Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining tezkorlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi


Tezkor - kuch sifatlari va ularni o‘rgatish samaradorligi



Yüklə 55,31 Kb.
səhifə4/16
tarix27.09.2023
ölçüsü55,31 Kb.
#149889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Boshlang‘ich sinf o’quvchilarining tezkorlik sifatini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi

1.3. Tezkor - kuch sifatlari va ularni o‘rgatish samaradorligi
Ko‘p yillik sport jarayonida malakali sportchilarni tayyorlash samaradorligi dastlabki o‘rgatish bosqichini qanday tashkil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshirilishiga bog‘liqsir. Sport zihiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh sportchilar bilan mashg‘ulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki o‘rgatish bosqichiga jidsiy e’tibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali sportchi tayyorlash niyatida, o‘rgatuvchi va takomillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni qo‘llash chastotasi va shiddatini oshiradilar, bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlari ko‘pincha e’tiborga olmaydilar. Natijada, hajm va shiddat jihatidan muvofiq me’yoridan orttirilgan mashg‘ulot (mashqlar) yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalar organizmida salbiy funksional o‘zgarishlar olib keladi, ichki organlar (mushaklar, yurak-qon tomir tizimi, o‘pka, buyrak, jigar va hokozo) faoliyatida zo‘riqish va o‘ta charchash alomatlari vujudga keladi.

Ish qobiliyati ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Chunonchi, taniqli rus fiziologi S.A.Kosilov (1965) ning fikricha, ish qobiliyati bu muayyan harakat faoliyati yo ko‘p, yo kam muddat va sifat doirasida ijro etilishiga aytiladi. B.P.Ilin (1968)ni e’tirof etishiga qaraganda, «ish qobiliyati» - bu organizm va uning organlari funksional holati hamda imkoniyatlarini yuksak darajada amalga oshirish qobiliyatidir. G.Leman (1967) va V.L Utkin (1984)lar ham.deyarli shunga o‘xshash fikrni ilgari surganlar.


«Ish qobiliyati» tushunchasiga V.N.Zafyadiskiy, A.S Egorov (1971) lar yanada kengroq va yanada to‘laroq izoh berganlari e’tiborni tortadi. Ish qobiliyatini ular «odamni muayyan faoliyat jarayonida ma’lum vaqt davomida va samaradorlik darajasida ish bajarish qobiliyatidir» deb talqin qiladilar.
Boz ustiga na o’qituvchi va murabbiylar amaliyotida, na umumta’lim maktab va BO’SMlar uchun mo‘ljallangan dasturlarda mashg‘ulotlar yuklamalaridan so‘ng bolalar organizmining funksional holatini tiklovchi, ish qobiliyatini kuchaytirivchi mashqlar yoki boshqa tadbirlar (sauna, massaj, autotrening, vitaminoterapiya va hokozo) e’tiborga olinmagan (1-2 jadvallar).

1-jadval

Yüklə 55,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin