II BOB. YOSHLARNING INTELLEKTUAL IJODIY QOBILIYATLARINI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
2.1. Intellektual ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik
asoslari
Ma'lumki, keyingi o’n yil ichida ta'limni isloh qilishda, milliy mustaqillik
printsiplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning
ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta'lim
oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'lim olishda,
shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan
tarbiyalashda jamoat tashkilotlari mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini
kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish
ishlari jadal suratlar bilan olib borildi. Shu amaliy ishlarning boshlanishi sifatida
Davlatimiz tomonidan yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirishning
quyidagi maqsadlari belgilab olindi:
- yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirish va uni muhofaza
qilishdan iboratdir;
- ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdyek
ta'lim tizimini modyernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va
rivojlantirish:
- intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish;
- yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantiruvchi psixologik-
pedagogik tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish.
Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun bir qator vazifalar ham
quyildi:
ψ
Iqtidorli o’quvchi-yoshlarni izlash myexanizmi, psixologik-pedagogik,
tashkiliy–uslubiy asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni aniqlash.
30
ψ
Intellektual imkoniyatni oshirishda tarbiya jarayonining xususiyatlarini
o’rganish.
ψ
Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o’rganish;
ψ
Yoshlarning ma'naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish
manbalarini yaratish;
ψ
Yoshlarning intellektual imkoniyatini oshirish usullarini ishlab chiqish;
ψ
yoshlarning intellektual imkoniyatini nazariy va amaliy jihatdan o’rganib
chiqish;
ψ
fanning turli sohalaridagi mutaxassislar intellektual imkoniyatini oshirish
bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
ψ
ta'lim myenyejmyenti sohasida innavatsion takliflarni o’rganish va
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichiga muvofiq ularni ta'lim
tizimiga tadbiq etish;
ψ
bo’lajak rahbar kadrlarning intellektual imkoniyatini oshirish va
ko’maklashuvchi yuridik malakani (xorijiy) o’rganish va mye'yoriy-huquqiy
myexanizmlarini joriy etish.
Bugungi kunda olib borilayotgan intellektual imkoniyatni rivojlantirishga
oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat
oldidagi talablardan kelib chiqib, o’quvchilarning umumta'lim maktablaridagi
tahsili davomida intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib
borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik tyexnologiyalarni
qo’llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab
qiladi.
Har bir o’quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning
intellektual imkoniyatini rivojlantirish maqsadidda ta'lim-tarbiya jarayoniga biror
psixologik yoki pedagogik uslubni qo’llash murakkab jarayondir. Lyekin bu davr
talabidir.
Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo’llash, uni
mantiqiy-nazariy jihatdan to’liq anglab olish va amaliyotga qo’llashgacha bo’lgan
31
murakkab jarayonga qaraganda – jarayonning o’zini loyihalashtirish eng qulay va
samarador uslubdir. Ya'ni har bir o’quvchiga individual yondoshish kyerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yo’naltirilgan tarbiya tizimi o’qituvchidan
yoshlarning intyellyekyetual salohiyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga
alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to’liq
o’rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi. Bunga asosiy
sabab:
- intellektual ijodiy ishlar jarayonida to’liq muvaffaqiyatga erishish yoki
muvaffaqiyatsizlik tahdidining mavjudligi;
- boshlang’ich sinf o’quvchisi to’qnashadigan va ba'zan ko’p yillar
davomida muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan
biri – bu fikrining o’ylaganidyek ro’yobga chiqmasligini anglash;
- boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pincha o’zining dunyoqarashi,
tasavvurining qanday darajada kengligidan kelib chiqib, fikrlaydi hamda bu
fikrlashni mavjudlikning ijobiy, yoki salbiy holatlari bilan bog’lab tahlil qila
olmasligidir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatini rivojlantirish
jarayonini shakllantirishda quyidagi holatlar e'tiborga olinishi kyerak:
1) Intellektual imkoniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni maksimal
darajada tyexnokratik bo’lishi kyerak. Buning uchun esa psixologik hamda
pedagogik tyexnologiyalarni amaliyotga joriy etish kyerak;
2) Intellektual imkoniyatni shakllantirishni ta'lim-tarbiya jarayoniga
singdirilishi ko’zda tutilayotgan tegishli tyexnologiyalarni ilmiy asoslash va ishlab
chiqish lozim;
3) Intellektual imkoniyatni shakllantiruvchi tarbiya jarayonining dastlabki
holatda ijtimoiy-psixologik muhitni aniq tahlil qilish hamda taktik jarayonni
mukammal ishlab chiqish kyerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchisi shaxsining shakllanish jarayoniga – jamiyatda
qabul qilingan axloq normalari, hulq normalari, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni
singdirish tyexnologiyalarini yaratish ko’pgina jihatdan yakuniy natijani
32
ta'minlashga xizmat qiladi. Shu o’rinda shaxsning ijtimoiylashuviga ham e'tiborni
qaratsak:
1.
Boshlang’ich jamoalashuv yoki moslashuv bosqichi. Bunda o’quvchi
tomonidan ijtimoiy tajriba o’zlashtiriladi, moslashtiriladi va qabul qilinadi.
2.
Individuallashuv bosqichi. Bunda o’quvchilarni o’z ustida mustaqil
ishlashlari va mustaqil fikrlarini ruyobga chiqarishda o’zining mustaqil fikrini
bildirish istagi, jamoat xulq normalariga nisbatan ijobiy hamda tanqidiy fikrlash
paydo bo’ladi.
3.
Intyegratsion bosqich. O’quvchi jamiyatda o’zi o’rnini topish, jamiyat
hayotiga kirishish, atrofdagilarga ijobiy tomondan tanilish, faoliyatda o’zini ijobiy
tarafdan ko’rsatish harakatiga tushadi, ya'ni shaxs sifatida o’zini tanitish istagi
birinchi o’ringa chiqadi.
-
Shu o’rinda ta'kidlash lozimki, agar shaxsning ijodiy izlanishi,
intellektual imkoniyatini ko’tarish harakatlari biror ijtimoiy guruh yoki jamiyat
tomonidan qabul qilinsa, intyegratsion bosqich muvaffaqiyatli o’tadi. Mabodo
buning aksi bo’lsa, quyidagi holatlar kelib chiqadi:
-
o’quvchida norozichilik kayfiyati paydo bo’lib, tushkunlik holatiga
tushadi;
-
o’zi harakatlarini tahlil qilib, o’zini o’zgartirishga harakat qiladi;
-
o’quvchi o’zida tashkilotchilik, yetakchilik, o’zini ko’rsatish kabi
hislatlarni jilovlab, mavjud muhitga moslashish harakatiga tushadi.
Ijtimoiy faoliyat bosqichi. Bu bosqich inson balog’atga yetgan davrdan
boshlab, hayotining oxirigacha davom etadi. Shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash
jarayoni, ya'ni o’zining intellektual imkoniyatini tashqi va ichki omillar ta'sirida
shakllantirib boradi. Bunda myehnat jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhit katta
ahamiyatga ega.
Yuqorida intellektual imkoniyatni shakllantirish jarayoniga bevosita ta'sir
ko’rsatuvchi barcha omillarni qarab chiqdik. Tabiiyki, intellektual imkoniyatni
shakllantirib uni rivojlantirib borish uchun, ta'lim-tarbiya jarayoniga bunday
tyexnologik yondoshuv o’ziga xos savollarni keltirib chiqarishi mumkin.
33
Jumladan, tyexnologik asosda umumta'lim maktablarida o’quvchilarning
tarbiyaviy jarayonini qanday tashkil etish kyerak? – dyegan savol yuzaga kyelishi
muqarrardir. Bu savolga javob berish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish
lozim:
1)
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma'lumotlar bazasini yaratish.
Ma'lumotlar bazasi o’quvchi shaxsiga tegishli barcha ma'lumotlarni qamrab olishi
kyerak.
2)
Umumta'lim maktabidagi ijtimoiy muhitning aniq tahlilini amalga
oshirish. Aynan muhit qanday darajada ekanligi o’quvchi tarbiyasiga, uning
intellektual imkoniyatining shakllanishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Muhit tahlili quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi kyerak:
-
mavjud ijtimoiy muhitning asl holatini, intellektual imkoniyatni
rivojlantiruvchi harakatlarini aniqlash;
-
o’qituvchi-tarbiyachilarning ijtimoiy muhitga munosabatini aniqlash;
-
o’quvchilarning ijtimoiy muhitga, maktab rahbariyati olib borayotgan
faoliyatga munosabatini aniqlash;
-
yuzaga kyelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash.
3)
O’quvchilarning ijodiy faoliyatini oshiruvchi aniq ryeja va dasturini
ishlab chiqish. Muhit tahlili asosida mazkur ryeja va dasturda 1-navbatda
bajarilishi kyerak bo’lgan dolzarb ishlarni belgilab olish kyerak. Bunda quyidagilar
aniq ko’rsatilishi lozim:
-
tarbiyachilar amalga oshiradigan ijodiy va tarbiyaviy ishlar;
-
o’quvchilar uyida amalga oshiriladigan intellektual musobaqa va ijodiy
ishlar;
-
jamoat tashkilotlari, turli jamg’armalar va homiy tashkilotlar bilan amalga
oshiriladigan ishlar;
-
o’quvchilarda g’oyaviy immunityetni shakllantirish ishlari;
-
salbiy oqimlar, zararli g’oyalarga qarshi kurash muhitni shakllantirish.
4)
O’quvchilarning intellektual imkoniyatini rivojlantirish jarayonining
monitoringini yaratish. Amalga oshiriladigan barcha ishlarning yagona
34
monitoringini shakllantirish orqali, jarayonni bevosita kuzatish imkoni yuzaga
kyeladi. Bundan tashqari jarayonning borishini tahlil qilish mumkin.
5)
Jarayonga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritish dasturi. Monitoring
natijasida jarayonga tegishli ishlarning qanday darajada bajarilishidan kelib chiqib,
joriy o’zgartirishlarni amalga oshirish kyerak. Shu maqsadda qo’shimcha
o’zgartirishlar dasturini ishlab chiqish mumkin. Bu dastur korryektsion (tuzatish)
ahamiyatga ega bo’lib, jarayon samaradorligi va ish sifatini yanada ko’tarishga
qaratiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatini rivojlantirishda
tarbiyaning ahamiyati muhim rol o’ynaydi. Intellektual imkoniyatni oshirish
uchun tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xaraktyerli bo’lgan va
muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks
ettiradi. Intellektual imkoniyatni rivojlantirish jarayonida o’quvchilarda jamiyatga
naf keltiradigan, shaxsga quyiladigan axloqiy talablariga muvofiq kyeladigan
xulqiy malaka va ko’nikma hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining
ongiga, dunyo qarashi va irodasiga tizimli, muntazam ta'sir etib boriladi. Ijodiy
salohiyatni rivojlantirish jarayonida bulardan birortasi e'tibordan chyetda qolsa,
ko’zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mana shu psixologik jihatlarni
e'tiborga olingandagina yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib
uni rivojlantrishga imkon yaratiladi. Yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirish va uni rivojlantirish manbalarini quyidagi 1-rasmda ifodalab
beramiz:
|