Boshlang’ich sinf oquvchilannmg axborot savodxonligini shakllantirishni tushuntirish



Yüklə 43,64 Kb.
səhifə6/15
tarix30.08.2023
ölçüsü43,64 Kb.
#141064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Axborot mavzular

Axborotning asosiy xossalari: 
1. 
to’liqlik; 
2. 
yaroqlilik; 
3. 
ishonchlilik; 
4. 
dolzarblik; 
5. 
tushunarlilik.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va 
jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi 
matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. 
Axborot va uning turlari. 
Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli 
ko’rinishda bo’lishiga olib keladi: 
• 
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror 
voqea-xodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi. 
• 
Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan 
ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot. 
• 
Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi 
axborotlar. 
• 
Video va audeo ko’rinishdagi ma’lumotlar 
Axborot nima? 
Ma’lumki, axborot (lotincha informatio – tushuntirish, xabar olish bayon etish,) 
– biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to’plamini 

ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi 


organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir. 
Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot 
yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki 
kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi 
«avval noma’lum bo’lgan biror xabarni yetkazishdir. 
Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari
xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik 
organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar 
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, 
e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, 
unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot 
miqdorida yetkaziladi. 
Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga 
hech qanday qizig’i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim 
ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu 
belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. 
Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini 
anglash mumkin. 
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi 
o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega 
emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi. 
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.: 
• 
Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida; 
• 
Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida; 
• 
Radioto’lqinlar ko’rinishida; 
• 
Elektr va nerv impulslari ko’rinishida; 
• 
Magnit yozuvlari ko’rinishida; 
• 
Imo-ishora va mimika orqali; 
• 
Hid va ta’m ko’rinishida; 

• 
Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar 


ko’rinishida. 
Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy 
dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi.. 
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot 
ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida 
uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali 
uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul 
qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida 
dekodlashtiriladi. 

Yüklə 43,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin