinf “O’qish kitobi” dagi she’riy bandlar ham alohida tahlil talabdir. Chunki boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun yaratiladigan darsliklarda keltirilgan she’rlar bandiga e’tibor qaratilmaydi. Darslikda to’rt misradan iborat ikki, to’rt, besh, sakkiz bandlik, besh misradan idorat to’rt bandlik, olti misradan iborat to’rt, 6 bandlik she’rlar kiritilgan. Masalan, “O’qish kitobi”ning 206-sahifasida Obid Rasulning 5 misradan iborat 4 bandlik “Yoz” she’ri keltirilgan. She’r bandlarining joylashuvi o’zgacha. Bir qaraganda uchlik band singari bo’lib, keyingi ikki misrasi alohida refren shaklida alohida ajratib ko’rsatilgan. Biroq, bu ikki misra to’liq refren emas.Se’rning ajratib ko’rsatilgan har to’rtinchi misrasining birinchi turog’I anafora shaklida qo’llanilgan. 4- va 5- misralardagi anafora shunday boshlanadi:
1-band.
O‘rgilay fasli yozim,
Senga rubobim-sozim.
2-band:
O’rgilay oltin fasl,
Senga yot qing’ir, hazil.
3-band:
O‘rgilay,-deb,- gulyuzdan,
So’yar qovun-tarvuzdan.
4-band:
O’rgilay,-deb bol yeysan,
Ekkanga rahmat, deysan.
Bu kabi she’riy bandlarning turoqlanishi hisobga olinsa o’qilish qoidasi murakkabroqdir. She’rning turoqlanishi ovoz tempiga mos tushishi lozim, aks holda intonatsiya yo’qolib, she’r mazmundorligi buziladi. O’qituvchi bu kabi she’rlarni o’qishda ritm va turoqlarga jiddiy e’tibor berishi darkor. O‘quvchilar ovozini ritmga moslashi kerak. Masalan, “Yoz” she’ri turkumli bo’lib, o’qilishi quyidagicha:
Yoz keldi-yu,/ yoz keldi,/
Ko’lga/ o’rdak,/ g’oz keldi,/
To’kinchilik/ soz keldi.//

O‘rgilay/ fasli yozim,//


Senga/ rubobim - sozim.//
Ko’rinadiki, misralardagi kichik va katta ritmik pauza har xil joylashgan. Bu boshlang’ich sinf o’quvchilarini tez, ongli va ifodali o’qishida biroz qiyinchilik tug’diradi.
Ushbu darslikning 54-55-betlaridagi Yo’ldosh Sulaymon qalamiga mansub “Kuz” she’ri o’ynoqiligi, so’zlarining ohangdorligi, qofiyasining musiqiyligi jihatidan bandlar bir-biri bilan uyg’unlashgan.
3 1
Mar-va-rid kuz/= 4
2 2
Qil-di / ko’z-ko’z/=4
4 3
Bi-so-ti-da / bo-ri-ni.//=7
2 2
Bog’-da hil-hil/ =4
2 2
Me-va / xil-xil/= 4
2 2 3
Sa-nab bo’l-mas/ ba-ri-ni.//=7
Olti banddan iborat she’r boshidan oxirigacha 4,4,7 turkumda tuzilgan. Band misralarining miqdori bir xil, qofiyalanish tartibi izchil. Bu o’lchov birliklar ifodali o’qishning samaradorligini oshiradi, mantiqiyligini ta’minlaydi, izchillikni belgilaydi.
Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilarini she’rni ifodali o’qishga o’rgatish uchun she’r o’lchovlarini tushunishlari, u orqali mavzu, g’oya, holatni anglashlari muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 238,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin