Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi


Birinchi lager psixik o’sishni butunlay «tug’ma ideyalar»belgilaydi deydi. Ikkinchi



Yüklə 119,64 Kb.
səhifə7/20
tarix13.12.2023
ölçüsü119,64 Kb.
#175539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
28. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi”

Birinchi lager psixik o’sishni butunlay «tug’ma ideyalar»belgilaydi deydi.
Ikkinchi lager psixik o’sishni butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog’liq deydi.
«Tug’ma ideyalar» degan nazariyaning namoyondasi Dekart (1596-1650) edi. Uning fikricha, tug’ma ideya intellektda boshlang’ich xolatda bo’ladi. Bu ideyalar moyillik sifatida «tug’ma» bo’lib, faqat keyinchalik to’la anglanguncha asta-sekin taraqqiy etadi.
Italyan antropologi va kriminalisti Lombrzo (1836-1909) burjuaziyani oqlab, qoshshoq xalqda jinoyat qilishga moyillik bor, yani jinoyatchi ota-onadan jinoyatchi bolalar tug’iladi deb da’vo qiladi. Bu ideologlar mustamlakachilik, bosqinchilikni oqlab mazlum xalqlar, ayniqsa qora tanli xalqlarni xudoning o’zi oq tanli kishilarga tobe’ qilib yaratgan deb da’vo qiladilar. Nems - fashistlarning irqchilik nazariyasi AQSHda ham ildiz otdi.
Psixologiya lagerining namoyondasi D.Lokk edi (1632-1704). U «Tarbiya haqidagi fikrlar» degan kitobida yangi tug’ilgan bolani toza taxtaga o’xshatadi. Psixika hayot tajribasiga bog’liqdir, hamma narsa tashqi muhitga qaramdir.
Lokkning fikricha bolaning psixik o’sishi butunlay hayot sharoitiga, muhitga va tarbiya sharoitiga bog’liqdir. Tajribaga katta ahamiyat beradigan bu nazariya bir tomonlama bo’lib, irsiyatning rolini, qobiliyatlarning o’sishiga asos bo’ladigan biologik faktorlarning rolini mutloqo inkor qiladi.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta`sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII
XVIII asrlarda diniy-ahloqiy negizda yozilgan edi. XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga keladi. Rus tarixchisi V. N. Tatishchev (1686- 1750) ning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarni egallash zarurligi, tilning xosiyati, yozuvning ahamiyati, yosh davrlarining xususiyati nuqtai nazardan bayon qilingan. N. I. Novikov (1744-1818) bashariyat farovonligini ko’zlab yoshlar bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng yoyish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalash kerakligi g’oyasini ilgari suradi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, xis-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Rossiyada ilmiy psixologiyaning rivojlanishiga K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterov, I.A.Sikorskiy, A.F. Lazurskiy kabi olimlar katta hissa qo’shdilar. N.F.Kapterovning «Pedagogik psixologiya», I.A.Sikorskiyning «Bola ruhi», A.P.Nechayevning «Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab talimiga munosabati», A.F. Lazurskiyning «Maktab o’quvchisining tavsifi» asarlari psixologiyaning rivojlanishiga xizmat qildi.
Rossiyada G.I.Rossolinoning «Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi» labarotoriyasi ishga tushdi. Ushbu asarlarda insonning ijtimoiy mavjudotligi tan
olinib, unga ilmiy materialistik nuqtai nazardan yondashilsada, insondagi psixologik, fiziologik va biologik jihatlar, tarkibiy qismlar tabaqalanmaydi, tashqi muxitni bosh omil deb tushuntiriladi.
Rus fiziologiyasining otasi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, bilish jarayoni, inson xis-tuyg’usi, o’zini-o’zi anglashining fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o’zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar tizimi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi.
X1X asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Evropa va AQSH da yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems «O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat» (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan malumotlarni chuqur tahlil qildi. K.Byuler xonim (1879-1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatining har xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat, hamda uning rivojlanish bosqichlari (instinkt, dressura, intellekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil o’rgandi.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g’oyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S. Xoll (1844-1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi. Uning fikricha, «irsiyat» filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Bolalar xulq - atvoridagi har-bir fakt insoniyat tarixi bilan bog’landi va tegishli taqqoslash izlab topildi:

  1. bolalar daraxtlarga tirmashib chiqar ekan demak yovvoyilik davrini takrorlaydi;

  2. bolalar tuproq o’ynab unga cho’p tiqar ekan, dehqonchilik davrini takrorlaydi;

v) bolalar kamon va o’q yasar ekan, ov va urushlar davrini takrorlaydi;
g) bolalar marka, etiketka yig’ar ekan savdo-sotiq davrini takrorlaydi.
Frantsuz psixologi P. Jane (1857-1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shug’ullanadi.
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog’liq, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar sistemasining shakllanishi insonning o’sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-xarakatini tushunadi. Bu esa kishining atrof muhitga shaxsi munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P. Janening fikricha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorlikdagi faoliyatda o’z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning printsipi hisoblanadi. P. Jane o’z tadqiqotlarida psixikaning to’rt darajasi:

  1. motor reaktsiyasini o’sishi;

  2. pertseptiv harakatning o’sishi;

  1. shaxsiy-ijtimoiy harakatning o’sishi (o’zining harakatini boshqa kishilarga moslashtirish);

  1. intelektual sodda xatti-harakatning o’sishi (nutq va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan.

Shveytsariyalik psixolog J. Piaje (1896-1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi:

    1. Bola – tashqi muhit – ma`lumotlarni qayta ishlash.

    2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha;

b) ijtimoiy davr.

    1. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha;

b) operatsional davrgacha – 2-7 (8);
v) yaqqol operatsiya davri – 7 (8)-11 (12) yoshgacha;
g) rasman (formal) operatsiya davri-11 (12)-15 yoshgacha.
AQShlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta`lim o’rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o’tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga O’rta Osiyo allomalari, rus va chet ellar psixologlari munosib hissalarini qo’shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma`lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalar o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar xotirasining eng muhim xususiyatlaridan biri — so’z mantiq xotirasi va ma`nosiga tushunib eslab qolish salmog’ining ortishidir. O’quvchi o’z xotirasini ongli boshqarish, eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash jarayonlarini faoliyatning maqsadiga muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yuqorida aytilganidek, birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli o’quvchilarda mantiqiy xotiradan ko’ra ko’rsatmali- harakatli xotira muhimroq rol o’ynaydi. Shuning uchun ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko’ra yaqqol ma`lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, obrazlar va narsalarni tezroq, hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ta`limiy materiallarning ichki bog’lanishlariga ahamiyat bermay, ma`nosiga tushunmay quruq eslab qoladilar. O’rganilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay, yoddan o’zlashtiradilar.

Yüklə 119,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin