Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda xalq iboralaring o‘rni



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə6/15
tarix05.06.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA XALQ IBORALARING O‘RNI.

Nutq turlari: kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o‘z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o‘ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, «o‘ylangan» (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o‘ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, tashqi nutqni o‘stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. O‘ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo‘ladi. Ichki nutq o‘quvchini tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o‘rgatadi. Ichki nutq jarayonida o‘ylash o‘quvchining nutqi va tafakkurining o‘sishida muhim vositadir.
Maktabda o‘quvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi ham o‘stiriladi. Bolalar ichda o‘qishga o‘rganadilar va ichki nutqda materialni o‘zlashtiradilar, turli vazifalarni o‘zlari hal qiladilar, asosiysi − o‘zlarining og‘zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. Hikoya yoki insho o‘quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo‘lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko‘rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo‘ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko‘rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so‘zlashga yo‘l qo‘yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi.
Nutq o‘stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig‘ish, uni muhokama qilish, to‘ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.

Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin